JANUBIY OSIYO AHOLISINING ETNIK TARKIBI Janubiy Osiyo tabiiy-geografik va tarixiy-
etnografik jihatdan ancha murakkab va xilma xildir.
Hozirgi davrda 4,5 mln km2 hududda 860 mln.dan
ortiq aholi yashaydi. Shulardan eng ko`pi Hindistonda,
Pokistonda, Bangladeshda, Shri-Lankada va Nepalda.
Eng kam aholi Butanda va Maldiv orollarida
joylashgan. Bengal bugozidagi Andaman va Nikobar
orollari xam Janubiy osiyoga tegishli. Antropologik
jihatdan janubiy osiyoliklar asosan katta yevro
poid irqiga oid bo`lib, o`ziga hos
janubiy tarmoqni tashkil qiladi.Ular uchun qora qo`ng`iroq sochlar, qo`y ko`zlar,
qirra burun, ancha cho`ziqchoq yuzlik xarakterlidir. Bu yerda negroid va mongoloid
irqlari bilan aralash tiplarni, shimol va shimoli-sharqda mongoloid Janubiy
Hindiston va Shri Lankada veddoid, dravid va xatto avstroloid-negritos tiplarini xam
uchratish mumkin. Past bo`yli pigmey tipidagi andamanliklar jismoniy tuzilishi
bilan ajralib turadi. Umuman, hozirgi etnoslarda veddoid belgilari sezilardli darajada
mavjud. Janubiy Osiyoning lingvistik tuzilishi nihoyatda murakkab, bu yerda eng
ko`p tillar, yuzlab shevalar uchraydi. Keyingi klassifikastiyaga binoan Janubiy
osiyoda 180 dan ortiq til turkumi, faqat Hindistonning o`zida esa ba'zi ma'lumotlarga
ko`ra 1652 til va shevalar mavjud. Shulardan eng asosiy Hindariy guruhi bo`lib, ko`p
sonli etnoslardan hindistonliklar, bengalliklar, panjobliklar, bixarliklar, marotxilar,
gujarotlar, rajastxonliklar, sindxilar, shri lankali singallar, nepalliklar va hokazo.
Qolgan aholi bir necha million yoki yuz mingli dravid,tamil, mund,kam sonli
monkxmer va tibet-birma tillarida so`zlaydigan xalqlar eroniy va dard til vakillaridir.
Hozirgi davrda xinevropa tillaridan rasmiy tillar Hindiston Respublikasida xind tili,
Pokistonda urdu, Bangladeshda bengali, Nepalda nepali, Shri Lankada singali, ayrim
shtatlarda mustaqil shevalar, eroniy tillaridan pushtu, balujiy, Kashmirda ko`pchilik
axoli dard tilida so`zlashadi, ingliz tili Hindiston Respublikasining ikkinchi rasmiy
tilidir. Tarixiy-madaniy taraqqiyot nuqtai nazaridan Janubiy Osiyoda ancha
rivojlanish darajasiga ko`tarilgan millatlar bilan birga xali ibtidoiy jamoa tuzumi
darajasida turgan ayrim daydi qabilalarni ham uchratish mumkin. Uzoq o`tmishda
va ayniqsa o`rta asrlarda yuksak madaniyat yaratgan yirik etnoslar bilan yonma-yon
yashaytgan, ammo madaniy taraqqiyot yo`liga chiqa olmagan ayrim qabilaviy
guruhlar asta-sekin ko`p sonli qo`shni elatlar bilan aralashib o`z tili va madaniyatini
singdirib, yuqori pog`onadagi madaniyatni va o`z etnosini qabul qilish yo`lida
turibdi. Xozirgi Xindiston yarim oroli va Shri Lanka axolisining etnik qiyofasi asli
turli-tuman elatlar orasida bo`layotgan migratsiya, assimilyasiya va konsolidasiya,
ya'ni mayda etnoslar bilan yirik millatlar yaqinlashib aralashish jarayonida turibdi.