40
pichoqchi, qinchi, bo’yoqchi, choponfurush, telpakdo’z, konchi, kovushdo’z,
tavoqchi, qulfgar, kiyizfurush, juvozchi, sholikor-sholitegirmonida ishlovchi,
qassob, tuzchi, kallapoz-qo’y kallasi sotuvchilar, baliqchi, nonvoy, choy va
tamaki sotuvchilar, baqqollar, yog’och furushlar, ko’mirchi, shamchi, sovunchi,
sarrof, jarchi va boshqalar.
Bozorlarda bazi hunarmandlarning do’konlari ham bo’lib, mahsulotni shu
yerda ham tayyorlagan va ham sotgan. Demak, do’kon ham korxona, ham rasta
vazifasini o’tagan. Masalan: temirchi, misgar, tunkachi, sandiqchi va boshqalar.
Po’stindo’zlar, ipak mato to’quvchilar, etikchilar va boshqalar uylarida
ishlaganlar, va bozor kunlari mahsulotni bozorga olib chiqib sotganlar56. Xiva
ananaviy metall buyumlar ishlab chikarish markazi bo’lib, XIX asrning
o’rtalarida u yerda 38 misgar bo’lgan.
Shunday qilib, Xorazmning hunarmandchiligi iqtisodiy hayotda muhim
rol o’ynagan. Eng muhim badiiy buyumlar yasash ananalari Xorazm ustalaridan
meros bo’lib kelgan.
Mamlakatda
hunarmandchilikning
rivojlanishi
bevosita
iqtisodiy
taraqqiyotga, ichki va tashqi savdo aloqalarining rivojlanishiga zamin yaratgan.
Demak, serqirra hunarmandchilik tarmoqlarining mavjudligi Xivaning
azaldan moddiy va ma’naviy madaniyat markazi bo’lib kelganligini,
xivaliklarning boshqa davlatlar bilan iqtisodiy-savdo aloqalarini davom ettirib
kelganligini XVI asrda ham kuzatish mumkin, degan xulosa qilishga imkoniyat
beradi.
Xiva xonligi XVI asrda Rossiya, Hindiston, Eron, Buxoro xonligi bilan
savdo aloqalarida bo’lgan. Xivaning tashqi iqtisodiy aloqalarini Xivaga kelgan
rossiyalik va chet ellik elchilarning, hamda Rossiyaga borgan xivalik
elchilarning keltirgan ma’lumotlarini tahlil qilish asnosida yoritishga harakat
qilamiz.
Jumladan, 1585-yil 11-noyabrda xivalik elchi Xo’ja Muhammadning
Rossiya podshosi Fedor Ivanovichga keltirgan tortiqlari orasida tillo zari
Dostları ilə paylaş: