Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
azob) qachon bo‘ladi?»— derlar. Ular faqat birgina dahshatli qichqiriqni
kutmoqda holos. U ularni (o‘limdan mutlaqo bexabar hollarida, ko‘cha-ko‘y va
boaorlarda bir-birlari bilan) janjallashib turganlarida olib ketar (ya’ni halok
etar). Bas, ular na biron vasiyat qilishga va na uylariga qaytishga qodir
bo‘lurlar. (Qiyomat soati kelib farishta Isrofilning‘) suri chalinishi bilan
banogoh ular qabrlaridan Par-vardigorlari (huzuriga hisob-kitob uchun)
sug‘urilib chiqurlar. Ular: «Ey bizlarga o‘lim bo‘lsin! Kim bizlarni yotgan
joyimizdan (qabrlarimizdan) turg‘izdi?» deganlarida, (ularga aytilur) : «Mana
shu Rahmon va’da qilgan va payg‘ambarlar rost so‘zlagan narsa — Qiyomatdir»
(Yosin, 48-52-oyatlar).
Agar o‘liklardan barcha azoblar ko‘tarilib, faqatgina Sur chalinishi qolsa,
mana shu
daxshatning o‘ziyoq ularni tinimsiz qo‘rqitishga kifoya bo‘lardi. Surning dahshatu
vahshatga to‘la ovozi osmonlaru yerdagi barcha jonzotning yuragini yoradi. Faqat Alloh
o‘ldirishni iroda qilmagan ba’zi farishtalargina undan omon qoladilar.
Rasuli akram dedilar: «Qanday quvonay, Sur egasi shoxni og‘ziga qo‘ydi.
U boshini
egib, quloqlarini «ding» qilgan hodda chalishga qachon amr bo‘lishini kutyapti»
(Termiziy rivoyati).
Muqotil ibn Sulaymon deydi: «Sur bu shoxdir. Isrofil alayhissalom bu shoxga dam
uradi (puflaydi). Shoxning dam uriladigan og‘iz tomoni osmonlaru yerning
kengligichadir, Isrofil alayhissalom Arshga ko‘zini tikib, qachon amr bo‘lishini kutyapti.
Surga birinchi dam urilganda osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar ko‘rquvdai jon
beradilar. Magar, Alloh tirik qolishini iroda etgan farishtalar — Jabroil, Mikoil, Isrofil va
Malak ul-mavt omon qoladilar. Keyin o‘lim farishtasi - Malak ul-mavtga Jabroilning,
so‘ngra Mikoilning, so‘ng Isrofilning jonini olmoq buyuriladi. Oxirda o‘lim farishtasiga
ham o‘lmoq amr etiladi. Bas, u ham jon taslim qiladi.
Birinchi bor sur chalinganidan so‘ng xalq qirq yil barzaxda qoladi. Keyin
Alloh taolo
Isrofilni tiriltirib, surga ikkinchi bor dam urishni buyuradi».
Alloh taolo dedi:
Dostları ilə paylaş: