Mehmonxona web-sayti


I. TALABALAR MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISH VA NAZORAT



Yüklə 428,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix04.05.2023
ölçüsü428,83 Kb.
#107532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
I. TALABALAR MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISH VA NAZORAT 
KILISH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA 
 
(Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 14 avgust 286-sonli buyrug‘ining
1-ilovasi bilan tasdiqlangan) 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir 
qatorda tanlagan sohasi bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, o‘z bilimi va 
malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda 
muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri aniqlab, taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan 
mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. 
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan 
hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga 
etkazish qiyin. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug’ullansa va o‘z ustida 
tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy 
bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil 
faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo 
bo‘ladi. 
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil 
qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars 
mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga 
o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma 
berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Talaba mustaqil ishi (TMI) - muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan 
bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi 
maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida 
o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir. 
O‘qishning boshlang‘ich bosqichlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar 
bilan bog‘liq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalarining ta’limning navbatdagi turi - oliy 
ta’lim talablarga ko‘nikishi qiyin kechadi. Chunki ular ta’lim olish jarayonida o‘z 
mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli bilishmaydi. Ma’lumotlarni qaysi 
manbadan, qanday qilib topish, ularni taxlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga 
solish, konspektlashtirish, o‘z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o‘z vaqtlarini to‘g‘ri 
taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash ular uchun 
katta muammo bo‘ladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruhan tayyor 
bo‘lishmaydi. 
Shuning uchun har bir professor-o‘qituvchi dastlab talabada o‘z qobiliyati va 
aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich 



mustaqil bilim olishni to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgatib borishi lozim bo‘ladi. Talabalar 
tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtiriladigan bilim va ko‘nikmalarning kursdan-
kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning 
tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil ta’limga ko‘nika 
boshlagan talaba faqat o‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina 
qolmay, o‘zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‘zi zarur deb hisoblagan 
qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga o‘rganib boradi. 

Yüklə 428,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin