132
Farg‘ona viloyati davlat arxivi. Farg‘onada arxiv ishi 1925-yilda Farg‘ona
viloyati arxiv byurosi sifatida faoliyat boshladi. Bu arxiv muassasasi 1927-yili
Farg‘ona va Andijon okruglararo arxivi sifatida faoliyat yuritgan. 1938-yili Farg‘ona
viloyati
tashkil etilgach, Farg‘ona viloyati arxiv boshqarmasi tuzildi. Farg‘ona
viloyati arxiv boshqarmasi 1940-yildan boshlab, Farg‘ona viloyati davlat arxivi deb
qayta nomlandi.
Farg‘ona viloyati tarixi jamg‘armasida Farg‘ona shahri, Namangan va Andijon
viloyatlari tarixiga oid hujjatlar mavjud. Shuningdek, Farg‘ona viloyati ishchi-sovet,
soldat va dehqonlari xo‘jaliklari jamg‘armasida
shu viloyatlardagi sovet
hukumatining o‘rnatilishi, Farg‘ona
viloyati boshqaruv tizimi,
madaniy qurilish,
ocharchilikka, ishsizlikka, xotin-qizlarni jamoat ishlariga jalb qilishga oid hujjatlar
saqlanadi. Bugungi kunda Farg‘ona viloyat davlat arxivi Farg‘ona shahar, A.Navoiy
ko’chasi 17 a-uyda faoliyat yuritadi.
Dostları ilə paylaş: