58
V. Gandbol o„yin texnika va taktikasining umumiy asoslari.
5.1 Taktikaning tasniflanishi.
O„yin texnikasi: Gandbol o‗yinida to‗p bilan va to‗psiz
usullar
bajariladi. Qo‗yilgan maqsadga erishmoq uchun o‗yinda qo‗llaniladigan
xilma-xil maxsus usullar yig‗indisi qo‗l to‗pi texnikasini tashkil etadi.
Texnik usullar – bu qo‗l to‗pi o‗yinini vujudga keltirish vositasi
demakdir. YUksak sport natijalariga erishish ko‗p jihatdan gandbolchilarning
ana shu xilma-xil vositalarni qanchalik to‗liq bilishiga,
raqib jamoa
o‗yinchilari qarshilik ko‗rsatayotgan, ko‗pincha esa charchoq orta borayotgan
sharoitda o‗yin jarayonidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan,
samarali qo‗llashiga bog‗liq. Qo‗l to‗pi texnikasini yaxshi bilish
gandbolchining har tomonlama tayyorgarligi va har jihatdan kamol
topishining ajralmas qismidir.
O‗yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq
tarixi mobaynida gandbol
texnikasida muayyan o‗zgarishlar ro‗y berdi. Bu taraqqiyotning asosiy
yo‗nalishlari quyida-gilardan iborat: avval keng tarqalgan 11x11 o‗yin
o‗rniga hozirgi kunda shiddatli, doimiy yuqori tezlikda harakat qiluvchi
o‗yinchilar vujudga keldi.
O‗yin texnikasida hujum va himoya bir-biridan farq qiladi. To‗pni ilish,
uzatish, olib yurish va darvozaga otish hujum texnikasiga tegishlidir. To‗p
yo‗lini to‗sish,
uni tutib olish, urib qaytarish va darvozabon o‗yin texnikasi
himoyasida qo‗llaniladi.
Maydonda hujumchi va himoyachi sifatida harakat qilish hamda
aldamchi harakatlar usuli o‗yin texnikasining asosini tashkil etadi. Dastlabki
holat
- turish, tayyorgarlik va harakat qilishni belgilaydi. Baland va past
holatda turish har xil, qaysi holatda turishni vaziyat belgilaydi. Zamonaviy
59
gandbolda ko‗pincha baland holatda turish (oyoqlar ozgina bukilib), oralig‗i
elka kengligida,
gavda sal oldinga egilib, qo‗llar bukilgan holatda tutiladi.
Qaysi o‗yinchi maydonda tez va tejamli harakat qilsa, o‗sha o‗yinchi
ko‗proq foyda keltiradi. SHuning uchun har bir o‗yinchi tez start olishni,
yugurayotib yo‗nalishni o‗zgartirishni, to‗xtash va sakrashni,
orqa bilan erkin
oldinga yurishni, yon tomon bilan yurishlarni bilishi shart.
Qo‗l to‗pi o‗yinining tasnifi texnik usullarni umumiy maxsus belgilarga
qarab guruhlarga bo‗lishdan iborat. O‗yin faoliyati tavsifiga qarab gandbol
texnikasida ikkita yirik bo‗lim ajratiladi:
1. Maydon o‗yinchisi texnikasi.
2. Darvozabon texnikasi.
Har qaysi bo‗lim harakatlanish texnikasi va to‗pni boshqarish texnikasi
bo‗limchalariga ajratiladi. Kichik bo‗limlar turli usullarda ijro etiladigan aniq
texnik usullardan - harakatlanish texnikasi uslublari va usullaridan iborat.
Bulardan maydon o‗yinchilari va darvozabon foydalanadi.
Usul va turlarda
harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo‗lib, detallari bilangina farqlanadi.
Har xil usulni ijro etish shartlari gandbol texnikasini yanada turli-tuman
qiladi.
O‗rganilayotgan materialni surunkalashtirish usul turlarini tuzukroq
tushunishga, ularni to‗g‗ri tahlil qilishga,
talim va olingan bilimlarni
takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: