9
topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish,
ayrim muammoli
momentlarni birgalikda hal qilish va x.k.);
hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;
nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar, laboratoriya
mashgulotlari, konsul’tatsiya uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt;
ma’ruza
yoki referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi
daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar,
savollar, maqola,
ko‘rgazmali jixozlar va ijodiy ishlar; savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va
mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish va x.k.).
Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:
auditoriyada amalga oshiriladigan TMIlari. O’tilgan mavzuni qayta ishlash,
kengaytirish va mustaxkamlashga oid topshiriqlar bajariladi;
auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan TMIlari. O’quv dasturidagi ayrim
mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va
laborotoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot
harakteridagi ishlar va h.k.
Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘zlashtirib
borish
darajasi, amaliy mashgulotlarga (amaliyot, laboratoriya, seminar darslari)
tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida,
odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suxbat, munozara, amaliy topshiriqlarni
bajartirib ko‘rish va h.k. usullarda asosan amaliyot darslarida nazorat (joriy nazorat)
qilinadi.
Joriy nazoratda talabaning dars paytida o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirish va
uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o‘zlashtirish
darajasi e’tiborga olinadi.
Ikkinchi tur ishlar fanning ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida
o‘zlashtirilishi belgilangan mavzu bo‘yicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil
ravishda izlab topish, taxlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida
rasmiylashtirish) va o‘zlashtirish, ijodiy yondashishni
talab qiladigan amaliy
topshiriqlarni bajarish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish
jarayoni va o‘zlashtirish sifatining nazorati daredan tashqari paytlarda, maxsus
belgalangan konsultatsiya soatlarida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: