Egri kontur bo`yicha qirqish. Metalldan darcha yoki shunga o`xshash
konstruktiv elementni qirqish uchun zagotovkada arra polotnosi kira oladigan
o`lchamda teshik ochiladi. Teshiqsan polotnoni kiritib, uni ramkaga o`rnatiladi
va metall qirqilali (124-rasm, b).
Katta o`lchavdagi o`yikdarni qirqish arra yoki ikki polotno yordamida amalga
oshiriladi. Yupqa profillar tekis yog`och bruslar orasiga olib qirqiladi (124-
rasm, v, g). 8.5. Quvurni arra va quvur qirqqich bilan qirqish Kuvurning qirqiladigan joyi chizgich bilan rejalanib, arra yoki quvur
qirqqich bilan qirqiladi.
Arra bilan qirqishda quvur parallel giraga gorizontal holatda o`rnatshshb,
kern bo`yicha qirqiladi. Yupqa devorli va sirtlari tozalangan quvurlarni qirqish
uchun yog`ochdan yasalgan maxsus qoplagichlarga mahkamlab qo`yiladi (125-
rasm). Qirqishda arrani oldinga biroz qiyalatib turish kerak. Polotno qisilib
qolganda arrani zagotovkadan chiqarib, quvurni o`ziga nisbatan 45°—60°
aylantirib, qirqishni davom ettiriladi. Agar polotno reja izidan chiqib, qiyalab
ketsa, uni izdan chiqarib yangi kernlangan joydan boshlab arralanadi.
Quvur qirqqich bilan qirqish boshqa usullarga nisbatan birmuncha
unumli. Uni uchta o`lchamda ishlab chiqariladi: №1, №2, №3.
Gira dastasini (2) aylantirib quvurni (1) ikkita prizma orasiga qisiladi.
Uning uchiga quvur qirqqich (4)ni kirgazib, dastasini (3) o`z o`qi atrofida
rolik quvur devori bilan uchrashguncha aylantiriladi. Keyin quvur qirqqichni
quvur o`qi atrofida bir marta aylantirib kesish
chizig`ini tekshirib ko`riladi, agar chiziq yopiq
bo`lsa, u holda roliklar to`g`ri o`rnatilgan bo`ladi
(126-rasm).
Qirqish quyidagicha amalga oshiriladi: quvur
qirqqich tig`ini belgilangan chiziqqa qo`yib,
shu joyni kesuvchi elementlarni qizib ketishdan saqlash uchun moylanadi.
Asbobni quvur atrofida zagotovka uzilib tushguncha aylantiriladi.
Quvurni giraga qisib qirqish mumkin. Bunda Yupqa devorli quvurlarni bir,
qalin devorlilarini uch rolikli, katga diametrli quvurlarni esa zanjirga o`rnatilgan
oltita rolikpi quvur qirqqichlarda qirqiladi. Roliklar qancha ko`p bo`lsa, kesish
jarayoni shuncha tezlashadi.