Mаvzu: gеоgrаfiya tа’limining shаkllаnishi vа rivоjlаnish tаriхi. Reja: Geografiya o`qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi



Yüklə 289,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix27.04.2023
ölçüsü289,11 Kb.
#103662
1   2   3   4   5   6   7
Geog-2

M.V. Lomonosov geografiya fanini rivojlantirishga katta hissa qo`shdi. 
Jumladan, uning rahbarligida Rossiyaning birinchi atlasi va mamlakatning ikkita kartasi nashr 
etildi. Maktablarda geografiya darsliklari aniq va to`liq ma’lumotlar bilan to`ldirildi. 1786 yilda 
Rossiyada xalq maktablarining ustavi qabul qilindi. Unga ko`ra ikki tipdagi maktablar: 
1. Kichik maktablar (ikki yillik) 
2. Asosiy maktablar (to`rt yillik) tashkil etildi. Asosiy maktablarda so`nggi ikki yil 
davomida uch nomdagi geografiya kurslari o`qitilar edi. Dastlab, o`quvchilarga Yevropaning 
umumiy geografiyasi, keyin Rossiya geografiyasi, oxirida umumiy geografiya o`qitilib, bunda 
dastlab yer haqidagi umumiy ma’lumotlar berilib, so`ngra dunyodagi alohida mamlakatlarga ta’rif 
berilar edi. Yuqori sinflarda Rossiya geografiyasi va geografik statistika fanlari o`qitilar edi. XIX 
asr boshida Rossiyadagi barcha o`quv muassasalarida geografiya fanini o`qitishga e’tibor 
kuchaytirildi. 
Gimnaziya maktablarini uchinchi sinfida haftasiga 14 soat geografiya o`qitilar edi. 
Bundan dastlab yer haqidagi umumiy ma’lumotlar berilib so`ngra dunyodagi alohida 
mamlakatlarda ta’rif berilardi. Yuqori sinflarda Rossiya geografiyasi va geografik statistika 
fanlari o`qitilar edi. E. F. Zablovskiy, K.A.Arsenev tomonidan yaratilgan darsliklar qo`llanilar 
edi. K.D.Ushiniskiy geografiya ta’limini rivojlantirish yuzasidan bir qator ilg`or g`oyalarni 
o`rtaga tashladi. U darsliklarni rasmlar bilan boyitish, oddiydan murakkabga qarab ma’lumotlarni 
joylashtirishni ta’kidlab, ko`rsatib berdi. K.D.Usheniskiy bergan takliflar rus olimi 
D.D.Semyonov tomonidan hisobga olinib 1860-1867 yillar davomida uch qismdan iborat 
“Geografiya darslari” nomli kitob yaratildi. Unda o`lka geografiyasini o`rganishga, darslarni 
ko`rgazmali materiallar bilan boyitishga, o`quvchilarni mustaqil tarzda kartalar chizishga, har bir 
geografiya darsini ma’lum tizim asosida oddiydan murakkabga qarab o`rganishga e’tibor 
kuchaytirildi. D.D.Semyonov tomonidan yaratilgan darsliklar 15 martagacha qayta nashr qilinib,
XIX asrning oxirigacha maktablarda o`qitildi. O`sha davrda K.Smirnov va D.Linberg tomonidan 
yaratilgan darsliklar ham maktablarda o`qtilar edi. Bu darsliklarning kamchiligi shunda ediki, ular
murakkab tilda yozilib, rasm va chizmalari yo`q edi. Bu darsliklarda geografik nomlarga e’tibor 
kuchaytirilgan bo`lsada, ammo har bir matndan keyin savol va topshiriqlar yo`q edi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida geografiyaga oid ilg`or pedagogik
g`oyalar aks ettirilgan G. I. Ivanov, A. A Kruber, A. S. Barkov, S. G. Grigorev muallifligida 
yangi darsliklar yaratildi. Darsliklarda geografik nomenklatura qisqartirildi, rasmlar bilan 
boyitildi, qo`shimcha ma’lumotlar, qiziqarli faktlar kichikroq shriftlar bilan darslikka kiritildi. 
Maktab geografiyasini takomillashtirishda nashr qilingan bir qator yangi metodik
qo`llanmalar alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Jumladan N. Rayevskiy, S. Mecha, E. YU. Petri, 
S. P.Arjanova, A.P.Nechayev, B. P. Budanov tomonidan yaratilgan metodik qo`llanmalarda 
o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish, geografiyaga doir rasmlar bilan ishlash, savol va 
topshiriqlarni oddiylashtirish va boshqa yo`nalishlarda ilmiy metodik g`oyalar yaratildi.


1914 yilda maktabning yangi o`quv rejasi qabul qilindi. Unda geografiya faqat
quyi sinflarda emas, balki yuqori sinflarda ham o`qitilishi ko`rsatib qo`yildi. 1915 yilda Moskva 
shahrida butun Rossiya geografiya o`qituvchilarining I syezdi o`tkazildi. Syezd ishtirokchilari o`z 
chiqishlarida geografiya fanini yana chuqurroq o`rganish yuzasidan o`z takliflarini berishdi. 1921 
yilda taniqli geograf olim D.N. Anuchin rahbarligida geografiyadan umumdavlat o`quv 
dasturining loyihasi ishlab chiqildi. Unda ikkita asosiy masala ko`zda tutilgan edi.
1. O`quvchilarning geografiyani mustaqil o`rganishga qiziqishlarini oshirish. 
2. O`quvchilarning o`z o`lkasi geografiyasini chuqur o`rganishiga e’tiborini 
kuchaytirish ta’kidlanadi. 
1924 - 1927 yillar davomida maktab ta’limida DOK tomonidan yaratilgan maxsus dastur 
asos qilib olindi. Uning maqsadi maktab ta’limini mehnat bilan bog`lashga qaratilgan tizimni 
vujudga keltirishdan iborat edi. Maktabda alohida fanlar o`rniga “Tabiat, mehnat, jamiyat” deb 
nomlanuvchi yo`nalishlar tuzildi. Bunday ta’lim o`quvchilarni chuqur georafik bilimlar bilan 
qurollantirishga jiddiy zarar yetkazdi. 1927 yildan boshlab geografiya fani ya’na mustaqil fan 
sifatida maktablarda o`z o`rniga tiklandi. Maktab geografiya ta’limini takomillashtirishda 1932
yil 25 avgustda BKP ning o`quv dasturlari haqidagi qarorida maktab geografiya ta’limiga 
quyidagi o`zgarishlar kiritildi: 
1. Geografiya darslarida karta asosiy bilim manbai ekanligini hisobga olib, maktab uchun 
geografik kartalar, atlaslar ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. 
2. O`z Respublikasi, oblasti geografiyasini o`rganishga e’tibor kuchaytirildi.
3. Kapitalistik mamlakatlar geografiyasini o`rganishga ruhsat berildi.
4. O`quvchilar bilimini baholashning 5 ballik tizimiga o`tildi. 
1934 yil 15 may “O`rta va boshlang`ich maktablarda geografiya fanini o`qitish 
haqida” hukumatning mahsus qarori qabul qilindi. Unga ko`ra maktab geografiya ta’limida 
quyidagi o`zgarishlar kiritildi: 
1. Oliy o`quv yurtlarida geografiya o`qituvchilari tayyorlash maqsadida alohida fakultet 
va kurslar tashkil etildi.
2. O`z vatani geografiyasini o`rganish uchun o`quv soatlari 2 marotabaga oshirildi. 
3. “Geografiya v shkole” ilmiy-metodik jurnalini nashr ettirish yuzasidan aniq tadbirlar 
belgilandi. 
4. Maktablar uchun yangi darsliklar, geografik atlas, karta va yozuvsiz kartalar ishlab 
chiqish yo`lga qo`yildi. 
5. Geografiya darslarining mazmunini to`ldirish maqsadida amaliy ishlarga yo`l berildi.
1958 yil 24 dekabrda “Maktab haqida qonun” qabul qilindi. U ko`p fanlar qatori 
geografiya faniga ham o`zining ijobiy ta’sirini ko`rsatdi. O`z o`lkasini o`rganish uchun maktab 
dasturida alohida o`quv soatlari kiritildi va oblastlar, o`lkalar, tumanlar kartalarini nashr qilishga 
ruxsat berildi. 1966 yildan mustaqillik yillarigacha sobiq sho`rolar hukumati tomonidan maktab 
geografiya o`quv dasturini mazmunan o`zgartirilgan 6 ta dasturi ishlab chiqildi va shu asosida 
maktabda V - X larda geografiya fanini o`qitish yuzasidan ishlar amalga oshirildi. 1986 yilda 
qabul qilingan geografiya dasturi quyidagi jihatlari bilan oldingi dasturlardan farq qilar edi: 
1. Dasturda tayanch geografik tushunchalar alohida ajratib ko`rsatildi.
2. Geografiyadan amaliy ishlarning ikki turi ya’ni (A) mashq uchun bajariladigan amaliy 
ishlar, (B) yakuniy amaliy ishlar.
3. O`quvchilarning amaliy ko`nikmalarini aniqlashga doir talablar o`quv dasturiga 
kiritildi. 
4. O`quvchilarning bilimiga nisbatan har bir kurs uchun alohida talablar qo`yildi.
5. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini odilona baholash maqsadida 5
ballik baholash normasi o`quv dasturiga kiritildi. 
Fotix Karimning geografiya kitobi 1909 yili Orenburgda bosilib chiqdi. Bu kitob 
Toshkentdagi «yangi usul» maktablarining birida qo’llanib kelingan. 


Bu qisqacha geografiya kitobi (risola), rus darsliklari namunasida yozilgan. Dastlab 
geografiya, karta, atlas, dengiz, okean, tog’, vodiy, daryo, ko’l va boshqalar haqida, so’ngra 
dunyoning besh qit’asi va undagi davlatlar haqida qisqacha ma’lumot beriladi. 
Fotih Qarimning qisqacha geografiya risolasi kamchiliklardan xoli bo’lmasada (masalan, 
o’lkashunoslikka e’tibor berilmagan), har holda keyingi geografiya darsliklarining takomillashuviga 
va geografiyaning yanada kengroq o’qitila boshlanishiga ta’sir ko’rsatdi. 
XX asrning 10 ynllaridan boshlab Rossiyada geografiya o’qitish ancha yaxshilandi. 
Geografiya o’qituvchilarining D. N. Anuchin rahbarligida o’tgan birinchi Butunrossiya s’ezdi (1915 
y.) Rossiya maktablarida geografiyaning rivojlanishida katta voqea bo’ldi. S’ezdda barcha sinflarda 
geografiya darslari soatlarining ko’paytirilishi lozimligi, shuningdek, geografiya o’qitishda 
ekskursiya, kuzatish va amaliy ishlarning axamiyati ta’kidlangan. Shundan keyin geografiya 
maktab ta’limidagi eng asosiy o’quv predmetlaridan, deb tan olindi va maktablarda yangi dastur 
joriy qilindi. 
M. T. YAroshevskayaning «Rasmli boshlanma geografiya» (1911 y.); E. Lesgaft, G. 
Ivanovlarning hamma sinflar uchun yozilgan geografiya kitoblari, shuningdek, A. Kruber, S. 
Grigorьev, A. Barkov va S. CHefranovning «Boshlanma geografiya» darsliklari nashr etildi. 
Mazkur darsliklarda geografiya fani erishgan yutuqlardan foydalanilgan, geografik nomlar 
birmuncha qisqartirilgan, tabiat va aholining hayotidan yorqin tasvirlar berilgan. 
Rossiyada geografiyaga bo’lgan e’tiborning ortishi Turkiston maktablarida geografiya 
o’qitish ishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. YAngi original geografiya darsliklari vujudga kela boshladi. 
Geografiya darsliklari o’qituvchilar o’rtasida muxokama kilinar va ularning mulohazalari 
asosida takomillashtirilar edi. Eng yaxshi geografiya darsliklari dastur tarzida qabul qilinib, 
ko’pchilik maktablarda o’qitila boshlandi. 
Darsliklarni nashr etishda Abdulla Avloniy rahbarligidagi «Maktab» bosmaxonasining ham 
xizmati katta bo’lgan. 
Usha davrdagi muhim risola (kitobcha) lardan «Er yuzi», «Jurrofiyai ijmoliy» (umumiy 
geografiya) va «Jug’rofiyai riyoziy» (matematik geografiya) kitoblari bo’lgan. Quyida shu 
kitobchalar haqida qisqacha ma’lumot beramiz. 
«yer yuzi». Bu geografiya qo’llanmasining ikkinchi nashri 1915 yilda bosilib chiqqan. «Yer 
yuzi»ning birinchi nashri Turkiston geografiya o’qituvchilari o’rtasida muhokamaga qo’yilgan va 
o’qituvchilariing fikr hamda mulohazalarini e’tiborga olib tuzatilgan. «Er yuzi» kitobi dastur 
sifatida qabul qilingan. 
Bu kitob xam rus geografiya kitoblari namunasida yozilgan bo’lib, u umumiy tabiiy 
geografiyani, qit’alar va eng muhim mamlakatlar geografiyasini va Rossiya haqidagi geografik 
ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. 
Umuman «yer yuzi» revolyusiyagacha maktablar uchun nashr etilgan geografiya kitoblari 
ichida eng mukammalidir. Bu kitob ayrim maktablarda, hatto 1928 yilgacha qo’llanib kelinganligi 
fikrimizning dalili bo’la oladi. 
«Jugrofiy ijmoliy» nomli kitobcha geografiya darsligi talabiga javob bera oladigan darajada 
emas edi. Bu kitob juda qisqa bo’lib, unda asosan materik, mamlakatlar va 
daryolar sanab o’tilgan, geografik tushunchalar juda kam va qisqa bayon etilgan. 
1914 yilda nashr etilgan «Jug’rofiyai riyoziy» (Muhammad Amin Karimiy risolasi) 
boshlang’ich maktablarining 4 va 5 sinf o’quvchilari uchun mo’ljallab chiqarilgan. 
Kitob 17 dars, ya’ni 17 mavzudan iborat bo’lgan. Bu risolada erning shakli, uz o’qi va 
Quyosh atrofidagi harakati, Oy va uning tabiati, Quyosh va Oy tutilishlari xaqida, yulduzlar haqida 
ilmiy ma’lumotlar berilgan. «Jug’rofiyai riyoziy» o’sha davrdagi matematik geografiyaga bo’lgan 
ehtiyojni ma’lum darajada qondirgan. Bu kitobni yozishda rus tilida nashr kilingan adabiyotlardan 
foydalanilganv shubxasiz. Usha davrda bunday darslikning vujudga kelishi, birinchidan, o’zbek 
xalqining geografik bilimlarga bo’lgan ehtiyoji kun sayin ortib borayotganligidan, ikkinchidan, 
o’zbeklardan geograf mutaxassislar etishib chiqa boshlaganligidan darak berar edi. 
O’rta osiyolik olim ma’rifatparvarlar fanning, jumladan, geografiya fanining rivojlanishiga 
munosib hissa qo’shdilar. Geografiyaga qiziqish orta bordi: o’zbek tilida globus ishlandi, o’zbekcha 


kartalar yaratildi, tabiatni o’rganish va undan oqilona foydalaiishga qaratilgan fikrlar paydo bo’ldi. 
Usha davrdagi ilg’or fikr namoyandalaridan Axmad Donish, Furqat, Hoji YUsuf Hay’atiy, Hamza 
Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniylarni faxr bilan tilga olamiz. 
Axmad Donish (Ahmad Nosir o’g’li, 1827—1897 yy.) XIX asrning ikkinchi yarmidagi 
keng bilimli ma’rifatparvarlardan biri va o’z davridagi ilg’or g’oyalarning targ’ibotchisidir. U 
ajoyib shoir, filosof, etuk astronom va geograf edi. 
Axmad Donish o’z zamonasida boshqa bilimlar qatori, geografik bilimlar ham, ommani 
nodonlikdan xalos etishda va kishilar ilmiy dunyoqarashining shakllanishi hamda yuksalishida katta 
rolь o’ynalajagini ta’kidlagan va buning uchun jon kuydirganlardan biri edi. 
Donish jaholatga tushib qolmaslik uchun dunyoviy bilimlarni egallashga quyidagicha da’vat 
qildi: 
«Biz dunyoni gullatib yashnashi uchun, dengizlar kezib o’rganish uchun, er osti boyliklarini 
izlab topish uchun, Erning hamma qit’alari va aholisini bilish uchun tug’ilganmiz» (Navodirul 
voqoe, 77 a, 82 betlar.) 
Ahmad Donish geliosentrik nazariya bilan tanish bo’lgan, evropaliklarning dunyo aylana 
sayohatlaridan, shimoliy va janubiy o’lkalarda olib borilayotgan tadqiqot ishlaridan xabardor edi. 
A. Donishning Buxorodagi suv ta’minotini yaxshilash to’g’risidagi fikrlari ayniqsa 
qimmatlidir. U o’z g’oyasini amalga oshirishni so’rab Buxoro amiriga murojaat qiladi. 
Ulkamizdagi dastlabki ma’rifatparvarlardan biri, geografik bilimlarni tarqalishiga ma’lum 
darajada hissa qo’shgan Ahmad Donishning orzuistaklari sovet davridagina amalga oshdi. Maktab 
geografiya ta’limiga munosib hissa qo’shganlardan biri o’zbek sovet adabiyotining asoschisi, mohir 
pedagog va san’atkor Hamza Hakimzoda Niyoziydir. 
H. H. Niyoziyning ijodiy merosidagi xalq maorifi va tarbiya haqidagi fikrlar muhim 
ahamiyatga ega. Asrimizning o’ninchi yillarida O’zbekiston territoriyasida maktablarning deyarli 
hammasi sinfiy xarakterda bo’lganligi uchun Hamza o’zbek bolalarining taqdiri va ularga qaysi yo’l 
bilan yordam berish haqida o’ylar edi. 
Hamzaning pedagogik faoliyati 1910 yillardan boshlanadi. U 1911 yili Qo’qonning Hojibek 
guzarida kambag’al bolalari uchun maktab ochadi. Qisqa vaqt ichida Hamza maktabining shuhrati 
ortadi. Hamza maktabining shuxrat qozonish sabablaridan, uning maktabidagi o’qishyozish, 
geografiyaning o’kitilishi, umuman, dars berishda o’qitishning yangicha usullaridan foydalanishi 
edi. Hamzaning 1914 yilda ochgan ikkinchi maktabida ham geografiya o’qitiladi. Hamzaning 
maktabi o’z oldiga qo’ygan maqsadi, mashg’ulotlarning sinf dars sistemasi asosida o’z ona tilida 
bo’lishi va unda dunyoviy fanlar (tabiiyot, geografiya, tarix)ning o’qitilishi bilan eski maktablardan 
butunlay farq qilar edi. 
1915 yilda H. H. Niyoziy Marg’ilon shahriga borib, u erda ham kambag’al bolalar maktabini 
ochishga kirishadi. Birok; bu erda maktab ochish uchun Farg’ona gubernatori ruxsat bermaydi. 
Keyinchalik esa unga geografiya, tarix va tabiiyot fanlariki o’qitmaslik sharti bilan maktab ochishga 
ruxsat bergan. Shunda Hamza: «Javob beribdilar bo’pti, tabiiyot, jugrofiya va tarixsiz maktab 
maktab bo’ladimi», degan edi. 
Bu so’zlardan maktabda geografiya o’qitilishiga juda katta e’tibor berganligi ko’rinib 
turibdi. Hamza ochgan maktablarning hammasida geografiya o’qitilgan. Bu davrda Rossiyada xam 
geografiyani o’qitish yaxshilana boshlagan edi. Bu hol O’zbekiston territoriyasidagi maktablarda 
geografiya o’qitilishiga, jumladan, Hamza maktablarida o’qitilayotgan geografiyaning mazmuniga 
ma’lum darajada ijobiy ta’sir ko’rsatgan. 
Hamza maktablarida o’qitiladigan geografiyaning mazmuni Rossiya maktablarida 
o’qitiladigan geografiya mazmuniga ancha yaqin kelardi, ya’ni dastlab tabiiy geografiyaga oid 
elementar ma’lumotlar berilib, keyin qit’alar va undagi davlatlar, so’ngra Rossiya va Turkiston 
geografiyasi o’rgatilar edi. 
Hamza geografiya darslarida o’z saexatlari (Afg’oniston, Hindiston, Arabiston va 
Turkiyada, Rossiyaning ba’zi shaharlarida bo’lgan) taassurotlaridan keng foydalangan. Uning 
o’quvchilari geografiyadan alohida daftar tutishgan. 20yillarning oxiriga kelib, o’zbek 
maktablarida dars berish uchun etarli tayyorgarlikka ega bo’lgan dastlabki geografiya 


o’qituvchilari etishib chiqa boshladi. 1926 yildan boshlab N. Ibodov (hozir iqtisod fanlari 
kandidati, dosent), G’. Nazarov, 1928 yildan boshlab I. Mirzaboev, A. Axrorov kabilar 
geografiyadan dars bera boshlaganlar. Bular o’zbek sovet maktab geografiya o’qituvchilari 
armiyasining bayroqdorlari bo’lganlar. 1.Jadidchilik harakati va geografiya ta’limi. 

Yüklə 289,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin