taxririyati 2004y.
6.Umurzoqov U.P. va boshq. Fermer xo’jaligi iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma. - T.: “Iqtisod-
moliya”, 2007.
-
276 b.
7.Farmonov T.H. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish istiqbollari. - T.: «Yangi asr avlodi», 2004.
- 144 s. 8.Shakirov F.K., Korolev Yu.B., Pastuxov A.K. i dr. Organizasiya
selskoxozyaystvennogo proizvodstva i menedjment: uchebnik dlya vuzov. - M.:
Kolos OOO,
2008. - 607 s.
12.1.
Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatini o’rganish usullari.
Qishloq xo’jalik korxonalarining faoliyatini o’rganishda tahlil uslubiga ko’ra, taqqoslash,
tekshirish, ma’lumotlarni ishlab chiqish stastistik guruhlash, o’rtacha va nisbiy ko’rsatkichlar,
zanjirli bog’lanish usullari, matematik usullar va hokazolardan foydalaniladi.
Qishloq xo’jalik korxonalarining faoliyatini yuqorida qayd
etilgan usullar yordamida
o’rganish xo’jalikdagi foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlashga, ularni ishlab chiqarishga
joriy etish ish faoliyati samaralorligini oshirishga imkon yaratadi. Bunda eng ko’p
qo’llaniladigan usullardan biri taqqoslashdir. Bu uslda bir necha iqtisodiy ko’rsatkichlardan
foydalaniladi. Jumladan:
- hisobot ko’rsatkichlari rejada keltirilgan ma’lumotlar bilan taqqoslanadi;
-
hisobot yilida erishilgan natijalarni ko’rsatuvchi o’tgan yillardagi bajarilish ma’lumotlari
bilan
solishtiriladi;
- ishlab chiqarish yo’nalishida bir necha yil davomida o’zgarishlar dinamikasi aniqlanadi;
-
qishloq xo’jalik bo’linmalarining ishlab chiqarish natijalari tuman, viloyat va respublika
bo’yicha erishilgan ko’rsatkichlar, hamda dehqon va fermer xo’jaliklari ish natijalari bilan
birgalikda solishtiriladi. Bu orqali ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlash va ularni joriy etish
choralarini belgilash imkoniyati ayonlashadi.
Taqqoslash usuli yordamida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida o’zaro uzviy bog’liq ko’p
ko’rsatkichlar bir-biriga solishtiriladi. Xususan, har gektar qishloq xo’jalik yeri hisobiga
qanchadan
daromad olish, mehnat unumdorligini mahsulot tannarxi, mahsulot sotishni, qishloq
xo’jaligida 513ovar mahsulotlarining o’sishi, xo’jaliklarning daromadi va ularning taqsimlanishi,
texnikadan
foydalanishi, mehnat, yem-xashak balansi, xo’jalik iqtisodiyotining rivojlanishi va
boshqa ko’rsatkichlarni taqqoslash mumkin.
Har bir taqqoslash o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lib, korxonalarning ishlab chiqarish
ko’rsatkichlarini yaxshilash yo’nalishi uchun zarur muammolarni topishga imkon beradi.
Taqqoslash usulidan foydalanishda taqqoslash uchun solishtirish mumkin bo’lgan
ko’rsatkichlardan foylananish kerak. Masalan, bir necha yil davomida
yetishtirilgan qishloq
xo’jalik mahsulotlarining umumiy xajmidagi o’zgarisho’larni belgilash uchun haqiqiy sotish
narxlarini emas, balki bir birlikka keltirilgan narxlarni taqqoslash zarur. Guruhlarga ajratligan
uslub, guruhlash ma’lumotlarini ma’lum belgilarga ko’ra guruhlarga bo’lish demakdir. U
513ovar513513513i tahlilning muhim usuli hisoblanadi. Uning yordamida xo’jalik tarmoqlari,
hosildorlik,
mahsulot hajmi, chorva mollari mahsuldorligi va boshqalar aniqlanadi.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar sifat jihatdan bir xil bo’lgan guruhlarga bo’linadi. Ko’rsatkichlar
o’rtasida bir-biriga bog’lanishlar borligini o’rganilayotgan hodisalarning eng muhimlardan biri
ekanligi aniqlanadi. Har bir omillarning ishlab chiqarish natijalariga qay darajada, qanday ta’sir
qilishi belgilanadi. Strategik guruhlash uslubi qishloq xo’jaligini rivojlantirish imkoniyatlarni
aniqlab berishning muhim vositasidir. Uning yordamida sifati bir xil bo’lgan ko’rsatkichlar bir
guruhga birlashtiriladi.
Qishloq xo’jalik korxonalarida tahlil qilish ishlarini tashkil etishning asosiy shakli iqtisodiy
tahlil bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy kengashdir. Uning asosiy vazifasi xo’jalikning
va ishlab
chiqarish bo’linmalarining ma’lum davr ichidagi ish natijalarini har tomonlama o’rganishdan
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning joriy istiqboli rejalarini ishlab chiqishda qatnashishidan,
imkoniyatlarni aniqlanishidan, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’llarini belgilashdan