12
guruhlarning fikrlarini maqsadli yo„naltirib boradi va oxirida o„z munosabatini bildiradi.
Vebinar metodi
Bu zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalari (kompyuter, monitor, multimedia va shu
kabi vositalar) yordamida turli joylardagi ishtirokchilar bilan masofadan turib o‟tkaziladigan
interfaol mashg‟ulot turi.
“Baliq skeleti” metodi
Bu organayzer tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash ko„nikmalarini rivojlantiradi. Balik skeletining bosh
qismiga – mavzu, yuqori qismiga –muammolar, pastki qismiga – tasdiqlovchi dalillar yoziladi.
Ushbu zamonaviy axborot va ta‟lim texnologiyalari jahonning yetakchi universitetlari o‟zlarining
o‟quv jarayonlariga keng ko‟lamda joriy qilganlar. AQSh, Kanada, Rossiya,
Yevropa va Osiyo
mamlakatlari ta‟lim muassasalarida, xususan Massachusets
texnologiya instituti, Singapur Milliy
universiteti kabi nufuzli xalqaro oliy ta‟lim muassasalarida samarali foydalanilib kelinmoqda.
O‟qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular
ixtiyorida, chunki har ikkala tamonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan,
bunda
talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: