А - Ст.0, Ст.1, Ст.2, Ст.3, Ст.4, Ст.5, Ст.6;
Б - Б Ст.0, Б Ст.1, Б Ст.2, Б Ст.3, Б Ст.4, Б Ст.5, Б Ст.6;
В - В Ст.2, В Ст.3, В Ст.4, В Ст.5.
Barcha guruhlarga mansub 1, 2, 3 va 4 raqamli pо‟latlar qaynaydigan, oraliq va turg‟un,
5 va 6 raqamli pо‟latlar esa oraliq va turg‟un qilib tayyorlanadi. Pо‟latlarning markasidagi
“Ст.” belgisi shu qotishmaning pо‟lat (stal) ekanligini, raqamlar esa (0...6) - pо‟latning tarkibi
va mexanik xossalariga bog‟liq shartli raqamlardir. Pо‟latning qaytarilganlik darajasini
kо‟rsatish uchun markaning oxirida кп - qaynaydigan, пс - oraliq va sp- turg‟un belgilari
qо‟yiladi; masalan, Ст.3пс, Б Ст. 3сп, Ст. 3кп va h.k.
Oraliq pо‟latlarning tarkibida oshirilgan yoki kо‟paytirilgan marganes miqdori mavjud
bо‟lsa, tegishli pо‟lat markasidan keyin Г harfi qо‟shiladi, masalan, Ст. 3 Гпс, Б Ст.3 Г пс, В Ст. 5 Г пс.
Marten va elektr pechlarida suyuqlantirib olinadigan qaynaydigan, oraliq va turg‟un
sifatli pо‟latlar 10...20; 25...85 kabi markalanadi. Raqamlar yuzga bо‟linib pо‟lat tarkibidagi
uglerod miqdori topiladi (0,1...0,2; 0,25...0,85 %).
Kam uglerodli sifatli pо‟latlar (0,5...25 % С) ga termik ishlov berilmaydi, balki ular
sementitlanadi. Ular yaxshi payvandlanadi va shtamplanadi. О‟rtacha uglerodli pо‟latlar termik
ishlov berilgan holatda ishlatiladi. 10...50 markali pо‟latlar sovuq holatda chо‟zilgan chiviqlar
va aniq о‟lchamli simlar tarzida ishlatiladi.
Uglerodli asbobsozlik pо‟latlari У7, У8, У8Г, У9, У10, У11, У12,У13, У7А, У8ГА, У10А, У9А, У11А, У12А, У13А kabi markalanadi.
Bunday markalar tarkibidagi У harfi pо‟latning uglerodli ekanligini, raqamlar esa
o‟nning bir ulushidagi uglerod miqdorini (foiz hisobida), Г - pо‟lat tarkibida marganes
miqdorining kо‟pligini, A - harfi pо‟latning yuqori sifatli ekanligini ifodalaydi.
Uglerodli asbobsozlik pо‟latlardan ba„zilarining ishlatilishi 2-jadvalda keltirilgan.
2- jadval