71
O‘zbekiston hududida Hanafiylar huquq maktabi ta’limotlari keng
yoyilgan. Barcha huquqiy masalalar ushbu maktab namoyandalarining
fikr-mulohazalariga tayanib, hal qilingan. Mintaqada musulmon
huquqidan tashqari odat huquqi va ijobiy huquq
normalarining ham amal
qilishiga imkoniyat yaratilgan.
Musulmon huquqshunoslari ushbu huquq tarkibidagi o‘zaro bog‘liq
ikki guruhni farqlaydilar
1
.
Birinchisi – Qur’oni karim va sunnadagi
huquqiy ko‘rsatmalar. Bu normalar faqihlar ta’kidlaganlaridek,
ilohiy
tabiatga ega.
Ikkinchisi esa, ijmo va qiyos asosida rasmiylashtirilgan
normalar. Asosiy normalar sifatida dastlabki ikki manbadagi (Qur’oni
karim va sunna) normalar tan olingan. Musulmon huquqshunos
olimlarining fikrlaricha, haqiqiy normalar faqat Qur’oni karim va sunnada
ifodalangan, boshqa manbalarda ko‘rsatilgan
normalar esa ularni
to‘ldirishga xizmat qiladi. Musulmon huquqidagi normalarning o‘rni va
ahamiyati uning qaysi manbadan olinganligiga qarab belgilanadi. Agar
o‘rganilayotgan masala yuzasidan chiqarilgan qaror (hukm) musulmon
huquqining asosiy manbalariga tayangan bo‘lsa, o‘rganish darhol
to‘xtalgan. Ammo qaror ikkilamchi manbalar yoki mujtahidlarning
fikrlari asosida chiqarilgan bo‘lsa, qozilar yoki muftilar o‘sha qarorning
o‘rniga boshqasini tanlash huquqiga ega bo‘lganlar. O‘zining aniqligi
bilan Qur’oni karim va sunnadagi normalar ikki toifaga ajratilgan.
Birinchisi – aniq, turli izohlarga muhtoj bo‘lmagan normalar. Bu
turdagi normalar aniqligi va tushunarliligi bilan
ajratiladi, bevosita va
yagona tartibda amaliyotda qo‘llaniladi, ularni tushunishda ijtihodga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Ikkinchisi – boshqa ma’nolarni ham ifodalovchi turli izohlarga
muhtoj mavhum normalar. Bunday normalarga ijtihod orqali aniqliklar
kiritish zarur bo‘ladi.
Qur’oni karimning «Moida» surasi 106-oyatida:
«Ey mo‘minlar,
birovingizga o‘lim kelib vasiyat qilar vaqtida, o‘zingizdan bo‘lgan ikki
adolat egasi yoki agar biror yerga safar qilib, o‘sha yerda sizga o‘lim
yetgan bo‘lsa, o‘zgalardan bo‘lgan ikki kishi o‘rtalaringizda guvoh
bo‘lsin», – deyiladi. Ushbu oyatda vasiyatga asoslangan meros qoldirishni
rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qoida ifodalangan bo‘lib, uning mohiyatini
aslicha tushunish lozim. Ya’ni mazkur oyatni o‘zgacha
tushunish yoki
sharhlash mumkin emas.
1
Ԕɚɪɚɧɝ:
ȺɛɞɭɥΙɨɞɢɪ ȸɞɚ. ɂɫɥɨɦ ԟɭԕɭԕɢɞɚ ɠɢɧɨɹɬ ԕɨɧɭɧɥɚɪɢɧɢ ɞɭɧɺɜɢɣ
ԕɨɧɭɧɥɚɪ ɛɢɥɚɧ ԕɢɺɫɢɣ ʆɪɝɚɧɢɲ (Ⱥɪɚɛ ɬɢɥɢɞɚ). ɀ. 2. – Ȼɚɣɪɭɬ, 1985.
72
Mazmuni mavhum, unchalik aniq bo‘lmagan normalarda qat’iy, aniq
qoidalar belgilanmagan. Unga aniqlik kiritishda sharhlash yo‘li orqali
tegishli xulosa chiqariladi. Masalan, Qur’onning «Nur» surasi 56-oyatida:
Dostları ilə paylaş: