139
idorasi sifatida, 1934-yildan esa Qoraqalpog‘iston ASSR Markaziy boshqarmasi,
1940- yili Qoraqalpog‘iston ASSR NKVD arxiv bo‘limiga aylantirildi. 1943-yildan
to 1991-yilgacha Qoraqalpog‘iston ASSR Markaziy Davlat arxivi sifatida o‘z
faoliyatini olib bordi. 1991-yili O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga
erishgach Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham O‘zbekiston tarkibida o‘zining
mustaqil tuzilmalarini tuzdi. Shu bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston ASSR Markaziy
Davlat arxivi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi deb
o‘zgartirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivida bugungi kunda
f
uqarolarni qabul qilish, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini
ta’minlash nazoratga olingan. Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha ish olib boruvchi
xodimlarning ish o‘rinlari va ichki hujjatlarini (murojaatlarni qayd etish jurnallari),
shu bilan birga ularning muomala madaniyatini har bir arxiv muassasasi rahbari
tomonidan shaxsan nazarot qilib borish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxiv ishi boshqarmasi
tarkibiga:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qani’ko‘l tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tuman davlat arxivlari
kiradi.
Dostları ilə paylaş: