“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/36
tarix18.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#99732
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
gandbol o\'yin tarixi

 
Individual harakatlar. 
Individual (shaxsiy) harakat joy tanlash uchun to‗p bilan va to‗psiz 
hujumchiga qarshi kurashda mo‗ljallangan. 
Joy tanlash – himoyada muvaffaqiyatli harakat qilishning muhim 
holatidir. Hujumning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib, to‗p egallagan 
hujumchiga yaqin bo‗lish niyatida himoyachi muntazam joy almashtiradi va 
ayni vaqtda vasiylik qilgan o‗yinchisini nazorat qilishda davom etadi. Buning 
uchun himoyachi maqsadga muvofiq usulda harakat qilishni tanlagani 
ma‘qul.
To‗pni olib qo‗yish - qarshi hujum muvaffaqiyatining asosidir. SHuning 
uchun himoyachi hamisha to‗pni egallashga harakat qilishi kerak. Buning 
uchun u darvozani imoya qiluvchi o‗yinchilar orasida va shu bilan to‗p 
uzatish imkoniyati bo‗lgan chiziq yaqinida joylashishi kerak. Ba‘zi hollarda 
oldinga chiqishi va to‗p uzatish yo‗nalishini to‗la berkita olgani maqsadga 
muvofiqdir.
To‗p egallashga chiqmoqchi bo‗lgan o‗yinchining yo‗nalishini gavda 
bilan to‗sib, unga halaqit qilish mumkin. To‗p egallagan o‗yinchini mo‗ljalga 
olish imkoniyatidan va to‗p uzatishga qulay usuldan foydalanishdan mahrum 
etish, to‗pni otishi yoki erga urib olib yura olmasligi uchun unga hujum qilish 
zarurdir.
To‗p bilan bo‗lgan o‗yinchini yon chiziq tomon yoki uning kuchsiz qo‗li 
tarafiga siqib chiqarish maqsadga muvofiq bo‗ladi. To‗p bilan to‗xtatgan 


90 
o‗yinchiga darhol uning kuchli qo‗li tomonidagi elkasiga qo‗l qo‗yib, hujum 
qilish zarurdir. Bombardir o‗yinchilarni darvozaga yaqinlashtirmasdan, 
uzoqroq masofaga chiqib kutib olish ijobiy natija beradi (to‗qqiz metrlik 
chiziq oldida). 
To‗p otuvchi o‗yinchiga qarshi himoyachi to‗siq qo‗yishni ishlatishi 
shart. SHu bilan birga, qo‗shimcha to‗siq qo‗yishni tashkil etish uchun, unga 
yaqin turgan sherigi yordamga kelishi kerak. 
Himoyachi darvoza bilan to‗p otayotgan o‗yinchining zarba beruvchi
qo‗li orasiga joylashib, u to‗p otayotgan tomondagi darvozaning burchagini 
to‗sadi. Bu darvozaning yaqin va uzoq burchaklari bo‗lishi mumkin. To‗p, 
to‗siq qo‗yuvchining qo‗li va darvoza markazi xayolan chiziqlar bilan 
biriktirilib, o‗tmas burchak hosil qilinadi. Burchakning yo‗nalishi, 
darvozaning qaysi tarafini ximoya qilish kerakligini ko‗rsatadi. 
Ayniqsa, 
chalg‗itishlardan 
foydalanadigan 
o‗yinchiga 
qarshi 
ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak. Muayyan sharoitda hujumchiga qaysi 
harakat qulay bo‗lishini oldindan belgilab olishi va aldamchi harakatga 
ahamiyat bermasdan, diqqat-e‘tiborni asosiy xavf keladigan joyga qaratish 
kerak. Faqat hujumchining to‗p otmoqchi bo‗lgan qo‗li tarafga siljish 
maqsadga muvofiqdir. 
Agar himoyachi aldamchi harakat qilib hujumchini shoshilinch chora 
ko‗rishga majbur etsa, u holda hujumning yakuni himoyachilar foydasiga hal 
bo‗ladi. Himoyachining vazifasi - hujumchilarni kam foyda keltiradigan 
harakat qilishga majbur etishdir. 


91 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin