60
Xiva xonligi tarixi va uning qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalari
to’g’risida anchagina ma’lumotlar mavjud. M a’lumotlarning
aksariyati Rossiya
tomonidan O’rta Osiyo xonliklarini, Eron va Hindistonni o’rganish maqsadida
71
jo ’natilgan elchilar va diplomatlar tomonidan yig’ilgan dalillardan iboratdir .
1734- yili Angliya bilan Rossiya o’rtasida Rossiya orqali sharq mamlakatlari
bilan tranzit savdo yo’llaridan foydalanish haqidagi bitim tuziladi.
Bitim
imzolangach, darhol, Rossiya kompaniyasining ingliz vakillari Rossiya orqali
Eronga boradigan qulay savdo yo’llarini qidira boshlaydilar va shu maqsadda
O’rta Osiyo, Ozarbayjon va Eronga bir necha xufiya ekspeditsiyalari tashkil
qildilar.
Shu maqsadda, 1739-yili «Rus kompaniyasi»ning
vakillari Djon Elton va
Mungo Gremlar Xiva va Buxoroga jo ’natilgan edi. Lekin Nodirshoxning O’rta
Osiyoga hujumi xavfi haqidagi xabarni eshitgach, ular Astraxandan to’g’ri
Eronga ketishni afzal ko’rishgan. Bu boshlangan ishni yakuniga yetkazish
maqsadida 1740- yil fevralda «Rus kompaniyasi» Xiva va Buxoroga yangi
ekspeditsiya uyushtiradi. Uning tarkibida Georg
Tompson va Regnald Xogg
kabi josuslar bor edilar. Ular Xiva va Buxoroda savdo-sotiq sharoitlarini
o’rganishlari kerak edi. Mazkur ekspeditsiya Rossiyaning janubi-sharqiy
chegaralari va Qozog’iston cho’llari orqali yo’lga tushadi. G.Tompson va
R.Xogglarning kundaliklari Eronda bo’lgan «Rus kompaniyasi» savdogari Jonas
Xonvey kitobida nashr qilingan.
Bu kitobdan, muallifning va XVIII asrning
birinchi yarmida Eronga kelgan boshqa yevropaliklarning yo’l kundaliklari o’rin
olgan. Ushbu kitobdagi ma’lumotlar XVIII asrning 30-40-yillarida O’rta Osiyo
shaharlari, Ozarbayjon va Erondagi ichki va tashqi savdoning ahvoli,
shaharlar
hunarmandchiligi to’g’risidagi xabarlardan iborat. G. Tompson va R.Xogg
1740-yili 9-sentyabrda Yoyiq shahri orqali Qozog’iston cho’llari, Orol
dengizining shimoliy-g’arbiy qirg’oqlari orqali o’tib Xivaga kirib kelishgan.
Ingliz josuslari Xivadagi ichki savdoning holatini tahlil qilib, ular faqat Buxoro
va Eron bilan savdo qiladilar, hayvon, mo’yna va terilarni qirg’iz (qozoq-A.R)
Dostları ilə paylaş: