44
saqlanib qoladi, uni hech kim sotish, sotib olish
va unga egalik qilish
huquqiga ega bo‘lmaydi. Vaqf tizimi musulmon huquqiga xos tarmoq
bo‘lib, boshqa huquqiy tizimda mavjud emas.
«Az-zarurotu tubihul-mahzurot» (ya’ni, zarurat chog‘ida noravo
narsalarning ravo bo‘lishi). Ushbu tamoyilga ko‘ra, insonning hayoti xavf
ostida qolganda, deylik, boshqa oziq mahsuli bo‘lmaganda, taqiqlangan
mahsulotlar, masalan, cho‘chqaning yoki o‘zi o‘lgan hayvonning
go‘shtini iste’mol qilish mumkin.
Ijmo qachon kerak bo‘ladi? Qachonki qonun «sukut» qilganda, ya’ni
biror masala borasida ahli sunna mazhablarida nass mavjud bo‘lmaganda,
avvalo ijmodan foydalaniladi. Hanafiy mazhabining buyuk faqihlaridan
biri, «Usul ush-Shoshiy» asari muallifining ta’kidlashicha, ijmo amalda
to‘rt xil bo‘ladi: a)
sahobalar ijmoi – ya’ni sahobalar
biror masala
to‘g‘risida o‘zaro yaqin fikrlarni ochiqdan-ochiq bildirgan bo‘lsalar, bu
ijmo ahamiyati jihatidan Qur’on oyatlariga yaqin turadi; b) o‘rtaga
qo‘yilgan masalani sahobalarning bir guruhi tasdiqlab, qolganlarining
tortishuv (ixtilof)dan keyin qabul qilingan qarorni inkor qilmay, jim
turishlari holati (
ijmoi sukutiy)
mutavotir hadis darajasida turadi; d)
sahobalardan rivoyat qilinmagan masala borasida tobein ijmoi xabari
mashhur o‘rinda turadi; f) keyingi davr olimlarining sahobalarning ba’zi
so‘zlari haqidaga ijmoi
xabari vohid o‘rnida turadi
1
.
Shuni ta’kidlash zarurki, ijmoni amalga oshirishda ijtihod vakolatiga
ega kishilarning kelishuvi e’tiborga olinadi. Oddiy odamlar,
mutakallimlar, muhaddislar va fiqh usullari borasida yetarli bilimga ega
bo‘lmagan kishilarning kelishuvlari esa ahamiyatsiz hisoblanadi.
Shialikda ijmo. Shialarning o‘zlariga xos tashri’ manbalari mavjud.
Ular uchun ijmo hujjat emas. Lekin «qavli imom» (ya’ni imomning so‘zi)
muhim, u vahiy orqali har qanday narsani bilib oladi,
shu bois uning
so‘zlariga amal qilish majburiydir. Shia mazhabida ijmo imomning
fikriga asoslanadi. U hujjat va islom fiqhining manbalaridan biri
hisoblanadi. Ushbu nuqtai nazardan ijmo bo‘yicha shialikda uchta maktab
mavjud:
Ijmoi duxuliy deb atalgan birinchi maktabning aqidasiga binoan, ijmo
ummat (islom jamosi) faqihlarining ittifoqi bo‘lgani bois imom ham faqih
deb tan olinib, jamoaning tepasida turadi. Shunga ko‘ra, imom tanilmagan
bo‘lsa ham, ijmo qiluvchilar orasida bo‘lishi shart. Agar barcha
1
Ԕɚɪɚɧɝ:
ɇɢɡɨɦɭɥ-ɦɢɥɥɚ Ⱥɛɭ ɂɛɪɨΣɢɦ ɂɫΣɨΙ ɢɛɧ ɂɛɪɨΣɢɦ ɚɲ-ɒɨɲɢɣ.
ɍɫɭɥ ɭɲ-ɒɨɲɢɣ. – Ⱦɟԟɥɢ, 1935. – Ȼ. 78.
45
kelishuvchilar «ma’lum un-nasab» (ya’ni tanilgan faqihlar) bo‘lsalar-da,
imom ularning orasida bo‘lmasa, bunday ijmo hujjat hisoblanmaydi.
Ushbu maktabning aqidasiga ko‘ra, kelishuvchilar orasida bitta
tanilmagan (ya’ni imom bo‘lib tanilish ehtimoli bor) kishi bo‘lishi shart.
Ijmoi lutfiy deb tanilgan ikkinchi maktab vakillarining fikricha, ijmo
–
biror fiqhiy masala borasida olimlarning kelishuvi va ittifoqi. Bunda,
olimlar lutfu marhamatlari va o‘z vakili (imom) orqali har qanday
kelishuvni buzib, ularni to‘g‘ri yo‘lga solishlari zarurdir.
Uchinchi maktab
ijmoi kashfiy deb ataladi. Ularning fikricha, agarda
biror fiqhiy masalada ittifoq hosil bo‘lsa, o‘sha kelishuv to‘g‘risidagi
fikrni imom kashf qildi deb tan olinadi. Ushbu maktabning muxoliflari
esa bunday istidlol, imom hozir bo‘lgandagina to‘g‘ri, imom g‘oyib
bo‘lgan chog‘da, to‘g‘ri emas, degan fikrni bildiradilar
1
.
«Qiyos»ning lug‘aviy ma’nosi solishtirish yoki taqqoslashdir. U
huquqiy atama sifatida hukmi aniq bo‘lmagan masalani nass orqali hukmi
aniq bo‘lgan boshqa masala bilan solishtiradi,
oradagi mushtarak sabab
mavjud bo‘lsa, ikkinchi masala hukmini hukmi aniq bo‘lmagan masalaga
ko‘chiradi. Bunday holatda har ikkala masala ham islom qonuniga
muvofiq bo‘ladi.
Masalan, xamr (uzum yoki xurmodan tayyorlangan ichkilik)
Qur’onda qat’iy harom deb hukm qilingan
2
, ammo aroq, boshqa mevalar
yoki o‘simliklardan tayyorlangan ichkiliklar haqida nass mavjud
bo‘lmagani sababli, ularning hukmi (ya’ni, halol yoki harom ekanligi)
aniq emas edi. Qiyosda har ikkalasi ham ichuvchini mast, irodasiz qilish
xususiyatiga egaligi tahlil etilgani bois, xamrning hukmi, ya’ni haromligi
aroqqa ko‘chirilib, u ham xamr kabi harom deb hukm etildi.
Edvard Saxov fikricha, «ra’y» sahobalar zamonida yuzaga kelib,
undan keyin qiyos darajasiga ko‘tarilgan, Go‘ld Ziher fikricha, islom
fiqhida «ra’y»dan foydalanish hayot jarayonida sud ishlarini yuritish
uchun yuzaga kelgan jiddiy zaruratdan kelib chiqib rivojlangan va qiyos
shaklini olgan. Yana E. Saxovning ta’kidlashicha, ra’yga asoslangan fiqh
Abu Hanifagacha bo‘lgan davrlarda taraqqiyot pog‘onalariga ko‘tarila
olmadi. U fiqhning boshqa qoidalari qatorida qiyos prinsipini birinchi
bo‘lib ishlab chiqdi.
1
ɍɲɛɭ ɦɚɫɚɥɚɞɚ ɤɟɧɝɪɨԕ ɦɚɴɥɭɦɨɬ ɨɥɢɲ ɭɱɭɧ ԕɚɪɚɧɝ:
ɀɚɴɮɚɪɢɣ
Ʌɨɧɝɪɭɞɢɣ. Ԟɭԕɭԕ ɬɟɪɦɢɧɨɥɨɝɢɹɫɢ. – Ɍɟԟɪɨɧ, 137 ԟ.ɣ.
2
Ԕɭɪɴɨɧɢ ɤɚɪɢɦɧɢɧɝ «Ɇɨɢɞɚ» ɫɭɪɚɫɢ, 90-ɨɹɬ.
46
Istihson. Qiyos ikki tur, ya’ni qiyosi zohir (yoki ja’liy) va qiyosi hafiy
(yoki istihson)ga bo‘linadi. Istihson
–
qiyosi ja’liydan
voz kechib, nass
yoki urfga amal qilishdir. Al-Bazdaviy ta’riflaganidek,
«tarkul-usri lil-
yusri», ya’ni og‘ir holatni tark etib, odamlar uchun qulay va yengil
bo‘lgan holatni tanlab olishdir.
Manbalarda istihsonning uch holati qayd etilgan:
birinchisi, qiyosi zohir (qiyosi ja’liy) jarayonida ba’zi bir juz’iyotga
tatbiq etish lozim topilmasa, boshqa illat qidiriladi. Muayyan illat
(sabab)ga asoslanib, ish ko‘rish, «Usul ush-Shoshiy»da yozilishicha,
«qiyosi hafiy» deb ataladi;
ikkinchisi, qiyosi ja’liy (qiyosi zohir) biror nassga (Qur’on oyati yoki
hadis iborasi) zid bo‘lsa, nassga amal qilinib, qiyosdan voz kechiladi.
Qachonki, nass mavjud bo‘lmaganda, qiyosga amal qilinadi;
uchinchisi, qiyosi ijmo yoki urfga zidlik. Bunday holatda ijmoga yoki
xalq hayotiga singgan urf-odatga amal qilinadi.
Xullas, istihson qiyosdan voz kechib,
mukallaf kishi uchun qulay
bo‘lgan nass yoki urfga amal qilishdir. Ushbu uslubdan Hanafiy
mazhabida keng foydalanilgan.
Dostları ilə paylaş: