- iqtisodiy daromad - bu korxonaning umumiy daromadi bilan barcha ochiq va yashirin xarajatlari o’rtasidagi farq bo’lib, to’la iqtisodiy xarakterga ega. Bunda daromod miqdori shartli bo’lib, korxona biror ishlab chiqarishni tashkil etish haqida qaror qabul qilganda qo’llaniladi. Ushbu holatlarda iqtisodiy daromadlar boshqa bir o’xshash ishlab chiqarish ko’rsatkichlari va me’yoriy daromad darajasi bilan qiyoslanadi; -
me’yoriy daromad. Korxona egasining ishlari uchun sarflangan yashirin xarajatlarga teng
bo’lgan foydadir. Xarajatlarning ochiq va yashirin turlarga bo’linishi ularni tasnif qilishga imkon
beradigan usullardan biridir.
Ishlab chiqarish omillari ma’lum bir o’ziga xosliklarga ega Bo’lib, ma’lum bir qonuniyatlarga bo’ysunadi. Shuning uchun ma’lum bir chegaralargacha bir-birining o’rnini almashtirish mumkin. Masalan, mashina inson mehnati o’rnini bosadi yoki ba’zi paytlarda inson mashina qiladigan ishni bajaradi. Omillarning bunday almashinuvlari, shuningdek bir- birining vazifasini bajara olishi omil harakatchanligi deyiladi. Omil qancha harakatchan bo’lsa, korxona uchun shunchalik foydalidir. Ishlab chiqarish amaliyotida mutloq va kam harakatchan omillar mavjud. Kam harakatchan omillarga vazifasini o’zgartirish mumkin bo’lmagan yoki o’zgartirish juda zararli bo’ladigan omillar kiradi. Agar bunday omil inson bo’lsa, uni monopol element deyiladi. Masalan, kamyob kasb egasi odatdagi xarajatlar, ya’ni ish haqidan tashqari qo’shimcha haq talab qilishi mumkin. Ishlab chiqarish usullariga tannarx elementlari deb yuritiladigan chiqimlar tasnifi
ko’rsatkichlari ham ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Asl ma’noda faqat doimiy (barqaror) yoki
o’zgaruvchan chiqimlar bo’lmasada, iqtisodiyotda “shartli” so’zi qo’llanilmagani uchun ulardan
foydalaniladi. Shuning uchun xarajatlar, odatda, quyidagicha tasnif qilinadi: