147
Fiqh ishni sirtdan ko‘rib chiqish amaliyotini ma’qullamaydi.
Mahkamaga chaqirilgan javobgar u yerga borishdan bosh tortsa, nozir uni
mahkamaga kuch bilan olib keladi yoki
itoatsizning uyiga muhrlar
urilgandan keyin, ish go‘yoki uning ishtirokida ko‘rib chiqilgan
hisoblanadi. Javobgar sud majlisda qozining savollariga javob berishdan
bosh tortsa, qozi javobgarni kaltak bilan jazolashi
yoki qamoq jazosini
berishi, uning bosh tortishiga qaramay, ishni ko‘rishda davom etishi
mumkin. Javobgar qamalishdan cho‘chib, qozining so‘nggi savolini
kutmay, mahkamani tark etsa, unga mahkamaga
qaytish uchun muhlat
beriladi. Ish yurituvchilar uchun sud uning ishtirokida bo‘layotgan
hisoblanaveradi. Sunniylik oqimining Molikiy mazhabi namoyandalari
ishda boy bergan taraf yutib chiqish imkoniyatini beradigan ma’lumotni
aniqlaganda, sud qaroriga e’tiroz bildirilishiga yo‘l qo‘yadilar, bunday
holatda ish qayta ko‘rib chiqiladi. Sud qarorini bajarish qozining
vazifasiga kiradi. Agarda to‘lovni to‘lash to‘g‘risidagi qarordan keyin
javobgar shaxs uni bajarishdan bosh tortsa, qozi uni
ozodlikdan mahrum
qilishi shart. Keyinchalik zarurat tug‘ilsa, ishni boy bergan shaxsning
mulkini garov sifatida olib qo‘yishi va xatlashi (rahn) mumkin. Ushbu
barcha choralar ta’sir ko‘rsatmagan taqdirda, sud mulkni begona qilish va
sotishni boshlaydi.
Musulmon sud protsessiga xos xususiyat – sud chiqargan qarorning
so‘nggi qaror, deb tan olishning imkoni yo‘qligi hamon davom etib
kelmoqda. Qozi, agarda huquqiy xatoga yo‘l qo‘yganini anglab qolsa, o‘z
qarorini bekor qilish huquqiga ega. Qabul qilingan qarorni uning
vorisi
yoki hamkasbi bekor qilishi mumkin. Qozi bunday qarorni chiqargan va
mahkum o‘rtasida adovat borligini aniqlashi yoki mahkum o‘ziga ilgari
ma’lum bo‘lmagan hujjatni taqdim etgani munosabati bilan har qanday
qarorni qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: