Janubi-sharqiy
Osiyo
subregion
tarkibiga
Hindixitoy
yarimoroli, Malay arxipelagi orollari,
Yangi Gvineyaning g‘arbiy qismi kiradi. Uning
maydoni 4,5 mln km.kv bo‘lib, umumiy
quruqlik maydonining 3% ni egallaydi.
Aholisi soni 630 mlnga yaqin. Ya’ni bu subre
gionda jahon aholisining 8,5% dan ko‘prog‘i
istiqomat qiladi.
Geografik joylashuvi
jihatidan
Vyetnam,
Kambodja,
Laos,
Myanma, Tailand va Malayziya yarimorol,
Bruney,
Indoneziya,
Singapur, Filippin va Sharqiy
Timor esa orol davlatlar hisoblanadi. Bu yerda maydon
kattaligi,
aholi soni, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra
bir-biridan farq qiluvchi
11 ta davlat joylashgan. Ular orasida faqat Laos quruqlik
ichkarisida joylashgan davlat bo‘lganligi sababli to‘g‘ridan to‘g‘ri dengizga
chiqa olmaydi.
Mintaqa tabiiy resurslari orasida mineral
resurslar muhim iqtisodiy
ahamiyatga ega. Myanma hududidan to Indoneziyagacha cho‘zilgan qalay-
volfram belbog‘i o‘tgani sabab barcha yarimorol davlatlari hamda
Indoneziya hududidan katta miqdorda qalay rudalariga qazib olinadi. Subregion
qalayning
umumiy
zaxiralari
bo‘yicha
jahonda
birinchi
o‘rinni egallaydi. Surma zaxiralari bo‘yicha Janubi-sharqiy Osiyo qit’ada
birinchi, jahonda esa ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Bundan tashqari, ushbu
hududdan neft (Indoneziya, Malayziya, Bruney), toshko‘mir (Vyetnam,
Indoneziya), uran rudalari (Indoneziya, Filippin), oltin (Myanma,
Vyetnam, Filippin), volfram (Myanma, Tailand), boksit (Indoneziya, Filippin,
Malayziya) kabi mineral resurslar ham qazib olinadi. Indoneziya, Filippin,
Vyetnam mintaqaning aholi soni ko‘p bo‘lgan davlatlari hisoblanadi. Janubi-
sharqiy Osiyo hududida 200 dan ortiq xalqlar yashaydi.
Ular orasida
malayliklar, laolar, tayliklar, vyetnamliklar, semanglar, birmaliklar, filippinliklar,
yavaliklar, xitoylar katta salmoqa ega.
Subregionda konchilik (deyarli mintaqaning barcha davlatlarida), yoqilg‘i-
energetika
(Indoneziya,
Malayziya,
Bruney
va
b.),
rangli
metallurgiya
(Indoneziya,
Malayziya,
Tailand,
Vyetnam
va
b.), mashinasozlik (Indoneziya, Singapur, Malayziya va b.), kimyo (Indoneziya,
Malayziya, Singapur, Vyetnam va b.), yengil va oziq-ovqat (deyarli mintaqaning
barcha davlatlarida) sanoatlari tarmoqlari rivojlangan.
Dostları ilə paylaş: