4
1.Kirish
«Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» fanidan talabalar referat va mustaqil ishlarini tashkil
etish, nazorat qilish va baholash bo‘yicha tayyorlangan ushbu uslubiy ko‘rsatma bakalavriat
bosqichi barcha iqtisodiy ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalarining mazkur fandan mustaqil ishini
tashkil etish va nazorat qilishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Mustaqil ishning o‘ziga xosligi shundaki, o‘quv faoliyatining bu qismi talabalarning mustaqil
faolligi hamda tegishli professor-o‘qituvchilarning nazorati asosida tashkil etilib, o‘quv rejada
semestrlar bo‘yicha belgilangan soatlar hajmiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Mazkur uslubiy ko‘rsatmada talabalar referat va mustaqil ishlarining asosiy shakllari va
ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar,
mustaqil ishni bajarish bo‘yicha maslahatlarni tashkil etish, ularni nazorat qilish va baholash tartibi
bayon etilgan.
Dostları ilə paylaş: