10
6.Talabalar mustaqil ishlarini nazorat qilish va baholash tartibi
Mustaqil ishlarning bajarilishi “Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting
tizimi Nizomi” talablari asosida nazorat qilinadi va baholanadi. Mustaqil ishlarini baholash
mezonlari talabalarga o‘quv yili boshlanishi oldidan uslubiy materiallar bilan birgalikda tarqatiladi.
Talabalar mustaqil ishlarini baholash fan bo’yicha ishlab chiqilgan quyidagi reyting baholash
tizimi orqali ifodalanadi:
a) agar mustaqil ish yozma tarzda o’tkazilsa - baholash tartibi
Baho
Baholash mezoni
a’lo
Savollarga to’g`ri va to’liq javob yozilgan bo’lsa, savollarning asl mohiyati yoritilgan
bo’lsa, misollar bilan fikrini to’ldirsa, mustaqil mushohada kiritsa, atama va
formulalardan to’g`ri foydalangan bo’lsa
Yaxshi
Savollarga to’g`ri va to’liq javob yozilgan bo’lsa, savollarning asl mohiyati yoritilgan
bo’lsa, misollar bilan fikrini to’ldirsa, mustaqil mushohada kiritsa, lekin atama va
formulalardan to’g`ri foydalanishda sodda xatoliklarga yo’l qo’ysa
Qoniqarli
Savollarga to’g`ri va to’liq javob yozilgan bo’lsa, savollarning asl mohiyati yoritishga
intilgan bo’lsa, misolar bilan fikrini to’ldirmasa, mustaqil mushohadasi bo’lmasa, atama
va formulalardan foydalanishda ko’p xatoliklarga yo’l qo’ysa
Qoniqarsiz
Savollarga noto’g`ri javob yozilgan bo’lsa, ularning mohiyatini yoritmasdan qoldirgan
bo’lsa, misollar bilan dalillamasa
Dostları ilə paylaş: