Mustaqil ishlarini tashkil etish


Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix28.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#104386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
12953 1 76178EC37450E63CD431102783DE751ADF787EB2

3.Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari 
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat 
qilish» bo‘yicha yo‘riqnomada belgilangan quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish maqsadga 
muvofiqdir: 
1.Talabalar mustaqil ishlarini ikki ko‘rinishda – auditoriyada va auditoriyadan tashqarida 
tashkil etish. 
2.Talabalar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya’ni bosqichma-bosqich, oddiydan 
murakkabga qarab tashkil etilishini ta’minlash. 
3. Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi muhim jihatlarga 
e’tibor qaratish: 
- talabaning o‘qish bosqichi; 
- muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati, o‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasiga; 
- talabaning qobiliyati, nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasiga; 
- fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasiga; 
- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasiga; 
- mustaqil ish uchun topshiriqlar kursdan-kursga o‘tish bilan shakl va hajm jihatidan o‘zgarib 
borishiga; 
- mustaqil ish fan xususiyati hamda talabaning akademik o‘zlashtirish darajasiga va 
qobiliyatiga mos holda tashkil etish. 
 
4.Mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar 
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda quyidagi vazifalarni bajarishlari lozim: 

yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish; 

zarur ma’lumotlarni izlab topish uchun qulay usullarni va vositalarni aniqlash; 

axborot manbalaridan samarali foydalanish; 

an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar hamda me’yoriy hujjatlar bilan ishlash; 

elektron o‘quv va ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash; 




Internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish; 

ma’lumotlar bazasini tahlil etish; 

ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash; 

topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish; 

ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyani asoslash va mutaxassislar davrasida himoya 
qilish. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin