Amortizatorlarga texnik xizmat ko‘rsatish ularning mahkamla-
nishini
tekshirish, yeyilgan rezina vtulkalarini o‘z vaqtida almashtirish,
jipsltgini nazorat qilishdan iborat bo‘ladi. Agar amortizator o‘z
xossalarini yo‘qotgan va sirtida suyuqlik oqqan bo‘lsa, ta’mirlanadi,
sinovdan o‘tkaziladi, so‘ng avtomobilga o‘rnatiladi.
Oldingi ko‘prik nosozliklarining eng ko‘p uchraydigani - g‘ildirak
o‘rnatish burchaklarining buzilishidir.
Tuzilishi jihatidan yuk
avtomobillari va avtobuslar uchun faqat yaqinlashuv
burchagi, yengil
avtomobillar uchun g‘ildirakning og‘ish burchagi, shkvorenning
bo‘ylama og‘ishi, burilish burchaklarining
bir-biriga monandligi va
yaqinlashuvi sozlanadi. Keltirilgan ketma-ketlik texnologik
zaruriy
hisoblanadi. Bu ketma-ketlikka rioya qilmaslik avval sozlangan burchak-
ning buzilishiga olib keladi.
1-TXK vaqtida rul boshqarmasi va oldingi o‘q bo‘yicha rul
chambaragining lyufti, rul tortqilari sharnirlari, g‘ildirak gupchagi
podshipniklari, gidrokuchaytirgichli tizim jipsligi, sharli barmoqlarning
qotirilganligi, soshka, buriluvchi sapfa richaglari
va shkvoren holati
tekshiriladi. 2-TXK da 1-TXK ni hisobga olgan holda oldingi o‘q balkasi
va oldingi g‘ildirak o‘rnatish burchaklarining to‘g‘ri o‘rnatilganligi,
g‘ildiraklarning muvozanatsizligi, rul boshqarmasi kardan valining va
barcha birikma hamda detallarning qotirilganligi tekshiriladi.