Suyuqlikning tо‘lqinli harakatida bir vaqtda tо‘lqin sathning vaziyati va qiyaligi о‘zgarishi
bilan
kinetik va potensial energiyasi о‘zgaradi, suv ostida bosim ham о‘zgaradi. Tо‘lqin harakatining bronta
tavsifli alomati yoki ularning uyg‘unlashgani
asosida foydalanib, tо‘lqinlarning kinetik va potensial
energiyani yutuvchi va о‘zgatiruvchi, juda kо‘p turli xil qurilmalar yaratilgan. Bunday bir nechta
о‘zgartirgichlarni birlashtirilgan umumiy majmuasi tо‘lqin elektr stansiyani tashkil etadi. Kо‘proq
kichik
quvvatli
(1 MVt), о‘lchamlar 50 m-ga yaqin tо‘lqin о‘qi bо‘ylab modullar foydalaniladi.
Tо‘lqin profillini taqrorlovchi qurilma.
Stefan Solter “Edinburg о‘rdak” nomli qurilmani ishlab chiqdi (18.1-rasm).
18.1-Rasm Solter о‘rdakning ishlash pritsipi
Uning tuzilishi maksimal quvvatini о‘zlashtirishni ta’minlaydi. Chap tomondan keladigan
tо‘lqinlar о‘rdakni tebranma harakatga keltiradi. О‘rdakning о‘ng tomondagi silindrik shakli о‘q
atrofida
aylanganda tо‘lqinlarning о‘ng tomonga о‘tishga yо‘l qо‘yimadi, ya’ni tinchlatadi. Tebranuvchi
tizimning о‘qidan quvvat olinib, qaytgan energiyaning minimumi ta’minlanadi. Tо‘lqin
energiyaning
faqat oz qismini (5%) qaytarib va о‘tkazib, Solter о‘rdak, qо‘zg‘atiladigan tebranishlar chastotalarning
keng diapazonida, yuqori о‘zgartirish samaradorligiga ega (FIKti 55-dan to 85%-gacha).
О‘rdakning real о‘lchamlar (
d-diametr,
l-uzunligi) tо‘lqinning tavsifli uzunligi
λ bilan aniqlanadi:
d≈l≈0,1
λ. Atlantik tо‘lqinlar uchun
λ≈100 m, shuning uchun
d≈l≈10 m. Umumiy о‘q bilan
birlashtirilgan, bir necha kilometr uzunligida qator о‘rdaklar tо‘lqinlar eng intensiv bо‘lgan
mintaqalarga о‘rnatiladi. Bunday о‘rdaklar qatori 20 m-dan kо‘p chuqurlikda mahkamlangan
langarlarga bog‘langan pontonlar yordamida ushlab turiladi. Tо‘lqinlar ta’sirida о‘rdaklar markaziy
о‘qlar atrofida tebranma harakat qiladi. Mexanik, gidravlik va elektr qurilmalar orqali nisbiy tebranma
harakatlar elektr energiyaga о‘zgartiriladi.
Solter qurilmaning asosiy kamchiliklar quyidagilardan iborat:
- tо‘lqinlarning (balandligi, chastotasi va yо‘nalishi) doim о‘zgaradigan parametrlarga о‘rdaklarning
harakatini moslashtrish;
- katta uzun qurilmadan elektr energiyani olish va uni dengizning ochiq sharoitida iste’molchiga
uzatish;
- elektr generator qurilmaga dengiz shо‘r suvning ta’siri;
- ekstremal va shtorm sharoitlarda qurilmaning turg‘unligini ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: