14
mamlakatlarda davlat
dini sifatida qabul qilingan, bu maqom
konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlangan. Aksariyat musulmon
mamlakatlarida ushbu huquq o‘z o‘rnini yangi qonunchilikka bo‘shatib
berib, huquqiy tizimning asosini tashkil etmasa-da, haligacha oila-nikoh,
meros va huquqning boshqa tarmoqlaridagi muammolarni hal etishda
uning ta’siri kuchli, ahamiyati kattadir. Ba’zi davlatlarda (Saudiya
Arabistoni, Eron, Pokiston) musulmon huquqi ijtimoiy munosabatlarni
muvofiqlashtiruvchi faol omil sifatida qo‘llanib kelmoqda.
Musulmon huquqi normalari – ahkomlarining
afzalligi dunyoning
barcha musulmonlari uchun majburiyligidadir. O‘zbekistonda birinchi
bo‘lib musulmon huquqining manbalari to‘g‘risidagi masalani professor
A. X. Saidov o‘rgandi. Uning ta’kidlashicha, musulmon huquqi tarixga
«islom huquqi» istilohi bilan kirdi, u «islomga talpinadigan jamoalarning
qonun ijodkori tomonidan barpo etilgan yo‘lidir», shuningdek u diniy
hamda fuqarolik qonunlaridan iborat. Islom rivojlanishining dastlabki
vaqtlarida musulmon huquqiga doir qonunlar faqat diniy tavsifga ega edi.
Vaqt o‘tishi bilan, ya’ni birinchi musulmon jamoalari Madinaga ko‘chgan
paytdan boshlab, islomning ta’sirini yanada kuchaytirish maqsadida
Muhammad (s.a.v.) oilaviy va ijtimoiy turmush, shartnomalar va ixtiyoriy
majburiyatlari, jumladan merosga oid qator yangi normalarni e’lon qildi.
Mazkur normalar sunnani, ya’ni musulmon huquqi asosiy manbalaridan
birining asosini tashkil etadi.
Musulmon huquqini o‘rganish umumjahon huquqiy madaniyatining
bir qismi sifatida islom siyosiy-huquqiy tafakkurining insoniyat
ma’naviyatiga qo‘shgan hissasini o‘rganishdan iborat. Shu bois
musulmon huquqini quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish juda
muhimdir:
birinchidan, musulmon huquqi nazariyasi va tarixi –
musulmon huquqi islom siyosiy-huquqiy g‘oyalari tarixi. Bunda alohida
e’tibor:
1) O‘zbekistonda fiqhning
shakllanishi, unda islomgacha mavjud
bo‘lgan huquqiy an’analar va boshqa ijtimoiy normalarning aks etishi;
2) islom ma’naviy merosining muhim qismi hisoblangan musulmon
huquqi (musulmon huquqi, fiqh, usul al-fiqh)ning nazariy asoslari;
3) musulmon huquqida diniy-axloqiy va huquqiy aqidalarning o‘zaro
aloqadorligi;
4)
musulmon huquqiy doktrinasi (ta’limoti)ning jahon huquqiy
tafakkurining bir qismi sifatidagi evolutsiyasiga qaratiladi.
Ikkinchidan, musulmon huquqi – islom turmush tarzining muhim
unsuri. Mazkur o‘rinda quyidagilar:
15
1) musulmonlarning ijtimoiy-huquqiy madaniyati va turmush tarzida
musulmon huquqining o‘rni;
2) islom tizimida diniy-huquqiy va axloqiy unsurlarning o‘zaro
munosabati;
3) musulmon huquqi hamda mahalliy urf-odat va an’analarning
o‘zaro munosabati;
4) fiqh maktab (mazhab)lari va ularning mintaqaviy (joylashish)
turli-tumanligi;
5) musulmon huquqi yaxlitligi va ayni davrda ko‘p xilligi.
Uchinchidan, musulmon huquqining Sharq huquqiy tizimlaridagi
tarixiy va zamonaviy o‘rni. Ushbu yo‘nalishda quyidagi asoslarni
o‘rganish muhim milliy va amaliy ahamiyatga ega:
1)
o‘rta asrlar Sharq huquqiy tizimlarida musulmon huquqi
(noislomiy tuzilmalar – «davlat» huquqi, urf-odatlar, Yevropa huquqi,
noislomiy dinlar huquqi bilan o‘zaro munosabati);
2)
hozirgi zamon Sharqining huquqiy rivojlanishida musulmon
huquqining o‘rni;
3) musulmon huquqining Yevropa huquqiy tizimlariga va Yevropa
huquqiy madaniyatining musulmon huquqi tarkibiga ta’siri;
4)
musulmon huquqining zamonaviy huquqiy tizimlarning turli
tarmoqlari orasidagi o‘rni.
To‘rtinchidan, musulmon huquqi – hozirgi eng yirik huquqiy
tizimlardan biri. Bunda:
1) musulmon huquqining boshqa huquqiy tizimlar (madaniyatlar)
bilan o‘zaro munosabati va aloqasi;
2) musulmon huquqi va umuminsoniy huquqiy qadriyatlar;
3)
musulmon huquqining umuminsoniy huquqiy madaniyatga
qo‘shgan ulushi;
4) hozirgi zamon musulmon huquqining Yevropa huquqiy mada-
niyati ta’sirida shakllanishi.
Beshinchidan, musulmon huquqi va shaxsning huquqiy maqomi.
Mazkur yo‘nalishda:
1) musulmon huquqida shaxs maqomining diniy va huquqiy jihatlari;
2) musulmonlarning shaxsiy maqomi haqidagi islom ta’limotlari;
3) erkin e’tiqod tamoyili va musulmonlar maqomining huquqiy
jihatlari;
4) musulmonlarning nomusulmon mamlakatlardagi maqomi va uning
huquqiy mustahkamlanganligi (Sharq va G‘arb davlatlari misolida);
16
5) islom tamoyilining davlat bilan aloqadorligi va uni nomusulmon
mamlakatlarda
huquqiy mezonlashtirish;
6) musulmon mamlakatlarida nomusulmonlarning maqomi (davlat
fuqarolari va xorijiy davlat fuqarolari) o‘rganiladi.
Oltinchidan, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-huquqiy va
ma’naviy madaniyatida musulmon huquqi. Ushbu yo‘nalishda asosiy
mavzular sifatida quyidagilar o‘rganiladi:
1) O‘zbekistonda musulmon huquqining tarixi va musulmon huquqiy
tafakkuri;
2) musulmon xulq-atvorlarini mezonlashtirish mexanizmida musul-
mon huquqi va urf-odatning o‘zaro munosabati;
3)
Markaziy Osiyo mamlakatlarining amaldagi qonunchiligi va
musulmon huquqini qiyosiy o‘rganish.
Yettinchidan, musulmon huquqining tarmog‘iga oid muammolar,
hozirgi kunda musulmon huquqining tarkibi, shakli va mazmunida sodir
bo‘layotgan evolyutsion o‘zgarishlardan iborat.
Bunda musulmon
huquqining ayrim tarmoqlari va tuzilmalari mumtoz nazariya va hozirgi
zamon amaliyotiga solishtirgan holda tahlil etiladi. Buning uchun eng
avvalo musulmon huquqiy mafkurasi va amaldagi huquqiy normalarning
tizimi sifatida musulmon huquqining manbalarini o‘rganish taqozo
etiladi. Unga Qur’oni karim, hadislar to‘plamlari va ulardan keyin
yozilgan
mumtoz asarlar, jumladan «Hidoya» taalluqlidir. O‘rta asrlarda
musulmon mamlakatlarida amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlari,
shuningdek, hozirgi zamon islom qonunchiligi va ushbu huquq ta’siridagi
konstitutsiyaviy, oila va meros huquqlarini o‘rganish ham muhim
ahamiyatga ega. Huquqshunoslar, tarixchilar, sharqshunoslar va fayla-
suflarning musulmon huquqi va umuman islomga doir asarlari,
shuningdek islomshunoslik masalalariga bag‘ishlangan huquqiy ada-
biyotlarni ham o‘rganish muhim ahamiyatga molikdir.
Dostları ilə paylaş: