93
richaglariga avtomobilning ko‘ndalang turgunligini ta’minlash stabili-
zatori mahkamlangan.
Orqa g‘ildirak osmalari ham mustaqil emas, ressorali bo‘lib,
so‘ndiruvchi qismi ikki tomonlama ishlaydigan teleskopik amortiza-
torlardir. Yuk avtomobilyining orqa g‘ildiraklariga to‘g‘ri kelgan
yuklamaning o‘zgarishini hisobga olib asosiy ressoraga qo‘shimcha
ressora biriktirilgan.
Osmada elastik qismning
mavjudligi, kuzovni tik yo‘nalishda
tebratadi. Tebranishning me’yoriy chegarasidan katta chastota va
amplitudasi yuk va yo‘lovchiga salbiy ta’sir etadi. Demak, kuzov
tebranishini me’yorlash muammosi paydo bo‘ladi.
Osmaning uchinchi asosiy qismi, kuzov tebranishini so‘ndirgich -
amortizatordir.
60-rasm. Neksiya avtomobilining orqa osmasi.
Amortizatorlar ikki turli, richagli va teleskopik bo‘ladi. Teleskopik
amortizatorlar o‘z navbatida bir tomonlama va ikki tomonlama ishlaydi-
ganlarga ajraladi. Richagli amortizatorlar zamonaviy avtomobillarda
ishlatilmaydi.
Ikki tomonlama ishlaydigan amortizator nafaqat kuzov yuqoriga
harakatlanganda, balki pastga tushayotganda
ham uning tebranishini
so‘ndiradi. Natijada avtomobilning yurish ravonligi yanada yaxshilanadi.
Amortizator uchta bo‘lakdan, silindr va silindr tagi, shtok va
porshen hamda yo‘naltiruvchi vtulkalardan iborat (61-rasm).
Porshenda doira bo‘yicha ikki qator joylangan teshikchalar bo‘lib,
yuqori qator teshikchalar tepasidan o‘tkazuvchi klapan va uning kuchsiz
94
prujinasi bilan berkilib turadi. Pastki qator teshikchalar esa kuchli
prujinali qaytish klapani bilan berkitilgan. Silindr tagida
esa siqish va
o‘tkazuvchi klapanlar joylashgan. Ikkinchi o‘tkazuvchi klapan ham
kuchsiz prujina bilan teshiklarni berkitib turadi.
61-rasm. Amortizatorning sxemasi.
1-yuqori tayanch; 2-himoyalovchi qobig‘; 3-shtok; 4-silindr; 5-klapanli porshen;
6-pastki tayanch; 7-g‘ildirak o‘qi; 8-avtomobil kuzovi.
Amortizator maxsus suyuqlik bilan to‘ldirilgan bo‘lib, suyuqlikni bir
hajmdan ikkinchisiga haydashda xosil bo‘ladigan qarshilikdan kuzov
tebranishi so‘ndiriladi.
Teleskopik amortizatorning o‘ziga xos xususiyati, shtok harakat-
langanda ish silindrinning ikki tomonidagi suyuqlik hajmini to‘ldiruvchi
kamera borligidir.
G‘ildirak oxista ko‘tarilib, osma prujinasi siqilganda,
shtok ish
silindriga kiradi. Porshenning kichik bosimi ta’sirida suyuqlik porshen
tepasidagi bo‘shliqqa va kameraga o‘tadi. Suyuqlik porshenning yuqori
qatoridagi teshikchalardan o‘tib, o‘tkazuvchi klapanni ochadi va porshen
tagidan ustidagi bo‘shliqqa o‘tadi. Shtok siqib chiqargan hajmdagi
suyuqlik esa siqish klapanining kalibrlangan teshiklaridan kameraga
o‘tadi va undagi bosimni orttiradi. Bu jarayonda
siqish klapani kuchli
prujina ta’sirida yopiq bo‘ladi.
G‘ildirak oxista pastga tushib osma prujinasi cho‘zilganda proshen
yuqoriga harakatlanib, shtok ish silindridan chiqadi. O‘tkazuvchi klapan
yopiladi va porshen ustidagi bosim oshadi. Natijada porshen ustidagi
suyuqqlik uning ichki qator teshiklardan o‘tib, klapan va vtulka
o‘rtasidagi xalqa bo‘shliqdan porshen osti hajmiga o‘tadi.
Bosim pastligi
95
uchun klapan yopiq, kameradagi bosimdan suyuqlik silindr tagi
teshiklaridan o‘tkazish klapanining kuchsiz prujinasini siqib yana
silindrga o‘tadi.
G‘ildirak tezkor ko‘tarilganda porshen
tez harakatlanib, silindr
ichidagi bosim ortadi. Katta bosim siqish klapanini ochadi, natijada
amortizator qarshiligining ortishi tezkor sekinlashadi. Demak, siqish
klapani amortizatorni qattiq turtkilar ta’siridan saqlaydi.
G‘ildirak tezkor pastga tushganda porshenning harakat tezligi ortib,
porshen ustidagi bosim ham ortadi. Natijada klapan
ochilib suyuqlik
porshen osti hajmiga tushadi, amortizatorning qarshiligi tezkor
kamayadi. Klapan amortizatorni qattiq turtkilar asoratidan saqlaydi.
Dostları ilə paylaş: