Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov


 Musulmon sud huquqida fuqarolik va jinoyat



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/70
tarix24.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#101857
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
islom huquqi

10.2. Musulmon sud huquqida fuqarolik va jinoyat 
ishlarini ko‘rib chiqish 
Avval bayon qilganimizdek, musulmon huquqida qonunda nazarda 
tutilgan dalillar tizimi haqiqiy hisoblangan. Qozi qarorini faqat ichki 
ishonchi va shaxsan o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar bilan 
(guvohlarni rad etish masalasidan tashqari) asoslay olmaydi. Dalillarning 
ustun turuvchilari, atroflicha tartibga solinganlari guvohlik ko‘rsatmalari 
hisoblanadi, yozma ko‘rsatmalar ikkinchi darajada turadi. 


148
Guvohlik ko‘rsatmalarining haqqoniyligi guvohga qo‘yilgan quyidagi 
talablarga ko‘ra aniqlanadi: musulmon bo‘lish, bid’atchi bo‘lmaslik, aqlan 
sog‘lom bo‘lish, huquqiy layoqatga ega bo‘lish, obro‘-e’tiborga ega 
bo‘lish; zarurat tug‘ilganda, qozining surishtiruv ishlarini o‘tkazishi. Ayni 
paytda fiqh, agarda qotillik yoki tan jarohati yetkazish to‘g‘risidagi ish 
ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, guvoh sifatida jinsiy yetuk bo‘lmagan o‘g‘il 
bolalarning ham jalb etilishiga yo‘l qo‘yadi. Sudda ikki erkak shaxsning 
qasam ichmasdan bergan ko‘rsatmalari, odatda, qonuniy dalil hisoblanadi. 
Ayollarning guvohlik ko‘rsatmalari ularga aloqador alohida ishlar 
(masalan, tug‘ruq to‘g‘risida)ni ko‘rib chiqishda inobatga olinadi. Oila 
mulki to‘g‘risidagi ishlarda bir erkak guvoh ikkita ayol guvoh bilan 
almashtirilishi mumkin (oila huquqiga kelsak, bunday holatga faqat 
Hanafiy mazhabida ruxsat berilishi mumkin). 
Guvohlik ko‘rsatmalarining uch turi mavjud: bevosita, bilvosita va 
barchaga ma’lum bo‘lgan guvohlik ko‘rsatmalari (ilgari bo‘lib o‘tgan 
faktlarga nisbatan). Ziddiyatli holatlar yuzaga kelganda, ko‘rsatmalarning 
birinchi turi ustunlik qiladi. 
Da’vo qiluvchi bir erkak yoki ikkita ayol guvohni keltirgan taqdirda, 
qasam qo‘llanadi va u dalilni to‘ldiradi. Qasam yana boshqa ishonarli 
dalillar mavjud bo‘lmaganda, tugal dalil hisoblanib, ont sifatida 
qo‘llanishi mumkin. Bunda javobgardan ont ichish talab qilinadi yoki arz 
qiluvchiga qasam ichish taklif etiladi.
Musulmon huquqidagi yozma hujjatlarning isbotlash kuchi to‘g‘ri-
sidagi manbalar musulmon huquqiy tizimining nazariyasi va amaliyoti 
o‘rtasida ziddiyat mavjudligini ko‘rsatadi. Ruh va hatto o‘zining o‘tmish 
qoldiqlariga o‘ralib qolgan pozitiv huquq belgilarining ahamiyati 
nisbiyligini ko‘rsatadi. Musulmon huquq tizimi rivojining ilk bosqichida 
sudlov faoliyati faqat og‘zaki guvohlik ko‘rsatmalari bilan cheklangan 
edi. Biroq, qonunga asoslanib dalillarni ko‘rib chiqish jarayoni ularni har 
qanday huquqiy hujjatning ajralmas atributi (sifati) bo‘lgan yozma 
hujjatlarning ahamiyatiga to‘g‘ri baho berishga o‘rgatdi. Fiqh esa yozma 
dalillarni inkor etishda davom etaverdi, biroq xizmatchi guvohlar jamoat 
notariuslari vazifalarini amalga oshiradigan bo‘ldilar. Shu tariqa sud 
jarayoni og‘zaki shakldan yozmaga o‘tdi, adullar sud kotiblariga 
aylandilar. Ular o‘zlari yozib borgan har bir javob yoki shikoyat bo‘yicha 
hujjat taqdim etilishi faktlari va qozi chiqargan qarorlardan bayonnoma 
matnini ishlab chiqardilar. Qozi mazkur bayonnomani tasdiqlab berishi, 
unga maxsus guvohnoma qo‘shib qo‘yishi zarur hisoblangan. Hujjat 


149
yozilib, rasmiylashtirilgach, hattoki boshqa viloyatlarning qozilariga ham 
uning mazmunini o‘zgartirishga ruxsat berilmagan.
Islom sud faoliyatida «Musulmon shaxsning xatti-harakatlari asosan 
to‘g‘rilikka asoslangan», degan qarash ustunlik qiladi. Ushbu fikrga 
ko‘ra, dalil va ashyolar ko‘rsatilmaguncha, gumondor o‘z aybiga iqror 
bo‘lmaguncha, guvohlar guvohlik bermaguncha qozi hech kimdan gumon 
qilmaydi, biror-bir harakatni jinoiy sanab, unga nisbatan ayb qo‘ymaydi.
Musulmon huquqida qozining huzuriga kelgan yoki keltirilgan 
tomonning biridan o‘z so‘ziga to‘rtta guvoh keltirishi talab qilinsa, 
ikkinchi tomonning esa garchi hech guvohi bo‘lmagan holda ham, adolat 
yuzasidan, qasam ichib aytgan so‘zlari e’tiborga olinadi.
Sud faoliyatida isbotning uchta turi mavjud: a) iqror; b) guvohlik;
d) qasam.
Iqror – tan olish bo‘lib, gumondor o‘z aybiga guvohlar ishtirokida 
uch marotaba iqror bo‘lmagunicha, unga nisbatan chora qo‘llanilmaydi. 
Masalan, Muhammad (s.a.v.)ning davrida bir ayol huzuriga kelib, zino 
qilganiga iqror bo‘lgan, mazkur ayol uch bora o‘z aybiga iqror bo‘lga-
nidan so‘ng, unga nisbatan chora ko‘rilgan. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin