25
darajadagi va malakali xalqaro turizm tashkilotlarining
butun tizimi
shakllandi. Bugungi kunda ularning soni 200 dan oshdi. Ularning to‘rtdan
bir qismidan ko‘prog‘i xalqaro turizm industriyasida faol va nufuzli.
Hozirgi kundagi tizimga oid adabiyotlarda
turistik va rekreatsion
tashkilotlarni ularni milliy va hududiy belgisi bo`yicha yirik
3 ta guruhga
bo`ladilar. Bular:
• Xalqaro
•
Hududiy
• Milliy
XTT – Xalqaro turistik tashkilotlar:
XTT –
dunyo miqyosida faoliyat ko`rsatadi va shu doirada hisob –
kitob olib boradi. Xalqaro me`yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqaradi
va shunga amal qiladi.
HTT –
Hududiy turistik tashkilotlar:
Bu tashkilot yer kurrasining ma`lum
bir hududlarida faoliyat
ko`rsatadi va ularning huquqiy va faoliyat doirasida shu hududda amal
qiladi. Bularga Markaziy Osiyo davlatlarini qamrab olgan hudud.
Yevropa Ittifoqiga kiruvchi tashkilotlarning
hududiy birlashmalari
kabilarni misol keltirish mumkin.
MTT –
Milliy turistik tashkilot:
Bu tashkilot – ma`lum bir davlatga mansub bo`lib, u o`z faoliyatini
shu davlat, mamlakat miqyosida olib boradi. Bularga O`zbekistonda
“
O`zbekturizm” Milliy kompaniyasini misol keltirish mumkin. Turistik
tashkilotlar iqtisodiy asosi, ma’muriy - boshqaruv holati bo’yicha ham
26
turli bo’lishi mumkin. Bu jihatdan ular
shu tashkilotning kimga
mansubligi bo’yicha tasniflanadi.
Dostları ilə paylaş: