41
yuritilgan har xil ranglar bilan bo’yalgan, qimmatboho mashhad kamoni ham
57
bo’lgan . Bu esa Xivaning Eron bilan savdo qilganligining bir isboti hisobanadi
A.CHuloshnikov XVI asr o’rtalarida Moskva davlatining O’rta Osiyo
xonliklari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini yoritish jarayonida rus hukumatining
Hindistonni bilishga intilishini ham e’tibordan chetda qoldirmagan. Ko’rib
o’tilganidek, XVI asr ikkinchi yarmidan e’tiboran Rossiya Hindistonga
boradigan karvon yo’llarini qidirib O’rta Osiyo va Eronga maxsus elchiliklar
jo ’natgan edi. Bu vaqtlarda Roosiya bilan Hindiston o’rtasida bevosita iqtisodiy
munosabatlar yo’lga qo’yilmagan bo’lsa ham, hind tovarlari o’rtaosiyolik
savdogarlar orqali Rus yerlariga kirib kelgan. A.CHuloshnikov o’rta asrlarda
O’rta Osiyo bilan Rossiya o’rtasida savdo aloqalarining quyidagi usullari
mavjud bo’lganligini e’tirof qiladi. Birinchidan, shox va xonlar o’rtasidagi
savdo bo’lib, ular ishonchli vakillari-shaxslar, mehmonlar va savdogarlar orqali
amalga
oshirilgan.
Ikkinchidan,
xususiy
savdogarlarning
erkin tovar
ayirboshlashi, va nihoyat, uchinchidan, hadya tariqasida xon va elchilarning
58
nodir buyumlarni ayirboshlashi .
XVII
asrda ham Xiva xonligi bilan Rossiya o’rtasida elchilik va savdo
aloqalari davom etgan. Elchilar Xiva xoni nomidan rus podshosiga tortiqlar olib
borgan. Hadyalar tarkibida hind tovarlari ham bo’lgan. Masalan, 1641-yil
noyabrda Xiva elchisi Muhammad Amin Bahodir tomonidan 100 ta hind
viboykasi olib kelinganligi, elchining o’zida boshqa tovarlar qatorida 100 bo’lak
hind chiti, 4 idishda nil bo’yog’i bo’lganligi ma’lum59.
1646-yil 1-sentyabrda xivalik elchi Nazar Nodirqulov Astrobodda yo’lda
kelayotgan vaqtida o’g’irlangan tovarlari ro’yxatida boshqalar qatori 6 ta hind
dokasi, 5 ta hind tillo izufrey, 9 ta hind viboykasi, qo’y terisidan ishlangan 10 ta
hind bosh kiyimi bo’lgan60. 1645-yilda Xiva xoni Abulg’ozixon hind podshosiga
xat yozib, unda ilgarilari urganch xonlari hind shoxlari bilan tinchlikda
Dostları ilə paylaş: