O ’z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o LI y va o ’rta maxs us t a ’lim



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/47
tarix02.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105996
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47
V a z I r L i g I

72 O ’sha asar. S 124.


62
U yevropa tovarlarini Buxoro bozorlariga olib kelib, tavakkal qilishdan foyda 
yo’q, degan xulosaga keladi.
G.Tompson Buxoroda boj solig’i olinishiga o’z e’tiborini qaratgan. 
Buxoroda hamma keltiriladigan mollardan 1%, olib chiqiladigan mollardan esa 
10% soliq olingan. Tinchlik davrlarida boj solig’idan keladigan foyda yiliga 
1000 dukatni tashkil qilgan. Xuddi shunday, Xiva xoni xazinasiga tushadigan 
boj solig’i foydasi yiliga 100 dukatgacha yetgan. SHundan ko’rinib turibdiki, 
Xivada Buxoroga nisbatan savdo aylanishi ancha past bo’lgan.
Bu kabi xolatni biz XVI asr o’rtalarida Xiva va Buxoroga kelgan A. 
Jenkinson 
ma’lomotlarida ham 
uchratgan 
edik. 
Bir 
asr muqaddam 
Jenkinsonning bergan fikrini G.Tomson va R.Xogglar ham tasdiklab turibdi. Har 
ikkalasi Buxoro bozorlarida o’zlari olib kelgan movutga xaridor topa 
olishmagan va bu yerda Yevropa tovarlari narxi hu darajada pastki tavakkal 
qilib, xatarli yo’llar bilan tovarlarni olib kelib sotishdan foyda yo’q, degan 
xulosaga kelishgan.
Aftidan, G.Tompson va R.Xogglar ushbu ma’lumotlarning Rossiya orqali 
o’tishini hisobga olib, rus hukumatining va rus sanoat doiralarining diqqatini 
ataylab chalg’itishga uringan ko’rinadi. Mazkur ekspeditsiyadan keyin 
G.Tompson Buxoroga, R.Xogg esa Peterburga qaytib ketadi.
Xuddi shu davrda Ozarbayjon, Eron va Kaspiybuyi viloyatlarining 
o’rganilishi natijasida inglizlar bu xududda savdo qilish foydali deb bilishgan. 
Ular bu xududlardan nafaqat ingliz tovarlari uchun bozor, balki xom ashe 
manbai sifatida foydalanishni afzal ko’rishgan.
Yuqorida zikr etilgan D.Elton va M.Gremlarning ekspeditsiyasi o’z 
yo’nalishi bo’ylab vaziyatni o’rganib, ular Mashhadda savdo kontorasini ochib, 
u orqali ingliz mollarini Eron, Afg’oniston, 
Hindiston va O’rta Osiyoga 
tarqatish mumkin degan xulosaga keladilar. Buning uchun tovarlarni Londondan 
Peterburgga, so’ng Astraxan, u yerdan Kaspiy dengizi orqali Astrobod va so’ng 
Mashhadga olib kelishi kerak edi.


63
SHunday kilib, ekspeditsiyalar natijasida ingliz savdogarlari orzulariga 
erishgan. D.Elton va M.Gremlar Kaspiy dengizi bo’ylarida ingliz savdosini 
kengaytirishdan katta foyda olish mumkin deb hisoblashgan. Hatto Eron shoxi 
Nodirshoxning o’g’li Rizoqulidan «Rus kompaniyasi»ga savdo qilish uchun 
imtiyozlar berish haqida farmon ham olgan edi.
Yuqoridagi ikkita kompaniya vakillarining bergan ma’lumotlarini tahlil 
qilish natijasida ularning bir biriga qarama-qarshi xulosaga kelishgani ma’lum 
bo’ldi. D.Elton bilan M.Grem Volga-Kaspiy savdo yo’li Eronga borish uchun 
juda qulay va bexavotir, hamda bu yerda, Eron va Ozarbayjon viloyatlarida 
ingliz savdosini kengaytirish Angliya uchun katta foyda keltiradi, deb 
hisoblashgan.
SHunisi e’tiborga molikki, XVIII asrda hind savdogarlari Astraxanda ham 
savdo 
qilishgan 
ekan. 
M a’lumotlarda 
hind 
savdogarlarining 
turli 
mamlakatlardan, xususan, Xiva va Buxorodan Astraxanga tovarlar olib 
kelganligi qayd etiladi. Jumladan, 1733-1734-yillarda hind savdogarlari 
Rossiyaga, xususan, Astraxanga Bokudan 126 to’p, Gilyandan 56 to’p, 
Darbanddan 12 to’p, Xivadan 3 to’p va Buxorodan 1 to’p tovarlar; 1744-1745- 
yillarda Gilyandan 50, Bokudan 24, Darbanddan 23, SHemaxadan 1 to’p tovar 
Lar keltirgan. Lekin 1744-1745-yillarda O ’rta Osiyodan hind savdogarlarining 
mol olib kelganligi daftarlarda qayd qilinmagan ekan. XVIII asrning birinchi 
yarmida hindlarning O’rta Osiyo bilan savdo aloqalari biroz kamroq bo’lgan. 
Jumladan, 1737- yil hind savdogarlari Xivadan 1187- rub.lik, 1739-yil 1740 
rub.lik va 1742-yil 1181 rub.lik tovar keltirgan. M a’lumotlarga ko’ra, xiva va 
buxoro ip gazlamalari, paxtasi, oshlangan qo’y terisi va qo’zi terisini Eronda 
sotib olishgan. Demak Xivadan hind savdogarlarining Xiva tovarlarini kam olib 
kelishining sababi, bu tovarlarni hindlar Erondan sotib olib, so’ng Astraxanga 
keltirilganligi ekan.
Xulosa shulkim, mavjud manbalar, elchi va savdogarlarning ko’rsatmalari, 
elchilarning kundaliklarida e’lon qilingan xabarlar bizga Xiva xonligining tashqi 
iqtisodiy aloqalari to’g’risida muhim ma’lumotlarni berishi bilan hozirgi kunda


64
ham o’zining qimmatini saqlab qolmoqda. Keltirilgan dalilalarga asoslanib, 
Xiva xonligi XVI-XVIII asrlarda Buxoro, Eron, Hindiston va Rossiya davlatlari 
bilan qizg’in savdo va diplomatik munosabatlarni yo’lga qo’ygan deyish 
mumkin.


65
II-Bob bo’yicha xulos
Yuqoridagi voqea va hodisalardan shumday xulosa kelib chiqadiki, Xiva 
xonligi va Rossiya podsholigi o’rtasida XVI-XVIII asrlarda ko’p tamonlama 
aloqalar yo’lga qo’yilagan. Asosan ikki tamonga ham ko’p foyda keltiradigan 
aloqalardan biri bo’lmish iqtisodiy aloqalar keng yo’lga qo’yilgan. Savdo karvonlari 
tashkil qilinib, yo’llarda karvonlar to’htab dam oilishlari uchun karvonsaroylar ham 
tashkil qilingan. Karvonsaroylar faqat dam olish joyi emas savdo qilish maskaniga 
ham aylangan.
Shu o’rinda bir narsani alohida takidlah kerakki, Rossiya imperiyasi savdo 
qilish jarayonida Xiva xonligi to’g’risida turli xil ma’lumotlarni to’plab borgan. 
Chunki kelajakda bu yerlarni imperiya mulkiga aylantirishni ko’zlagan edi. Xiva 
xonligini bosib olishdan ikki maqsad bor edi. Birinchisi Xonliklar orqali Hindistonga 
boradigan savdo yolini qo’lga kiritish, ikkinchisi esa xonlik hududidagi oltinlarga ega 
bo’lish. Xulosa shuki, Rossiya XVI-XVIII asrlar davomida O’rta Osiyo xonliklari 
to’g’risida turli xil bahonalar bilan o’ziga kerakli bo’lgan ichki va tashqi 
ma’lumotlarni qo’lga kiritgan.


66
III BOB. Xiva xonligining Rossiya tam onidan zabt etilishi va uning
oqibatlari
3.1. XIX asr davomida Xiva-Rossiya m unosabatlarining keskinlashuvi, 
Rossiya istilochilik siyosatining kuchayishi
Xiva xonligining 
qo’shni 
sharq davlatlari bilan 
savdo aloqalarini 
o’rganish uning Rossiya bilan iqtisodiy aloqalari majmuida 
ko’rib chiqsak 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Sababi, O’rta Osiyo xonliklarining Rossiya bilan 
tashqi iqtisodiy aloqalari so’nggi 
o’rta 
asrlarda 
yildan - yilga 
tobora 
jadallashib borganligi va Rossiya tovarlari O’rta Osiyo xonliklari orqali Xitoy
Hindiston, Eron va boshqa mamlakatlarga kirib borganligi kuzatiladi.
Demak, Xiva Rossiya bilan na faqat siyosiy va iqtisodiy munosabatlar 
o’rnatgan, hattoki u Rossiyaning sharq davlatlari bilan aloqasida vositachi davlat 
ham bo’lgan. Rossiyaning Xiva va Buxoroga 
va ular orqali 
sharq 
davlatlariga 
jo ’natgan 
savdogarlari 
va 
missiyalarining 
yozma 
bildirishnomalari, hisobotlari biz uchun manba vazifasini o’taydi, chunki 
ularda Xiva xonligining siyosiy va iqtisodiy hayoti 
haqida batafsilroq 
malumotlar 
talayginadir. Masalan: N.A.Xalfin Rossiyaning O’rta Osiyo 
xonliklari bilan savdo munosabatlarida xivaliklarning muhum rol o’ynashini 
ta’kidlagan. Xivaliklar tuyalarda tovarlar bilan Buxoroga borishgan, u yerda 
buxoro tovarlari va chet el mollarini olib Orengburg, qirgiz cho’llari orqali, yoki
73
Mang’ishloq va Kaspiy dengizi orqali Astraxanga borishgan .
O’rta Osiyo bilan Hindiston va Afg’oniston o’rtasidagi iqtisodiy-savdo 
aloqalari to’g’risida XIX asrning 30-yillari boshlarida maxfiy topshiriq bilan 
Buxoroga safar qilgan ingliz agenti Aleksandr Borns ko’p xarakterli 
ma’lumotlar beradi. A.Borns Astrobod bilan Xiva savdo aloqalari yo’lning 
notinchligi va doimiy hujum xavfi tufayli unchalik taraqqiy etmaganligini bayon 
qiladi. Astrobodga bir yilda bitta yoki ikkita Xiva karvoni kelgan bo’lib, 
ularning har birida 80 yoki 100 tuya yuk keltirilgan. Borns xabariga ko’ra, Xiva

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin