51
asrning ikkinchi yarmiga kelib, Hanafiy mazhabi butun Usmoniylar
davlati bo‘ylab yoyilib ketdi.
Hanafiy mazhabining tarqalishiga quyidagi omillar sabab bo‘ldi.
Birinchi omil. Ushbu
mazhab mohiyati, ta’limoti va qo‘llanish uslubi
bilan jamiyatda yuz berib turadigan huquqiy muammolarni hal etish
imkoniyatiga ega bo‘lib, har qanday savolga javob topa olgan. Bunday
imkoniyat shundan kelib chiqadiki, Hanafiy mazhabi biror masala
to‘g‘risida nass (Qur’on yoki hadislar matni) mavjud bo‘lmasa, qiyos va
uning eng muhim turi bo‘lgan qiyosi hafiy, ya’ni yopiq yoki yashirin
qiyos (istihson)ga tayanib ish olib borgan, shuningdek, urf-odatga katta
e’tibor qaratgan. Bunday uslubdan foydalanish xalq uchun hayotiy
muammolarni musulmon huquqi qoidalariga asoslanib yechishda qulaylik
tug‘dirib, Hanafiy mazhabining tarqalishi uchun zamin yaratib bergan.
Ikkinchi omil. Hanafiylik ilmiy asoslarga
tayangan mazhab sifatida
Abbosiylar imperiyasining mazhabi bo‘lgan. Undan keyin G‘aznaviylar,
Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Temuriylar,
Boburiylar, shuningdek, Usmoniylar davrida ham asosiy va davlat
mazhabiga aylanishi uning rivojlanishi va tarqalishi uchun katta
imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Ushbu davlatlarda, ayniqsa, Abbosiylar,
G‘aznaviylar, Usmoniylar davlatlarida sud tizimi rivojlandi. Alloma ibn
Obidin aytganidek, ularning barcha qozilari va shayx ul-islomlari Hanafiy
mazhabi vakillari bo‘lganlar.
Uchinchi omil
–
Abu Hanifa shogirdlarining ko‘pligi. Shayx
Mahmudxon Tunkiy yozgan 60 jildlik «Majma’ul-musannifiyn» kitobida
zikr etilishicha, uning shogirdlari (Abu Yusuf, Muhammad ibn Hasan,
Zufar va Abdulhasandan tashqari)ning ko‘pchiligi Movarounnahr,
Xuroson va Eron hududlaridan edilar. Ularning ba’zilari, masalan,
Usmon
al-Bustiy va boshqalar yuksak ilmiy maqomga ega bo‘lib, ushbu
mazhabni yoyish yo‘lida katta xizmat ko‘rsatganlar. Ulardan ayrimlari
eng salohiyatli fiqhshunoslar sifatida uning ilmiy uslubi, huquqiy
qarashlarini yoritib, ba’zan unga qarshi o‘z fikr-mulohazalarini ham
bildirganlar.
To‘rtinchi omil. Abu Hanifaning iqtidorli shogirdlaridan keyin
ularning izdoshlari bo‘lgan bir guruh faqihlar yetishib chiqib, musulmon
huquqi hukmlarini istinbot va istihroj (tahlil) qilish va ularni asrlar
davomida yuz bergan hodisalarga tatbiq etish muammolariga jiddiy
yondashganlar. Abu Zahraning ta’kidlashicha, ular mazhablariga tegishli
bo‘lgan juz’iy masalalar asosi bo‘lgan hukmlarning illatlari (sabablari)ni
belgilab olgandan keyin, umumiy va qamrab oluvchi qoidalarga tayangan
52
holda, bir-biri bilan uyg‘unlashgan masalalarni to‘plashga urindilar.
Shunday qilib, mazhab bo‘yicha tafriy’
, ya’ni juz’iy masalalar (furu’l-
fiqh) va fiqhning barcha tarmoqlarini birlashtiruvchi
va umumiy
tamoyillarga e’tibor beruvchi asosiy qoidalar va umumiy nazariyalar (usul
ul-fiqh) yuzaga kelgan. Izohlab o‘tilgan to‘rt omil Hanafiy mazhabining
islom dunyosida keng ko‘lamda tarqalib, rivojlanishining asosiy sabablari
hisoblanadi.
Hozirgi kunda Hanafiylikning jo‘g‘rofiy hududi Markaziy Osiy
davlatlaridan boshlab, Xitoy, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Eron,
Iroq, Arabiston, Yaman, Misr, Jazoir, Tunis, Marokash, Turkiya,
Indoneziya va boshqa musulmon o‘lkalariga yetib boradi. Abu Hanifa
mazhabi aytib o‘tilgan mamlakatlarning ayrimlarida asosiy mazhab
bo‘lsa, ayrimlarida ikkinchi yoki uchinchi o‘rinda turadi.
Hanafiy mazhabi Shimoliy Afrika mamlakatlari (Tunis, Jazoir,
Marokash)da ham tarqalgan. Bu o‘lkalarda hanafiylar soni ko‘p bo‘lmasa
ham, bu mazhab olimlari katta izzat va hurmatga ega.
Tunis poytaxtida
sud ishlari hanafiy va molikiy mazhablari asosida yuritilib, unda hanafiy
sud tizimi molikiy sud tizimi bilan birga qo‘llaniladi. Hasan Sodiqning
ta’kidlashicha, bu yerda hanafiy mazhabining buyuk muftiylari mavjud
bo‘lib, barcha ustidan ma’naviy rahbarlik maqomida turib, «shayx ul-
islom» deb ataladilar.
Shuningdek, odat bo‘yicha Zaytuna universiteti o‘qituvchilarining
yarmi hanafiylardan va yarmisi esa molikiylardan bo‘ladi.
Hanafiy mazhabi tarafdorlari Hindistonda 48 mln.ga yetib boradi.
Janubiy Amerika va Braziliyada 25 mln hanafiy musulmonlari
yashaydilar.
Dostları ilə paylaş: