88
To‗siq yordamida qutulib, zonaga kirmoqchi bo‗lgan o‗yinchini zich
ushlaganda sirg‗anib kirish qo‗llaniladi. Uning kirishiga yo‗l qo‗ymaslik
uchun, himoyachi uni yaqin masofada kuzatishi kerak. Buning uchun
o‗yinchi panohgohlik qiluvchi sherigi to‗siq sifatida foydalanishi uchun
orqaga chekinadi va harakat qiluvchi himoyachini oldinga o‗tkazadi.
Guruh bo‗lib to‗siq qo‗yish to‗p otuvchi
hujumchiga qarshi hujum
qilgan holatlarda ishlatiladi va uni bir-biriga yaqin joylashgan ikki-uch
himoyachi amalga oshiradi.
Darvozabon bilan o‗zaro harakat to‗siq qo‗yuvchi himoyachilar bilan
darvozabonning kelishib qilgan harakatlaridan iboratdir. Bunday holatda
o‗yinchilar xarakati oldindan o‗zaro bo‗lishilgan vazifa shartini hisobga olib
himoyachi oxirgi pozitsiyani egallaydi. Ko‗pincha to‗siq qo‗yuvchi
himoyachilarga darvozaning ularga yaqin burchagini berkitish yuklanadi.
Raqiblar son jihatdan ustunlikka ega bo‗lib qolgan holatda, himoyachilar
avval hujumning rivojlanishini to‗xtatishga harakat qilishlari kerak. Ikki
himoyachi uch hujumchiga qarshi kurashda quyidagicha ish tutmog‗i lozim.
Agar to‗p burchakdagi hujumchida bo‗lsa, unga
yaqin himoyachi hujumga
o‗tadi, boshqasi esa xavfli bo‗lgan zonani taxminan darvoza qarshisining
markazida egallaydi. Agar to‗p o‗rtadagi o‗yinchida bo‗lsa, unga
himoyachilardan biri hujum qiladi, ikkinchisi esa qolgan ikki hujumchiga
baravar bo‗lgan oraliqdagi xolatni egallaydi.
Agar jamoa son jihatdan kamchilikni tashkil qilsa (5x6),
u holda
himoyachilar to‗p bilan hujum qilayotgan tomonga zichlashishi tufayli
qarama-qarshi tomonda bo‗sh o‗yinchini qoldirishga imkon yaratadi. Demak,
son jihatdan kamchilikni tashkil qilish himoyachilarni to‗p yo‗nalishi tomon
siljishga majbur etadi. O‗yin davomida son jihatdan ustunlik holatidan to‗g‗ri
foydalanish zarurdir. Agar jamoada olti himoyachi besh hujumchiga qarshi
o‗ynasa, u holda bo‗sh
qolgan himoyachi, markazda darvoza qarshisiga
89
joylashadi va boshqalarni «straxovka» qiladi yoki raqiblardan to‗pni olib
qo‗yishga intiladi.
O‗yinning ayrim hollarida to‗p bilan bo‗lgan o‗yinchini ikki himoyachi
bilan hujum qilishini qo‗llash mumkin.
Dostları ilə paylaş: