BIRINCHI BO‘LIM
1-BOB. «MUSULMON HUQUQI» TUSHUNCHASI, PREDMETI VA
METODLARI
1.1. Musulmon huquqining predmeti, maqsadi, ahamiyati va
boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
O‘zbekistonda adolatli demokratik huquqiy davlat qurilishi jamiya-
timizda amalga oshirilayotgan islohotlarni boshqarishning aniq mexa-
nizmini ishlab chiqishni talab etadi. Bu vazifani ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solishning tarixiy-huquqiy asoslarini hisobga olmasdan amalga
oshirib bo‘lmaydi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
Islom Karimov: «Men milliy mafkura xususida bosh qotirayotgan
olimlarimiz, ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlariga yer yuzida inso-
niyat va davlatchilik paydo bo‘lganidan buyon shakllangan jamiyatning
rivojlanish qonuniyatlarini teran o‘rganish, kishilik tarixining yuksalish
va tanazzul davrlarini, taraqqiyotini ana shu inqirozlardan omon saqlab
qoluvchi ijtimoiy-ma’naviy omillarni har tomonlama tadqiq etgan holda
biror xulosaga kelishni tavsiya etgan bo‘lur edim»
1
,
–
deb ta’kidlagan.
Jahon dinlari, milliy dinlardan farqli o‘laroq, davlatlararo, millat-
lararo xususiyatga ega bo‘lgan va keng miqyosda tarqalganligi bilan
ajralib turuvchi dinlardir
2
. Dahriylarning yaqin kelajakda dinlarning
yo‘qolib ketishi haqidagi bashorati to‘g‘ri chiqmadi. Aksincha, XX
asrning oxiri XXI asrning boshida dinga qiziqish ortib, uning odamlar,
jamiyatlar va davlatlar hayotiga, siyosatiga, xalqaro va millatlararo
munosabatlarga ta’siri kuchaydi. Hozirgi xalqaro munosabatlarda,
shuningdek jahon siyosatida har xil diniy birlashma va tashkilotlarning
bevosita ishtirok etishi, ya’ni din omili yanada bo‘rtib ko‘rinmoqda. Bu
diniy birlashma va tashkilotlar asosan jahon dinlari, ya’ni buddizm,
yahudiylik, xristianlik va islomga tegishlidir.
Islom (arabcha – o‘zini Alloh irodasiga topshirish) ijtimoiy-
mafkuraviy hodisa sifatida nafaqat Arabiston yarim oroli rivojlanishining
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ɀɚɦɢɹɬɢɦɢɡ ɦɚɮɤɭɪɚɫɢ ɯɚɥԕɧɢ – ɯɚɥԕ, ɦɢɥɥɚɬɧɢ –
ɦɢɥɥɚɬ ԕɢɥɢɲɝɚ ɯɢɡɦɚɬ ԕɢɥɫɢɧ // Ȼɢɡ ɤɟɥɚɠɚɝɢɦɢɡɧɢ ʆɡ ԕʆɥɢɦɢɡ ɛɢɥɚɧ
ԕɭɪɚɦɢɡ. Ɍ.7. – Ɍ.,1996. – Ȼ. 84–102.
2
Ԕɚɪɚɧɝ: ɋɚɢɞɨɜ Ⱥ.ɏ. Ɉɫɧɨɜɵ ɦɭɫɭɥɶɦɚɧɫɤɨɝɨ ɩɪɚɜɚ. – Ɍ., 1994.
7
tarixiy yakuni, balki qadimiyatdan o‘rta asrlarga o‘tish davrida butun
Yaqin Sharqqa xos bo‘lgan umumiy jarayonlarning natijalaridan biridir.
Islomning vujudga kelishi undan oldin mavjud bo‘lgan dinlar
–
buddizm, yahudiylik, xristianlik va zardushtiylikning ta’siri hamda
rivojlanishi, shuningdek, sinkretik monoteizmning o‘ziga xos shakllariga
ega bo‘lgan Arabiston aholisi diniy ongining tadrijiy rivojlanishi bilan
ham bog‘liqdir. V–VI asrlarga kelib Arabiston yarim orolining shimoliy
va janubiy hududlaridagi qadimgi davlatlar parchalanib ketdi.
Arabistonning shimol, sharq va janubidagi ayrim hududlar asta-sekin
qo‘shni davlatlar
–
Eron, Vizantiya, Aksum podsholigining hukmi ostiga
o‘ta boshladi. Qadimgi jamiyatning negiziga putur yetgani mavjud
ijtimoiy ziddiyatlarni keskinlashtirib, shakllangan ijtimoiy aloqalarning
yo‘qolishiga olib keldi, jamiyatning turli qatlamlari – ko‘chmanchi
qabilalar va o‘troq aholi o‘rtasidagi nizolarni kuchaytirdi. Bularning
hammasi islomga qadar arab xalqi hayotida behalovatlikning kuchayishi,
fatalizmning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ayni shu holat ko‘pgina eski
xudolardan hafsalasi pir bo‘lgan arablarni ma’naviy izlanishlarga ham
rag‘batlantirdi. Yangi Arabiston dunyosi aynan shu davrda vujudga kela
boshladi. Ko‘chmanchilar va o‘troq aholidan iborat, taxt deyarli doim
ko‘chmanchilar qo‘lida bo‘lgan yangi davlatlar, chunonchi Lahmiylar,
Hassaniylar, Kindiylar podsholigi, qisman Ximyar tashkil topdi.
Ko‘chmanchi qabilalar va shahar aholisining yangi ittifoqlari vujudga
keldi. Yangi savdo-siyosiy markazlar (masalan, Makka) tashkil topdi.
Arabiston xalqlarining etnik va madaniy birlashish jarayoni boshlandi.
Yuqorida nomlari keltirilgan hududlarda yagona arab tili, ijodiyoti,
umumiy o‘zlikni anglash kayfiyati keng tarqaldi. Urug‘doshlik tuzumidan
ilk sinfiy jamiyatga o‘tish jarayoni kuchaydi. Siyosiy, iqtisodiy va
ijtimoiy o‘zgarishlarni g‘oyaviy asoslashga, rivojlantirishga bo‘lgan
ehtiyoj, intilish Arabistonning deyarli barcha hududlarida bir-biriga
o‘xshash hodisalar
– qabilalar
va shaharlarni birlashtirishga, tashqi
dushmanlarga qarshilik ko‘rsatishga yo‘naltirilgan siyosiy harakatlarni
vujudga keltirdi. Bunday harakatlarga iloh bilan bevosita aloqadorlikni
da’vo qilgan va o‘z faoliyatini «ilohiy ilhom» deya asoslagan shaxslar
rahbarlik qildilar. Ilohni ular yagona va tengi yo‘q deb tavsiflab, ar-
Rahmon yoki Alloh deb atardilar.
Islom dini va Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarlik faoliyati umumiy
jarayonlarning muayyan va qonuniy yakuni bo‘ldi. G‘oyaviy va siyosiy
jihatdan Muhammad (s.a.v.) juda kuchli, har tomonlama barkamol shaxs
bo‘lgan. VII asrda Hijoz (G‘arbiy Arabiston)da paydo bo‘lib, yahudiylar
8
va xristianlar ta’limotiga yaqin bu mafkuraviy harakat o‘ziga xos shakl-
shamoyil, ma’naviy va siyosiy qudrat kasb etdi, islom dinining vujudga
kelishini muhim tarixiy hodisaga aylantirdi. Arabistonda tashqi
dushmanlarga qarshi kurash uning asta-sekin siyosiy birlashuviga sabab
bo‘ldi. Arab xalqlarining siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatdan
o‘zaro birlashish jarayonining yakun topishida islom dini muhim omil
bo‘ldi. Bu jarayon Muhammad (s.a.v.) va uning sahobalari
(hammaslaklari)ni tashqi dunyo – Vizantiya va Eron bilan to‘qnashtirdi,
yangi dinni yanada rivojlantirish uchun ularga qarshi kurashga hamda
yangi tuzilma (umma – islom jamoasi)ni tashkil etishga rag‘batlantirdi.
Hozirgi vaqtda islom dini izdoshlari soniga ko‘ra jahonda
(xristianlikdan keyingi) ikkinchi o‘rinda turadigan din hisoblanadi. Yer
yuzida qariyb 1,5 milliarddan ortiq kishi islomga e’tiqod qiladi (ularning
90 % ga yaqini – sunniylar). Musulmonlarning uchdan ikki qismidan
ko‘prog‘i Osiyoda yashaydi va bu qit’a aholisining 20 % idan ortiqrog‘ini
tashkil etadi. Musulmonlarning qariyb 30 % i Afrikada yashaydi (qit’a
aholisining 49 %). 120 dan ortiq mamlakatning 50 tasida musulmonlar
aholining ko‘pchiligini tashkil etadi. Shimoliy Afrika, G‘arbiy Osiyoning
deyarli barcha mamlakatlari (Kipr, Livan, Isroil bundan mustasno),
Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afg‘oniston, Pokiston, Bangladesh,
Indoneziya kabi mamlakatlar aholisining 90 % idan ortiqrog‘i
musulmonlardir. Afrikaning bir qancha mamlakatlarida (masalan,
Gvineya, Mali, Chad, Sudanda) musulmonlar aholining yarmini yoki 80
% ini tashkil qiladi. Malayziya va Nigeriya aholisining qariyb yarmidan
ko‘prog‘i musulmonlar, ba’zi (masalan, Gvineya-Bisau, Kamerun,
Burkina-Faso, Syerra-Leone kabi) mamlakatlarda musulmonlar ozchilikni
tashkil qilsa ham, ta’sir doirasi kuchli. Musulmonlarining soni jihatdan
eng yirik davlatlar Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladeshdir.
Musulmonlarning ko‘pchiligi Xitoy, Tailand, Eritreya, Efiopiya,
Tanzaniya, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Bosniya, Gersegovina,
Albaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va b.), Shimoliy va
Janubiy Amerika mamlakatlari (AQSH, Kanada, Argentina, Braziliya,
Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida
yashaydi.
Afrika va Osiyodagi 28 ta davlat (Misr, Quvayt, Saudiya Arabistoni,
Eron, Pokiston va b.)da islom davlat dini (yoki rasmiy din) sifatida tan
olingan. Ayrim mamlakatlarda «islom» so‘zi davlatning rasmiy nomi
tarkibiga kiritilgan: Eron Islom Respublikasi, Pokiston Islom
Respublikasi, Mavritaniya Islom Respublikasi va boshqalar. Ko‘pgina
9
mamlakatlarda musulmon partiyalari, diniy-siyosiy tashkilotlar faoliyat
ko‘rsatmoqda, ko‘p sonli diniy bilim yurtlari – qorilik maktablari,
madrasalar, musulmon universitetlari, islom jamiyatlari, missionerlik
tashkilotlari, tijorat korxonalari, islom banklari, sug‘urta kompaniyalari
ishlab turibdi. Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazining ba’zi davlatlarida
islom sud ish yurituv tizimi amal qiladi. O‘tgan asrning 70-yillari oxiri va
80-yillarining boshida xalqaro munosabatlarda hukumat yoki nohukumat
darajasida faoliyat olib boruvchi musulmon tashkilotlari muayyan
o‘rinlarni egallay boshladi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan dunyo huquqiy madaniyatining ajralmas
bo‘lagi bo‘lgan, o‘zbek davlatchiligining tadrijiy tarixi va huquqiy
tafakkurining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan musulmon huquqini
o‘rganishning dolzarbligi ayon bo‘ldi. Musulmon huquqini o‘rganish esa
bir qancha qiyinchiliklar bilan bog‘liq, chunki u bir-biriga o‘xshash
normalar tizimi bo‘lmay, balki mujtahidlarning aniq qarorlari majmuini
ifodalaydi
.
Ushbu darslikda musulmon huquqi yaxshiroq tushunish va
o‘zlashtirish qulay bo‘lishi uchun bir nechta bo‘limlarga bo‘lib yoritildi.
Keng ma’noda ta’riflanganda, musulmon huquqi islom hukmron din
hisoblangan davlatdagi diniy va dunyoviy normalar majmuidir.
Musulmon huquqi islomning barcha manbalaridagi normalar, qoidalar
yig‘indisidan iborat.
Hozirgi vaqtda jahon huquq tizimida musulmon huquqining o‘ziga
xos o‘rni bor. Parij universiteti xalqaro qiyosiy huquqshunoslik
fakultetining rahbari Rene David jahondagi huquqiy tizimlarni beshta: 1)
roman-german; 2) umumiy; 3) sotsialistik; 4) musulmon, hindu va
yahudiylik, 5) Uzoq Sharq, Afrika va Madagaskar kabi huquq oilalariga
ajratgan. Ko‘rib turganimizdek, mazkur taqsimotda ham musulmon
huquqining jahon huquqiy tizimidagi o‘rni mavjud.
XX asrning so‘nggi o‘n yilligi hamda yangi asrning boshlang‘ich
davrida dunyoning ko‘plab mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy hayotida islom
dinining ta’siri kuchayib borayotganligi kuzatilmoqda. Shu bois, islom
davlat dini deb tan olingan va musulmon huquqi qonunchilik hamda
sudlov asosini tashkil etgan Osiyo va Afrikadagi ayrim mamlakatlarining
(Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Marokash, Eron, Pokiston va h.k.) hozirgi
hayoti va o‘tmishini o‘rganish alohida ahamiyatga egadir.
Musulmon huquqi hozirgi zamonning eng yirik huquqiy tizimlaridan
bo‘lib, unda barcha asosiy sohalardagi ijtimoiy munosabatlar (oila,
jamiyat, davlat)ni muvofiqlashtiruvchi normalar mavjud. Ma’lumotlarga
ko‘ra, musulmonlar soni 1,5
mlrd.dan ziyod bo‘lib, bu yer yuzi
10
aholisining qariyb 1/4 qismini tashkil etadi. Musulmon huquqiga doir
ayrim qonunlar odamlarning hayot tarzini butunlay qayta qurish va
ijtimoiy munosabatlarni o‘zgartirishga qaratilgan. Shu bois uning hozirgi
zamon huquqiy tizimlari orasidagi o‘rni ahamiyatga molik.
Musulmon huquqining tarixi, hozirgi maqomi, siyosiy-madaniy
manbalari va yo‘nalishlari taraqqiyotini o‘rganish musulmonlar mintaqasi
mamlakatlaridagi davlat va huquqni rivojlantirishning asosiy
xususiyatlari, vujudga kelish qonuniyatlari, tadrijiy rivojlanish tamoyil
(tendensiya)larini chuqurroq tahlil etishga imkon beradi.
Musulmon huquqining predmetini ushbu huquqning paydo bo‘lishi
va taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari, musulmon davlatlarida
hokimiyatning ijtimoiy mohiyati, ulardagi boshqaruv va davlat
tuzilishining shakllari, musulmon huquqining tabiati, manbalari,
mazhablari, normalari, tarkibi va asosiy tuzilmalari hamda hozirgi islom
mamlakatlaridagi huquqni o‘rganish tashkil etadi. Musulmon huquqi
jamiyatshunoslik fani tarmoqlarining o‘rganish obyektidir. Mazkur fan
tarmoqlari uni o‘z maqsadlariga muvofiq o‘rganadi. Shuningdek, huquq
fani ham musulmon huquqini muayyan nuqtai nazardan o‘rganadi.
Huquqshunoslikda yetakchi tarmoq hisoblangan davlat va huquqning
umumiy nazariyasi fani uchun musulmon huquqining paydo bo‘lishi,
rivojlanishining umumiy qonuniyatlari, musulmon davlatlarida hoki-
miyatning ijtimoiy mohiyati, ulardagi boshqaruv va davlat tuzilishi
shakllariga xos xususiyatlar, musulmon huquqining tabiati, manbalari,
mazhablari, ularning tarkibi, asosiy tuzilmalari va tarmoqlari, musulmon
huquqiy mafkurasining xususiyatlari, hozirgi musulmon mamlakatlaridagi
milliy huquqning o‘ziga xosliklari tadqiq etish mavzulari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |