68
sahih hadislari va izdoshlarining osarlarini to‘plashga bor kuchlarini
sarflaganlar.
Fiqhning tizimga solinishi,
shuningdek islom ulamolarining
Yunoniston, Rim, Eron va Hindistondagi tabiiy fanlar hamda falsafaga
oid yirik asarlarni tarjima qilish jarayonlarida (tarjimalarning aksariyati
shu davr (750–830-yillar)ning birinchi yarmida paydo bo‘lsa-da, biroq
ularning ta’siri mazkur davrning ikkinchi yarmida sezila boshladi)
tafakkur, deduksiya va xulosalashning yangi tizimlari bilan tanishganlar.
Ushbu bilimlar ularning fiqhga bo‘lgan munosabatlariga ham ta’sir
ko‘rsatgan. Natijada ular fiqhdagi asosiy (usul) va qo‘shimcha (furu’)
manbalarni ajrata boshlaganlar. Vaqt o‘tishi bilan bu ta’sir natijasida
tafsir (Qur’onni sharhlash), hadislar va nahv (grammatika) tadqiqotning
ixtisoslashgan tarmoqlariga aylangan.
Fiqh yetakchi ulamolarining fikrlari yozib borilgan, islom
qonunchiligining manbalari esa ahamiyatiga qarab birlamchi yoki boshqa
o‘rinlardagi manbalar sifatida belgilangan va tasnif qilinadigan bo‘lgan.
Musulmon huquqi manbalari tahlili davrining oxiriga kelib, ko‘plab
ulamolar tomonidan manbalar ahamiyatiga ko‘ra, quyidagi tartibda tan
olina boshlangan:
Dostları ilə paylaş: