2.Talabalar referat va mustaqil ishlarining mazmuni va asosiy shakllari «Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» fani bo‘yicha talabalar referat va mustaqil ishlarini
tashkil etish ularda iqtisodiy bilim, dunyoqarash, ijtimoiy faollik va mustaqil fikrlashni
shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini o‘z ichiga oladi. U o‘quv rejasi va fanlar dasturlarida
ko‘zda tutilgan zarur bilimlar va ko‘nikmalarning talabalar tomonidan oqilona, kam vaqt va kuch
sarflab o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
«Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» fanini o‘qitish jarayonini takomillashtirish, talabaning
qiziqishlarini, anglash faolligini va mustaqil ishlarini rivojlantirish yo‘nalishida boradi, bunda ijodiy
fikrlash, mustaqil o‘qish, ko‘nikma va layoqatlari shakllanadi.
Talaba mustaqil ishi – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va
malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida
auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad – «Iqtisodiyot» kafedrasi professor-
o‘qituvchilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanni uzluksiz
o‘rganishini tashkil etish, olingan bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, kelgusidagi
darslarga tayyorgarlik ko‘rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab
topish va qabul qilishni shakllantirish hamda ushbu tariqa universitetda raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlashga erishishdan iborat.
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi
semestrdan–semestrga ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq ravishda o‘zgarib, oshib borishi lozim.
Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularning
topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondoshishga o‘rganib borishi kerak.
«Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» fani bo‘yicha talabalar mustaqil ishini tashkil etishda
talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi