Ii. Asosiy qism



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix06.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#108953
  1   2   3   4   5   6   7


Mavzu: O'quvchilarni tarbiyalashda tarbiyaviy 
mashg'ulotlarning ahamiyati 
Reja: 
I.KIRISH. 
II.ASOSIY QISM: 
1.Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarningyo’nalishlari; 
2.Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda tashkilotchi shaxsiga 
qo’yilgan talablar; 
3.Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning olib borish jarayonda o’qituvchi 
erishishi lozim bo’lgan yutuqlar; 
4.Tashkilotchining oila va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boriladigan 
tarbiyaviy ishlar jarayoni. 
III.Xulosa. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


KIRISH: 
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar deganda – maktab o`qituvchilari yoki
chetdan taklif qilingan mutaxassislar rahbarligi ostida maktabda darsdan tashqi
vaqtda o`quvchilar o`rtasida yo`lga qo`yiladigan va olib boriladigan ta`lim-tarbiya 
ishlari nazarda tutiladi. Maktabdan tashqari ishlar o`quvchilar bilan olib
boriladigan, maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan uyushtiriladigan ta`lim-
tarbiya va madaniy ishlardan iboratdir. 
Bu ishlarni olib borish tartibi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to’g’risida” gi Qonunining II bob 17 -moddasi “Maktabdan tashqari ta’lim”
ni tashkil etish masalasini aniq belgilab bergan: “Bolalar va o’smirlarning
yakka tartibdagi ehtiyojlarni qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini 
tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va 
jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa
yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarni tashkil etishlari mumkin”. 
Maktabdan ta shqari ta’lim muassasalariga bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, 
uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, san’at
maktablari, musiqa maktablari, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va 
boshqa muassasalar kiradi. 
O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarga
ta`lim-tarbiya jarayoning ajralmas tarkibiy qismidir. U darslarda olib boriladigan
o`quv-tarbiya ishlarini mustahkamlab va to`ldirib borishi bilan birgalikda
o`quvchilarni pedagogik ta`sir ostiga to`la ravishda jalb etishga hamda dars uchun
ajratilgan vaqt ichida amalga oshirilishi qiyin bo`lgan yoki butunlay iloji 
bo`lmagan bir qancha muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga yordam beradi. 
Qiziqish va intilishlarini darslarda, masalan, fizika darslarida, yetarlicha
qondirish mumkin emas. Bu vazifani o`quvchilar bilan ularni qiziqtirgan masalalar
bo`yicha darsdan tashqi mashg`ulotlar o`tkazish yo`li bilangina maqsadga muvofiq
ravishda hal qilish mumkin. 
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlarning mazmuni juda ham xilma-xildir. 
Bunga eng avvalo o`quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish va
Kengaytirish, bilimlaridan amaliy va mustaqil ravishda foydalana bilishga


o`rgatish, o`quvchilarni ijtimoiy foydali Mehnatga tayyorlab borish va shu bilan 
birga, ularga
ijtimoiy -siyosiy tarbiya berish maqsadiga qaratilgan tadbirlarni uyushtirish kiradi.
So`ngra o`quvchilarga badiiy tarbiya berish, ularning turli qobiliyat va
iste`dodlarini o`stirish, o`quvchilarning sog`lig`ini mustahkamlash, jismoniy kuch 
quvvatlarini rivojlantirish ishlari va nihoyat o`quvchilarning madaniy dam
olishlarini uyushtirish bilan bog`liq bo`lgan mashg`ulotlar kiradi. 
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar har tomonlama kamol topgan inson
tarbiyasining maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda hamda o`quvchilarning
tashabbuskorligiga tayanish asosida tashkil qilinadi va olib boriladi.
Bundan tashqari o`quvchilarning yoshi, ularning qiziqish-havaslari ishning u
yoki bu turiga tayyorgarlik darajalari hisobga olinadi. Buni ayniqsa ishning
mazmuni va usulini belgilashda hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Sinfdan va
maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarning kuchiga yarasha va ular uchun qiziqarli
bo`lishi kerak. 
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilar tashkilotlari hamda
otaonalarjamoasiyordamiga suyangan holda olib boriladi. 
Bu ishlarning eng ko`p tarqalgan shakli quyidagilar: to`garak ishlari,
ommaviy tadbirlar va o`quvchilarning mustaqil individual mashg`ulotlaridir. 
Sinfdan tashqari ishlarni o’z ichiga olgan to’garaklar quyidagi turlarga
bo’linadi; 
- Fan to’garaklari;
- Kasb-hunar yo’nalishidagi to’garaklar; 
- Sport to’garaklari; 
- San’at yo’nalishidagi to’garaklar. 
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarni ma`naviy-axloqiy ruhda


tarbiyalashda, ularga bilim ber ishda muhim vosita bo`lganligi tufayli bu 
ishlarni
Keng yo`lga qo`yishga maktab direktorlari, ilmiy mudirlar, shuningdek,
o`qituvchilarjamoasikatta e`tibor berishi, «Kamolot»va «Kamalak»
tashkilotlari,
ota-onalarjamoasiva maktab rahbaralri yordamidan har tomonlama foydalanish
kerak. 
O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarni
o`qituvchilar jon dillari bilan sevishlari, bu ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni
o`zlarining eng muhim vazifalaridan biri deb bilishlari zarur. 
Maktabning yangi vazifasi har bir o`qituvchidan faqatgina o`z fani va uni
o`qitishni a`lo darajada bilishnigina emas, balki bilimlarni chuqur egallashni
va bundan sinfdan tashqi ishlarni maqsadga muvofiq yo`lga qo`yishda ijodiy
foydalana bilishni, har tomonlama ma`lumot va mahoratga ega bo`lishni talab
qiladi. 
Bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilinishiga har taraflama yordam
ko`rsatish har bir o`qituvchining oliy burchidir.Sinfdan tashqari ishlar shaklini
tanlaganda uning tarbiyaviy ahamiyatini shu ishning maqsadi, vazifalari nuqtayi
nazaridan baholash kerak. 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin