10
Mustaqil ishlarni baholash tartibi
Talabalarning reyting asosida baholash tizimida mustaqil ishning bajarilishi
yakuniy sinov sifatida xizmat qiladi. Albatta, mustaqil ishning talabalar tomonidan
bajarilish muddati, yozma yoki ilmiy loyiha ishlariga qo’yilgan talabga qay darajada
javob
berilishi, tavsiya etilgan adabiyotlardan qanday foydalanganligi baholash
me’zonida nazarda tutiladi. Mustaqil ishning bajarilishini nazorat qilish oraliq
nazoratlarda olib boriladi. Mustaqil ishlarning baholash me’zoni quyidagicha tashkil
etish mumkin:
Barcha ta’lim yo’nalishidagi talabalar uchun - oraliq nazoratga ishchi dastur
bo’yicha maksimal 25(15/10) ball belgilangan bo’lib, mavzular bo’yicha
multimedialar tayyorlashi, taqdimotlar, ko’rgazmali qurollar va testlar tayyorlashdagi
faoliyati va mavzularni o’zlashtirishini o’z ichiga oladi, shundan, mustaqil ta’lim
soatlarida
bajargan ishlari, qilgan taqdimoti hamda web dasturlashga kirish bo’yicha
berilgan mustaqil ta'limni bajarishi uchun maksimal 10(8/2) ball, oraliq nazorat uchun
jami 25 ball belgilangan.
Talabalar tomonidan yuqori saviyada va mukammal yozgan mustaqil ishi bilan
kafedra tavsiyasiga binoan fakultet yoki institut darajasida o’tkaziladigan
talabalarning ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishi mumkin.
11
II. MUSTAQIL ISH TUZILMASI
2.1. Mustaqil ish kuyidagi qismlardan tashkil topishi lozim:
• titul varag‘i;
• mundarija;
• kirish;
• mavzuni yoritilish qismi (3-4 qismdan iborat bo‘lishi mumkin);
• xulosa;
• foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
• ilova (agar lozim bo‘lsa).
2.2. Titul varaqa mustaqil ishning birinchi beti hisoblanib, qat’iy ravishda
tasdiqlangan qoida bo‘yicha to‘ldiriladi (titul varag‘ining namunasi 1 ilovada
keltirilgan); titul varag‘idan so‘ng mundarija joylashtiriladi.
2.3. Mundarija - mustaqil ishning qism, bo‘lim va paragraflarining ro‘yxati.
Mustaqil ishning bo‘lim va paragraflarining nomlarini
qisqartirilgan holda yoki
tasdiqlangan qoidadan boshqa ko‘rinishda berish mumkin emas.
2.4. Kirish qismida quyidagilar o‘z aksini topishi lozim:
• o‘rganilayotgan mavzuning ahamiyati;
• mavzuning dolzarbligi (agar yangi texnologiyalarga tegishli bo‘lsa);
• mavzuni o‘rganishdan maksad;
2.5. Bo‘limda quyidagilar o‘z aksini topishi lozim:
• o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni, uning telekommunikatsiya
tarmoqlaridagi
o‘rni, vazifasi, qo‘llanish usullari, tuzilish tarkibi va xokazolar;
• ushbu soha muammolarining tahlili va rivojlantirish istiqbollari;
• telekommunikatsiya sohasiga nisbatan masallaning umumiy qo‘yilishi va echimga
talablar;
•
mavjud echimlar sharhi, ularning ustunliklari va kamchiliklari, qo‘yilgan talablarga
mosligi;
• masalani ko‘yish va sohani talablarini hamda mavjud
echimlarni kamchiliklarini
hisobga olgan holda mazkur ishga talablarni aniqlash;
2.6.
Mustakil ishda bajarilgan ishlarning xulosasi «Xulosa» degan bo‘limda
keltiriladi. Har bir xulosa asoslangan bo‘lib, qo‘yilgan masalani bajarilganlik darajasi
hamda kelgusida rivojlantirish istiqbollari ko‘rsatib o‘tilishi lozim. Faqatgina jiddiy