Pо‟lat markasi Ishlatilishi У7, У7A Turtki va zarblar ta‟sirida ishlovchi, qattiqligi o‟rtacha, qovushoqligi yuqori
bo‟lishi talab etiladigan asboblar va buyumlar (zubilolar, temirchilik bolg‟alari,
shtamplar, tamg‟alar, masshtabli chizg‟ichlar, yog‟ochga ishlov beradigan
asboblar, tokarlik stanoklarining markazlari, . . .) tayyorlashda ishlatiladi.
У8, У8A, У8Г Qattiqligi yuqori, qovushoqligi yetarli darajada bolishi talab etiladigan asbob va
buyumlar (zubilolar, karnerlar, matritsalar, puansonlar, metall qirqadigan
qaychilar, otveyortkalar, duradgorlik asboblari), o‟rtacha qattiqlikdagi burg‟ular
tayyorlashda ishlatiladi.
У9, У9A Bir oz qovushoq va yuqori darajada qattiq bolishi talab qilinadigan asboblar
(karnerlar, shtempellar, tog‟ jinslariga ishlatiladigan zubilolar, duradgorlik
asboblari) tayyorlashda ishlatiladi.
У10, У10AKuchli turtki va zarblar ostida ishlaydigan, bir oz qovushoq va yuqori darajada
qattiq bo‟lishi talab etiladigan asboblar (randalash keskichlari, frezalar,
metchiklar, razveyortkalar, plashkalar, tog‟ jinslari olishda ishlatiladigan
burg‟ular, metall qirqadigan arralar, egovlar tayyorlashda ishlatiladigan
zubilolar, dumalatish halqalari, kalibrlar, egovlar, taroqsimon asboblar)
tayyorlashda ishlatiladi.
У11, У11A, У12, У12A Qattiqligi yuqori bo‟lishi talab etiladigan asboblar (egovlar, frezalar, parmalar,
ustaralar, plashkalar, soatsozlik asboblari, xirurgiya asboblari, metall
qirqadigan arralar, metchiklar) tayyorlashda ishlatiladi.
У13, У13A Nihoyatda qattiq bo‟lishi talab qilinadigan asboblar (ustaralar, shaberlar,
cho‟zish asboblari, parmalar, egovlar tayyorlashda ishlatiladigan zubilolar)
uchun ishlatiladi.