Xo’jalikrentabelligining tahlili. Rentabellik nisbiy ko’rsatkich bo’lib, biznesning
daromadlilik daraj asini bildiradi. Bu ko’rsatkichni korxona faoliyatini baholash va
investisiyaviy siyosatni yuritish, hamda baho belgilashda asosiy mezon sifatida ishlatishadi.
Xo’jalikni rentabelligini aniqlash yalpi mahsulot, yalpi va sof daromad kabi omillar bilan
bog’liq. Yalpi mahsulot-bu xo’jalikda yetishtirilgan barcha mahsulotning yig’indisi. Agar yalpi
mahsulotdan sarflangan ishlab chiqarish mablag’lari (material-pul xarajatlari) chiqarib tashlansa,
u holda yalpi daromad hosil bo’ladi. Yalpi daromad o’z navbatida sof daromad va mehnat haqiga
bo’linadi. Binobarin, yalpi daromadning mehnat haqi fondi chiqa-rilib yuborilgandan keyin
qolgan qismi sof daromad hisoblanadi. Sof daromad mahsulotni realizasiya qilishdan kelgan
summadan uni yetishtirishga sarflangan xarajatlar chiqarib yuborilgandan keyin qolgan qismiga
tengdir.
Xo’jalikning rentabelligi, dastavval, mahsulotni realizasiya qilishdan olingan sof daromad
(foyda) bilan xarakterlanadi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining bahosi barqaror darajada bo’lsa,
tannarx kamayadi, mahsulot yetishtirish va realizasiya qilish hajmi ko’payadi, uning sifati
yaxshilanadi. Bularning hammasi rentabellikni oshirishga imkon beradi.
Alohida olingan mahsulotning, tarmoqning yoki butun bir korxonaning iqtisodiy
samaradorligini, olingan foyda orqali aniqlash to’liq natij a bermaydi. Buning uchun olingan
foydani hosil qilish maqsadida uning qiymatini sarflangan xarajat bilan taqqoslash kerak. Bunda
rentabellik darajasi I ko’rsatkichidan foydalaniladi. U foydani material va mehnat xarajatlari
(mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq) qiymatlari nisbatining foizdagi darajasini
ko’rsatadi.
Rentabellik darajasining har bir foizi sarflangan bir so’mlik ishlab chiqarish xarajati hisobiga
olingan foydani bildiradi, ya’ni agarda donchilik xo’jaligining rentabellik darajasi 73 foizni
tashkil
qilsa, bu har bir so’mlik moddiy va mehnat xarajati hisobiga, ularni qoplagandan so’ng 73 so’m
foyda ko’rganini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: