Kirish qismi


JAHON AHOLISI VA UNING JOYLASHUVI



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/45
tarix01.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#105408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
DUNYO MAMLAKATLARI TIPOLOGIYASI

JAHON AHOLISI VA UNING JOYLASHUVI
 
 
 
 
 
Yer kurrasida aholi juda notekis joylashgan. Butun aholining 70 % iga yaqini 
quruqlikning 7 % ida yashaydi. Butun quruqlikning (149 mln km2) 15 % ida esa 
(22,4 mln km2) aholi doimiy yashamaydi. Bunday joylarga: Grenlandiya oroli 
(orolning janubiy sohillari bundan mustasno), Kanada-Arktika arxipelagining 
shimoli, Sahroi Kabir, Rub-el-Xoli, Katta Qum va Viktoriya kabi qumli cho’l 
massivlarining ayrim qismlari, Antarktida materigi va baland tog’larning yuqori 
qismlari kiradi. Ma’lumki, kishilar avvalo hayot kechirishi uchun qulay bo’lgan 
(ayniqsa iqlimiy) va antropogen landshaftlarni bunyod etganlar. Aholi joylashishiga 
qadim zamonlardan aholining qishloq xo’jaligi bilan bandligi kuchli ta’sir 
qo’rsatgan va ko’rsatadi. Hozirda yer sharida dunyo aholisi zich tarqalgan 3 ta 
arealni ajratish mumkin: 
1.Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo. Bu yerlarda hozirgi vaqtda 
aholi zichligi 1km2 ga 200 kishidan ortadi. Ayrim joylarda esa 1km2joyga 1500-
2000 kishi va undan ham yuqori. Masalan: Bangladeshda aholi zichligi dunyo 
boyicha eng yuqori 1km2-1035kishi (2007 y). Aholi zichligiga bu erda kishilarning 
eng qadimdan yashashi, ko’p mehnat talab qiluvchi intensiv obikor 
dehqonchilikning tarixiy tarkib topganligi va aholining tabiiy ko’payishi 
hususiyatlari sabab bo’lgan. 
2. Evropa davlatlari (Shimoliy Yevropa bundan mustasno). Bu arealda 
aholining o’rtacha zichligi 1 km2 – 200-400 kishini, ayrim hududlarda 1000-1500 
kishiga etadi. Masalan: Rur havzasida. Bu arealdaaholi to’planishiga Yevropaning 
kishilik jamiyati tarixida sivilizasiya markazi bo’lganligi, sanoat taraqqiyotining 
boshlanishi, sanoat inqilobining vatani bo’lganligi va sanoatning yuksak darajada 
rivojlanganligi sabab bo’lgan. 
3. AQSH ning shimoli-sharqiy qismi. Bu areal yosh, yangi areal bo’lib, 
asosan Yangi dunyo kashf etilgandan so’ng XIX-XX asrda Yevropa aholisining 
“buyuk ko’chishi” natijasidava Afrika negrlarining keltirilishi bilan AQSH ning 
jahon xo’jaligida 2-markaz sifatida paydo bo’lishi oqibatida paydo bo’lgan. 
Bu arealda ham aholi zichligi 1km2 joyda 100 kishidan ortiq. Ko’l boyida 
esa aholi zichligi 1km2 da 1500 kishiga etadi. 
Jahonda aholi zichligi 1 km2 ga o’rtacha 49 kishi bo’lgani holatida (2007 
y) bu ko’rsatkich Monakoda 33104 kishi, Xitoy Makaosida 20346 kishi, Singapurda 
6785 kishi, Xitoy gonkongida 6308 kishi, Baxraynda 1098 kishi, Bangladeshda 1035 
kishini tashkil etadi. Aksincha, aholi zichligi eng kam bo’lgan hududlar: G’arbiy 
Sahroi Kabir, Gviana, Mongoliyada 2 kishi, Avstraliyada, Islandiyada, 
mavritaniyada, Botsvanada, Namibiyada, Kanadada, Surinamda 3 kishi (2007 y). 
Dunyo aholisining joylashishiga aholining transport va savdo yo’llariga 
yaqinroq joylashishi, ayniqsa dengiz boyida joylashishimuhim ta’sir ko’rsatadi.



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin