88
elastikligining yuqoriligi, notekis yo‘ldan yurilganda shovqin chiqarishi
kabi kamchiliklarga ega.
Radial (RS) turidagi shinaning tuzilishi xuddi R turidagiga
o‘xshash bo‘lib, faqat protektorining yechilish usuli bilan ajralib turadi.
RS turidagi radial shinalar protektor halqalarining
almashishi hisobiga
ko‘p vaqtga chidaydi (150000 km gacha), lekin massasi kattaligi va
halqalarning chiqib ketish xavfi borligi kabi kamchiliklarga ega.
Transport vositalarida sovuqqa chidamli shinalar ham ishlatilib, ular
minus 45°S dan ham past haroratda ish qobiliyatini yo‘qotmaydi,
yetarlicha mustahkam va elastik bo‘ladi. Shuning uchun g‘ildirakni
kuzov bilan bog‘laydigan kuchlarni qabul etuvchi yo‘naltiruvchi
richaglar zarur. Yo‘l notekisliklaridan, ta’sir etayotgan turtkilardan
hosil
bo‘layotgan tebranishlarni so‘ndirish ham kerak.
57-rasm. Shinalar protektorlarining ko‘rinishi.
«Tiko» avtomobilining g‘ildiragi shtampalanib tayyorlangan disk
va to‘g‘indan iborat, qismlarga ajralmaydigan turiga mansub. O‘lcham-
lari 4.00Vx 12. Shinasi radial turiga kirib, kamerasiz, o‘lchamlari
135R12S yoki 70R12S. Shinadagi bosim birinchisi uchun 0,18 MPa,
ikkinchisiniki 0,19 MPa.
Salonda 3 kishi bo‘lganda,
shina bosimi, MPa
Salonda 5 kishi bo‘lganda,
shina bosimi, MPa
Shina rusumi
Old g‘ildirak
Orqa
g‘ildirak
Old g‘ildirak
Orqa
g‘ildirak
155SR13
0,18 0,16 0,19 0,24
175\70R13
0,18 0,16 0,19 0,24
185\60R14N
0,21 0,19 0,22 0,24
89
«Neksiya» avtomobilining g‘ildiragi qismlarga ajralmaydigan,
po‘latdan yasalgan 5,5 Jx13 yoki aluminiy qotishmasidan 5,5 Jx14
rusumlidir. Shinaning uch turdagisi ishlatiladi: 155SR13, 175\70R13,
185\60R14N. Uchala turdagi shina ham radialdir va kamerasiz. Shinaga
to‘g‘ri
kelgan yuklamaga qarab, uning bosimi har xil bo‘ladi.
«Damas» avtomobilining g‘ildiragi 4.00x12 rusumli bo‘lib,
konstruksiyasi «Tiko» avtomobilining o‘zginasidir. Bu g‘ildirakka
155R12S-6PR rusumli shina kiygaziladi. Shina radial turidagi bo‘lib,
kamerasizdir.
Dostları ilə paylaş: