21
jismoniy kamchiligi bo‘lmagan, ilmli va erkin mulkka ega shaxsni
tanlashi lozim edi. Bundan tashqari, bo‘lg‘usi xalifa ma’lum axloqiy
fazilatlar ega va jasur shaxs bo‘lishi zarur edi. Xalifa hayotlik chog‘ida
o‘zidan keyingi xalifani tayinlash to‘g‘risidagi vasiyatining qonuniy
bo‘lishi uchun uni guvohlar oldida tuzishi shart edi. Xalifaning vazifalari:
davlatni musulmon huquqi bo‘yicha boshqarish; islom ta’limotining
sofligini himoya qilish; odil sudlovni amalga oshirish; harbiy ishlarga
rahbarlik qilish; ichki xavfsizlikni ta’minlash; mansabdor shaxslarni
tayinlash; soliqlarni yig‘ishdan iborat edi. Musulmon huquqshunos-
larining ta’limotiga ko‘ra, xalifaning hokimiyati uning vafoti yoki
hokimiyatdan voz kechishi, majburiyatlarini bajarishga jismoniy yoxud
axloqiy jihatdan qodirsiz bo‘lib qolishi bilan to‘xtatilar edi.
Musulmon huquqi VII asrda shakllandi. U islom tamoyillariga
tayanib, asta-sekin Qur’on va sunnaning mohiyatini aks ettirgan,
mustahkamlangan diniy huquqiy tizimga aylana bordi. Muhammad
(s.a.v.)ning vafotidan so‘ng, solih xalifalar ayni vaqtda diniy va dunyoviy
(qonun chiqaruvchi, sudlov va ijro qiluvchi) hokimiyatga egalik qildilar.
Arab xalifaligi tarixida ilk xalifalar davri oliy hokimiyat – sof ilohiy
xususiyatga ega edi. Xalifalar bu davrlarda faqat ruhiy-ma’naviy
yo‘lboshchilargina bo‘lib qolmay, ayni paytda harbiy sarkardalar (amir al-
mo‘’minin) ham edilar. O‘zga hududlarni zabt etish, uncha katta
bo‘lmagan musulmon jamoasining qudratli saltanatga aylanishi tufayli
Arab xalifaligi paydo bo‘ldi. Zabt etilgan hududlarda ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solish, shuningdek xalifalik hududida bir xil
normalarni o‘rnatish uchun musulmon huquqining asosiy manbasi
bo‘lgan Qur’onga murojaat qilindi.
Dostları ilə paylaş: