O ’z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o LI y va o ’rta maxs us t a ’lim


 Зелькина Е. Очерки по аграрному вопросу в Средней Азии. М.: 1930. с. 20



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/47
tarix02.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105996
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
V a z I r L i g I

69 Зелькина Е. Очерки по аграрному вопросу в Средней Азии. М.: 1930. с. 20.


57
davomidagi savdo ekspeditsiyalari ma’lumotlariga ham alohida to’xtalishni 
maqsadga muvofiq deb topdik. Jumladan, 1726 yilda Xivadan Subxonqulibek 
boshliq elchilik missiyasi Peterburgga kelib Yekaterina 1 saroyida qabul 
qilingan. Elchilikning maqsadi Petr 

davrida Bekovich-CHerkasskiy 
ekspeditsiyasining halokati tufayli uzilib qolgan savdo-iqtisodiy munosabatlarni 
tiklash edi. Holbuki, Xiva tomonidan Petr 1 ga qadar Rossiya bilan aloqalar 
o’rnatish maqsadida 1585-yilda Xo’ja Muhammad boshchiligidagi, 1641-yilda 
Muhammad Amin Bahodir, 1646-yilda Nazar Nodirqulov, shu yilning o’zida 
SHohbobo rahbarligidagi bir qancha elchilik missiyalari va nihoyat Petr 1 ning 
o’zi davrida SHoxniyozxon elchiligi amalga oshirilganligi yuqorida ta’kidlab 
o’tildi.
XVIII 
asrning 20-40-yillari Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklari bilan 
aloqalarida biroz sustkashlik seziladi. Bu holat Bekovich - CHerkasskiy 
ekspeditsiyasining halokati 
tufayli 
1716- yildagi 
Rossiya 
bilan 
Xiva 
o’rtasidagi savdo iqtisodiy aloqalarining to’xtatilishi bilan bog’liq edi..
1726- yilda Peterburgga xivalik elchi Subxonkulibek keladi. U rus 
hukumati oldiga Rossiya bilan Xiva o’rtasida savdo munosabatlarini 
qaytadan yurgizish masalasini qo’yadi. 1726- yil 17- sentyabrda Oliy maxfiy 
kengash Rossiyadan Xivaga savdogarlarni jo ’natish xivaliklar uchun ham, 
Xivadagi rossiyaliklar 
uchun 
ham 
foyda 
keltiradi, axir 
savdoning 
taqiqlanishidan 
ham xazina va ham savdogarlar 
zarar ko’rmoqda, degan 
xulosaga kelgan edi.
Subxonqulibek elchilik missiyasiga javoban Rossiya Oliy maxfiy 
kengashi Xiva bilan savdo munosabatlari o’rnatish to’g’risida maxsus qaror 
chiqargan va Astraxandagi tayanch punktidan foydalanib, o’sha paytlarda 
Rossiya bilan savdo aloqalarida mashhur bo’lgan Samarqandlik Yodgor Alimov 
rahbarligida Xivaga rus savdo karvoni jo ’natiladi.
1728-yilda Xivaga jo ’natilgan ushbu karvon boshlig’i Yodgor Alimovga 
Rossiya savdo aloqalari uchun nafaqat Xiva haqida, balki Buxoro, Samarqand, 
Balx, Badaxshon, Koshg’ar, Toshkent, hatto Boburiylar Hindistonining Kobul


58
va Laxor shaharlarigacha - qanday imkoniyatlar borligini o’rganish vazifasi 
topshirildi. Ushbu savdo karvonini himoya qilish uchun Yoyiq kazaklaridan 
tuzilgan otliq askarlar ajratildi. Yuqoridagi Oliy maxfiy kengash qarorida 
Astraxanda va Rossiyaning boshqa shaharlarida Xiva va Buxorodan keltirilgan 
mollar bilan savdo qilishga ruxsat berilgan edi.
1729-yilda Yodgor Samarqandiy Rossiyaga Buxoro va Xiva xonlari 
nomidan elchilik yorliqlari bilan keladi. Xususan, unda Xiva xoni Rossiya 
savdogarlarining xavfsizligini ta’minlash majburiyatini olgan edi. Ikki yildan 
so’ng, ya’ni 1731-yilda Xiva xoni Ilbarsxon Astraxan gubernatori Izmaylovga 
maktub jo ’natib, karvonlarning xavfsizligini ta’minlash haqida majburiyat 
olgan. Xon karvonlarni Astraxandan kemalarda Mang’ishloqqacha, va u yerdan 
quruqlik yo’li bilan Xivagacha keladi. Xon Mang’ishloqda savdogarlar uchun 
tuyalar va himoya qilish uchun otliq askarlar hozirlab qo’yishni o’z zimmasiga 
olgan. Savdo karvonlari Xivadan Rossiyaga qaytishda yana Mang’ishloq orqali 
qaytishi va uning himoyasini tashkil qilishi va agarda favqulodda baxtsiz hodisa 
sodir bo’lsa, xon hamma aybni o’z zimmasiga olishi va ko’rilgan zararni to’lashi 
eslatilgan. Agarda karvon bilan baxtsiz hodisa dengizda sodir bo’lsa, u holda 
xon javob bermasligi ham ta’kidlangan. Xon savdo karvonlarining talanishini 
iloji boricha kamaytirish va avvalgi savdo ishlarini qaytadan kengaytirishga 
umid bog’laganligini bildirgan edi.
Xuddi shunday mazmundagi majburiyatlar Xiva xoni tamonidan 1734­
1736- yillarda takrorlangan edi. Va nihoyat, 1731 -yil Rossiya hukumati 
polkovnik I.I.Garber rahbarligida Xiva va Buxoroga qo’riqchilar bilan savdo 
karvoni jo ’natadi. Unga savdo yo’llari xaritasini tuzish, Xiva va Buxorodagi 
iqtisodiy ahvol haqida ma’lumotlar to’plash, Xiva va Buxoroning savdo 
aloqalari, ularga bir yilda qanday tovarlar va qancha miqdorda kerakligi haqida 
ma’lumotlar to’plash topshirilgan edi. Bundan tashqari, Garberga Hindistonga 
borish yo’lini aniqlash, oltin va qimmatbaho toshlar bor joylar haqida 
ma’lumotlar yig’ish vazifasi ham yuklangan edi. Lekin 1732-yili yuqoridagi


59
ko’rsatmalar asosida jo ’natilgan karvon yo’lda qozoq sultoni Botirxon 
tomonidan talangani sababli maqsadga erishaolmagan.
Shuni 
alohida ta’kidlamoq kerakki, 
Rossiyaga 
O’rta 
Osiyodan 
keltirilayotgan tovarlar orasida Eron tangalari ham bo’lgan. Masalan, 1749-yil 
Orenburg orqali Astraxanga 14 savdogar 17896 rub.lik 17 partiya tovarlar, shu 
jumladan, 10532 rub.lik 15 pud 10 funt og’irlikdagi kumushdan iborat bo’lgan 3 
Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin