12-Mavzu. Qishloq xo’jalik korxonalarining moliyaviy faoliyati tahlili Reja


savdo chiqimlari deb ham yuritiladi



Yüklə 359,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix03.05.2023
ölçüsü359,17 Kb.
#106810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Lecture - 12

savdo chiqimlari deb ham yuritiladi. 
Aniqlash usullari va qo’llash doiralariga qarab tannarxni rejali va haqiqiy turlarga tasnif 
qilish qabul qilingan. 
Rejadagi tannarx iqtisodiy hisob-kitoblar asosida, haqiqiy tannarx, buxgalteriya hisobi va 


hisobotlar natijasiga qarab aniqlanadi. Xarajatlarning tarkibiga ko’ra rejali tannarx haqiqiy 
tannarxdan quyidagicha. Ya’ni unga ishlab chiqarish bilan bog’liq Bo’lmagan xarajatlar, 
masalan, yaroqsiz mahsulotlarga ketgan xarajatlar, chorvaning yalpi o’limi tufayli kelib 
chiqadigan chiqimlar kiritilmasligi bilan farqlanadi. 
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning boshqa sohalaridan farqli ravishda taxminiy va 
kutilayotgan tannarxni farqlaydilar. Bu tannarxlar hisobot yilining boshida so’nggi 9 oylik 
xarajatlarning umumiy yig’indisi hamda so’ngi chorakda mahsulotning rejalashtirilgan 
tannarxiga qarab belgilanadi. 
Rejali va haqiqiy tannarxni aniqlashda qishloq xo’jaligi mahsulotlarining tannarxi 
shakllanadigan chiqimlar guruhi muammosi 520ova ahamiyatga ega. 
Buxgalteriya hisobotlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxini shakllantiradigan 
xarajatlar guruhlarini farqlashdan keng foydalaniladi. Ular iqtisodiy mohiyatiga ko’ra quyidagi 
elementlardan tashkil topadi: 
- materiallar uchun ketgan (moddiy) xarajatlar; 
- ish haqi chiqimlari; 
- ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratilgan xarajatlar; 

asosiy tovar amortizasiyasiga sarflanadigan xarajatlar; 
- boshqa barcha xarajatlar. 
Iqtisodiyot hisob-kitoblarida mahsulot tannarxini xaraj atlarning kalkulyasiyaviy 
(mahsulotning olish-sotish bo’yicha hisoblab chiqilgan baholari) moddalariga qarab aniqlash 
qabul qilingan. Bu usul xarajatlar guruhini turlar bo’yicha juda tugal aniqlash va yuqorida 
sanalgan elementlarning har birini tannarx miqdoriga ta’sirini belgilash, pirovardida qishloq 
xo’jaligi muassasasining moliyaviy hamda iqtisodiy holatini ravshan tasavvur qilish imkonini 
beradi. 
Qishloq xo’jaligida xarajatlarni kalkulyasiyaviy moddalar bo’yicha guruhlash sanoat 
tarmoqlaridagi shunga o’xshash guruhlashlardan sezilarli darajada farq qiladi. 
Mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish, hisob-kitob qilish, tannarxini hisoblash uchun 
uslubiy tavsiyalar Respublika Qishloq va Suv Xo’jaligi Vazirligi buyruqlari bilan belgilanadi. Bu 
tavsiyalarga ko’ra mamlakatimiz qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida xarajatlarning quyidagi 
ko’rinishlari mavjud: 

ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratilgan xarajatlar bilan birgalikda mehnatga haq to’lash 
uchun ketgan xarajatlar; 

urug’lar va o’tqaziladigan ko’chatlar uchun sarflanadigan xarajatlar; 

mineral o’g’itlar xarajati; 

o’simliklar va chorvani himoya qilish bo’yicha xarajatlar; 

ozuqa xarajatlari; 

xomashyoni qayta ishlash xarajatlari; 

asosiy vositalarni ekspluatasiyasiga sarflanadigan xarajatlar. 
Jumladan : 
a) 
neft mahsulotlari; 
b) 
asosiy vositalar ammortizasiyasi; 
v) asosiy vositalarni ta’mirlash uchun ketadigan chiqimlar. 

turli ishlar va xizmat ko’rsatish xarajatlari; 

ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqaruv sarflari; 

qarzlar bo’yicha to’lovlar; 

chorva mollari o’lati chiqimlari; 

boshqa barcha xarajatlar. 
Ishlab chiqarish xarajatlari o’zining roli va mahsulot tannarxiga qo’shilish usuli jihatdan 
bevosita va bilvosita qilingan xarajatlarga bo’linadi. 
Bevosita (asosiy) xarajatlar ma’lum mahsulotni yetishtirishga sarflangan xarajatlar bo’lib, 
ular mahsulotning tannarxiga bevosita qo’shilishi mumkin. 
Dehqonchilikning bevosita xarajatlariga quyidagilar kiradi: dehqonchilik tarmoqlarida 


bevosita band bo’lgan ishlovchilar mehnatiga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar; 
urug’lik va ko’chatlar, yonilg’i va moylash materiallari, zaharli moddalarning qiymati; traktorlar 
va qishloq xo’jalik mashinalarining amortizasiyasi; ishlab chiqarish binolari, mashinalar va 
inventarlarni joriy ta’mirlash, avtotransport, elektrostansiya va hokazolar tomonidan ko’rsatilgan 
xizmat va bajarilgan ishning qiymati. 
Chorvachilikning bevosita xarajatlariga quyidagilar kiradi: chorva mollariga qarashda 
bevosita band bo’lgan ishlovchilar mehnatiga haq tarzida to’lanadigan xarajatlar, chorvachilik 
binolari, mashinalar, inventarlar va asbob-uskunalarning qiymati, yordamchi ishlab chiqarish 
xizmatining qiymati va hokazolar. 
Ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar 
bilvosita xarajatlardir. Bu xarajatlar yetishtirilgan u yoki bu mahsulot tannarxiga bevosita 
kiritilishi mumkin emas. Bilvosita xarajatlar umumxo’jalik va umumishlab chiqarish 
xarajatlariga bo’linadi. 
Umumxo’jalik xarajatlari umuman xo’jalikni boshqarish va unga xizmat ko’rsatish bilan 
bog’liq bo’lib, unga quyidagilar kiradi: xo’jalik raislari, ombor mudirlari, qorovullarga 
to’lanadigan haq, yengil transportni saqlash va xizmat safarlariga qilingan xarajatlar, idora, 
pochta, telegrafga va boshqa sarflar. Imoratlar va inshootlar (yo’llar, ko’priklar), umumxo’jalik 
inventarlari va asbob uskunalarining ammortizasiyasi, ularni joriy ta’mirlash va saqlashga 
sarflangan xarajatlar ham umum xo’jalik xarajatlari jumlasiga kiradi. 
Ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlari, masalan, dehqonchilik, chorvachilik, qurilish va 
hokazolarni boshqarish hamda ularga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar 
umumishlabchiqarish xarajatlaridir. Umumishlab-chiqarish xarajatlariga quyidagilar kiradi: 
bo’lim boshliqlari, yoqilg’I quyuvchilar mehnatiga xaq to’lash uchun ketgan xarajatlar; mehnatni 
muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga qilingan xarajatlar; dala shiyponlariga, ishlovchilarni 
tashishga va hokazolarga sarflangan xarajatlar. 
Mahsulot tannarxini, shuningdek ko’rsatilgan xizmat va bajarilgan ish haqini hisoblab 
chiqish kalkulyasiya deb ataladi. 
Xo’jaliklarda tannarxni rejadagi va amaldagi kalkulyasiyasi olib boriladi. Amaldagi 
kalkulyasiyani ishlab chiqarishning butun sikli tugagandan keyin buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlari bo’yicha qilingan amaldagi xarajatlar asosida tuzib chiqiladi. 
Amaldagi va rejadagi kalkulyasiyalar natijalarini tahlil qilish va taqqoslab ko’rish, 
yetishmovchiliklarni aniqlash hamda kelgusi hisobot davri uchun tannarxni kamaytirish 
yuzasidan tadbirlar belgilash imkoniyatini beradi. 

Yüklə 359,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin