Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
5
Odamzod tabiati o‘ziga yoqmagan barcha narsani inkor qilishga odatlangan. Agar
inson yashin tezligida qorni bilan o‘rmalab yuradigan ilonni ko‘rmaganida edi, oyoqsiz
yurish mumkinligini inkor qilgan bo‘lardi. Aslida, oyoq bilan yurishni ko‘rmagan
odamga
bu odatiy hol, ya’ni oyoq bilan yurish ham ehtimoldan uzoq narsa.
Shunday ekan, Qiyomat kunida sodir bo‘ladigan ajib ishlarni bu dunyoda qiyosi
yo‘qligi uchun inkor etishdan saqlan! Negaki, dunyo hayotida ham ko‘zing ko‘rmagan bir
ajoyibotni senga gapirib berishsa, albatta inkor qilgan bo‘larding.
Bas, Mahshar maydonidagi holatingni qalbingda jonlantir: qip-yalang‘och, xor,
mag‘lub, o‘zni unutgan holda turibsan. Ustingdan qanday hukm o‘qilishini kutyapsan, bu
hukm seni saodatga eltadimi yo shaqovatga, bilmaysan?
Allohim! Bu hol g‘aflatidai saqla. Chunki, u ulug‘ holdir.
Dostları ilə paylaş: