65
Biroq, qayd qilish joizki, ulamo va qozilarga keng fikr erkinligi
huquqi berilganiga qaramay, ularning qarorlari davlat siyosatiga zid
kelgan taqdirda, ayovsiz jazolangan. Masalan, imom Molik chiqargan
fatvo Abbosiy xalifalardan birining siyosatiga zid kelganligi bois, u
zindonband etilib, qiynoqqa solingan. Sababi xalifaning talabiga ko‘ra,
fuqarolar unga sodiq bo‘lishga qasam ichishlari, mabodo kimdir qasamini
buzsa, o‘z-o‘zidan xotini bilan ajrashib ketishga majburligi shart deb
belgilanib, ommaga e’lon qilinishi zarur bo‘lgan. Imom Molikning
fatvosida esa majburlab ajratish hech qanday ta’sir kuchiga ega emas,
deyilib, xalifaning talabi rad etilgan edi;
Dostları ilə paylaş: