69
qulay ekanligini e’tirof qila turib, yana Xivaning cho’l
zunasida joylashganligi
uchun o’zining mahsulotari bilan keng savdo qilolmaydi, deb qo’shib qo’yilgan.
Xiva Rossiyaga boradigan hamma qisqa savdo yo’llari kesishgan joyda
joylashgani uchun Osiyo tovarlari uchun ombor vazifasini o’taydigan joy bo’lib
qolgan. Sartlar Osiyoning turli joylaridan tovarlar sotib olib,
ularni Orenburg va
Astraxanga yetkazib bergan va u yerda o’z tovarlarini yupqa movut, barxat,
kumush, tillo, qand, igna, ustara, pichoq, yupqa bo’z, ko’zgu, qog’oz, mis,
qo’rg’oshin va cho’yan
idishlar, hamda boshqa Yevropa tovarlariga ayirbosh
qilgan80.
1840-yillarda Buxoroda bo’lgan Xanikov
Buxoroning Xiva bilan savdo
munosabatlari haqida ma’lumotlar qoldirgan. Amudaryodan yozda o’tish
qiyinligi sababli Buxoro Xivaga kuzning oxirlari va qishda savdo karvonlari
jo ’natgan. Xivadan Buxoroga asosan olma va oshlanmagan teri keltirilgan.
Muallifning
yozishicha, faqat shu ikki tovar bilan Buxoroda savdoni davom
ettirish qiyin, shuning uchun xivaliklar Orenburgdan cho’yan
va teri
buyumlarini ko’proq sotib olib Xivaga keltirishgan. Rus metal buyumlarining
81
bir qismi Buxoroga ham olib borilgan .
Xiva xonligi haqidagi ma’lumotlardan biri 1843- yili «Manufaktur i
torgovlya» jurnalida nashr qilingan maqola hisoblanadi.
Unda yozilishicha,
Rossiya, Eron, Qo’qon va Buxorodan metal buyumlar: qo’rg’oshin, miss, temir,
cho’yan oladi. Xiva tovarlari tuya va kemalarda suv yo’li orqali Rossiya, Eron
va Buxoroga olib borilgan.
Maqolada 1837 -1838-yillardagi tillo va
kumush tangalar kursining
muntazam o’zgarib turishi haqida ma’lumot beriladi. Xabardan Xivada
muomalada bo’lgan pullar kursi haqidagi ma’lumot ham o’rin olgan. Unda
yozilishicha Xivada tillo pul zarb qilingan. 1 tillo 26-35 tanga yoki 15 rub.ga
teng kelgan, 2 tanga (kumush pul) 1
abbosiy chaqaga teng kelgan, 1 abbosiy 1
rub.ga tenglashtirilgan. Demak, 1 tillo qiymat jihatidan 15 rub.ga mos kelsa, u
Dostları ilə paylaş: