90
58-rasm. Osmaning prinsipial sxemasi.
Osmaning ish jarayonida yetakchi g‘ildirakka transmissiyadan
keltirilgan burovchi momentning itaruvchi Rt kuchi yo‘naltiruvchi qism
orqali kuzov (rama)ni
oldinga suradi, elastik qism yo‘l notekisliklaridan
uzatilayotgan turtkilarni yumshatadi va so‘ndiruvchi qism elastik qism
hisobiga vertikal yo‘nalishda harakatlanayotgan kuzov (rama)
tebranishini so‘ndiradi.
Osmaning yo‘naltiruvchi qismi nafaqat ko‘ndalang, bo‘ylama,
yondan tasir etayotgan kuchlarni uzatadi, balki g‘ildirakning kuzov
(rama)ga nisbatan harakatini ham belgilaydi. Yo‘naltiruvchi qismining
turiga qarab osmalar mustaqil va nomustaqil turlariga bulinadi (59-rasm).
a) nomustaqil osma. b) mustaqil osma
59-rasm. Avtomobil osmalari.
Mustaqil osmalarda chap yoki o‘ng g‘ildiraklar bir-biri bilan
bog‘lanmagan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notekisligidan
tasir etgan turtki o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uzatilmaydi. Bunga
zamonaviy avtomobillar MATIZ, SPARK, TIKO, NEKSIYAlarning old
osmalari misol bo‘la oladi.
91
Nomustaqil osmalarda esa chap va o‘ng g‘ildiraklar bir biri bilan
bog‘langan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notikisligidan tasir
etgan turtkilar o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uzatiladi. Yengil
avtomobillardan MATIZ, TIKO, DAMAS, NEKSIYA avtomobillarining
orqa osmalari, yuk avtomobili va avtobuslarning
oldingi va orqa
osmalari misol bo‘la oladi.
G‘ildiraklarning yo‘lga nisbatan harakatlanishi uning kinemati-
kasini belgilaydi. Osma kinematikasi uni kuzov (rama)ni avtomobilning
bo‘ylama o‘qiga nisbatan tebranishini taminlaydi va transport
vositasining yurish ravonligi, boshqaruvchanligi, turg‘unligi kabi
ekspluatatsion xususiyatlariga faol tasir etadi.
Osmalarning elastik qismi yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan
turtkilarni kamaytirib avtomobilning yurish ravonligini yaxshilaydi.
Elastik
qismning prujina, ressori, torsion, pnevmoballon va h.k. turlari
mavjud.
Prujinalar yumalok ko‘ndalang kesimli po‘lat simdan silindirik va
bochkasimon qilib yasalishi mumkin. U faqat tik yo‘nalishdagi kuchlarni
qabul qilishga mo‘ljallangan, shuning uchun ham u yo‘naltiruvchi qism
bilan mahkamlanadi.
Torsionlar ham elastik qismning turi bo‘lib, u metall sterjendan
iborat. Sterjen bir butun yoki birlashtirilgan bir xil ko‘ndalang kesimli,
burilishiga ishlovchi plastinalardan iborat. Torsionning bir uchi kuzovga,
ikkinchisi osma richaglariga mahkamlanadi. Natijada g‘ildirak va
kuzovning elastik bog‘lanishi torsionning buralishidan hosil bo‘ladi.
Ressoralar osmaning elastik qismi sifatida eng ko‘p tarqalgan. U
har xil uzunlikka va egrilikka ega listlarning bulishi, ressora yig‘ilganda
listlarning bir-biriga jips yaqinlashishiga va asosiy listning
kamroq
yuklanishiga olib keladi, hamda listlarni ham ushlab turadi.
Zanglamasligi uchun va listlar orasidagi ishqalanishni kamaytirish
maqsadida grafit so‘riladi. Yengil avtomobillarda esa listlar o‘rtasida
nometall qistirmalar qo‘yiladi. Ressora asosiy listning uchlari ramaga
sharnirli mahkamlanadi, natijada harakat davrida uning uzunligi
o‘zgarish imkoniyatiga ega. Og‘ir yuk ko‘taradigan avtomobillarda
ressoraga qo‘shimcha ressora osti ressorasi ham mahkamlanadi. Uning
o‘rnatilish sababi, ressora bikrligini yuk o‘zgarishiga mos o‘zgartirish,
natijasida avtomobilning yurish ravonligini yaxshilashdir. Ressora
mustaqil emas, osmalarda ishlatiladi va bir
vaqtda elastik ham
yo‘naltiruvchi qismlar vazifasini bajargani, uning afzalligi hisoblanadi.
92
Hozirgi zamon yuk avtomobillari va avtobus osmalarida siqilgan havo
hisobiga elastik bo‘lgan ballonlar ishlatiladi. Bu turdagi elastik qismda
havo bosimini o‘zgartirish hisobiga uning bikrligini orttirish-kamaytirish
imkoniyati borligi uning afzalligidir. Balonlar ikki yoki uch seksiyali
bo‘lib, uning har bir bo‘linmasi bo‘luvchi halqa bilan ajratilgan.
Balon
bo‘linmalari ikki qavatli rezina korddan iboratdir. Bundan tashqari,
balonni maxkamlash uchun siquvchi xalqa bor. Balonlardagi bosim 0,3-
0,5MPa bo‘lib 2-3 tonna yuk ko‘tarishi mumkin. Balonlarning kam-
chiligi, faqat tik yo‘nalishdagi yukni qabul qila olgani uchun chidamliligi
kamdir.
Rezina elastik qismlar ham mavjud bo‘lib, ular osmalarda
qo‘shimcha elastik qism sifatida g‘ildiraklarning yuqori va pastga
harakatini chegaralovchi bufer sifatida qo‘llaniladi.
Osmalarning elastikligi avtomobil kuzovining ko‘ndalang
tekisligida og‘ishiga olib keladi. Natijada kuzov ko‘ndalang tekislikda
tebranadi, bu esa yo‘lovchiga noqulaylikni sodir etadi.
Stabilizator avtomobilning ko‘ndalang tekislikdagi turg‘unligini
yaxshilaydi.
Stabilizatorlar yengil avtomobillarning mustaqil old osmalariga
o‘rnatiladi, lekin zaruriyat bo‘lsa, orqa osmalarda ham qo‘llaniladi.
Stabilizator P-simon shaklda bo‘lib, yumaloq elastik po‘lat sterjendan
yasaladi. Sterjenning o‘rtasida rezina tayanch yordamida kuzovga
mahkamlanadi. Sterjen uchlari ikkita ustun
bilan rezina yostiqchalar
yordamida osma richaglariga sharnirli mahkamlanadi. Lekin ba’zi
konstruksiyalarda sterjen richagga to‘ppa-to‘g‘ri mahkamlanishi ham
mumkin.
Dostları ilə paylaş: