Ii. Asosiy qism



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix06.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#108953
1   2   3   4   5   6   7
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning olib borish jarayonda o’qituvchi 
erishishi lozim bo’lgan yutuqlar 
O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o’z mustaqil siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy yo’liga ega bo’lishi, xalq xo’jaligining turli sohalarida, 
jumladan xalq ta’limi tizimida ham o’sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi 
bilan borliq jarayonini qayta ko’rib chiqishni taqozo etmokda. Qonunlarga
muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi
yutuqlar asosida tayyorlangan hamda umumiy va kasb -hunar madaniyatiga,
ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda
mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari
surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga 
yo’naltirilgandir. 
Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida
kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va
uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat»
jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini
oshirish to’g’risida»gi farmonida ko’rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy
fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy
merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga
muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. 
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun
tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor
bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli
foydalanish zarurligini taqozo etadi. 
Tarbiyaviy ishlar huquq-tartibot organlari, ijodiy uyushmalar, Davlat va
nodavlat jamg’armalar, qo’mitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi. 


Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi,
ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi bo’lib,
kadrlar tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qoquniyatlari 
to’g’risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori 
malakali ilmiy va ilmiy -pedagog kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan
ta’lim tizimida unumli foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayy orlash
jarayoninig ilmiy tadqiqotlar infrastrukturasini yaratish, ta’limning axborot
tarmoqlarida foydalanish uchun bilimning turli sohalari bo’yicha axborot
bazasini shakllantirishni hamda ilmiy tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar
zamirida yosh olim larning, ilmiy pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqyei va 
obro’sini oshirishni va shu kabilarni qamrab oladi”. 
Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida
shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do’stlari, jamoat
tashkilotlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va
hokazolar bevosita ta’sir ko’rsatadi. 
Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o’zaro
hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va ta rbiyaning birligini
ta’minlagan holda, uni shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan
muhitdan himoya qilish. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi:
“Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql – idrokini o’stirish, 
ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro
sifatida
yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob
berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak”. 
Buning uchun:– yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini
tushunib olishiga ko’maklashish, o’z -o’zini idora va nazorat qila bilishini
shakllantirish, o’z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal
birligi hissini uyg’otish; 
– o’quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma’naviy


merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo’lgan
talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o’stirib -boyitib borish 
va estetik tushunchalarini shakllantirish; 
– har bir o’smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni
rivojlantirish. Inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko’rish. Bolalar 
ijodkorligi,
iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo’llab -quvvatlash uchun shart-sharoit
hozirlash; 
– insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (bir -birini tushunadigan,
mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik), muomala 
odobi kabi tarbiya vositalari (nohaqlikka, yolg’onchilik, tuhmat,
chaqimchilikka
toqatsizlik) keng qo’lanishi lozim. 
vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan
o’zaro munosabat-muloqotni o’rganish, o’z xalqiga, davlatiga, uning himoyasi
uchun hamisha shay bo’lib turish, O’zbekiston Respublikasi va boshqa
davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O’zbekiston
Konstitutsiyasiga, Bayrog’iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli 
qilib tarbiyalash; 
– qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni
tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy 
mas’uliyat hislarini rivojlantirish, o’zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi,
Insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta’lim -
tarbiya; 
– mustaqil davlatimiz – O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi
siyosatiga to’g’ri va xolisona baho berishga o’rgatish. Uning tinchliksevarlik,
demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oshkora -ochiq
tashqi siyosatiga va o’z xalqining turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan,


fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to’g’ri tushuntirmoq kerak; 
– turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondoshish
fazilatlarini shakllantirish; 
– sog’lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila
sohibi bo’lish istagini shakllantirish; 
– yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo’lishi lozim : 
– tarbiya – tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir
bola, o’smir va yosh yigit-qizning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, uning
ijtimoiy huquqi va erkinligini e’tiborga olish; 
– yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyg’usini qaror toptirish; 
– milliylikning o’ziga xos an’analari va vositalariga tayanish; 
– shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o’quvchilar
o’rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish, 
ularga mehribonlarcha munosabatda bo’lish, 
Amalda tarbiyaviy jarayon yaxlit va uzluksiz ishiga va turli yoshdagi, bolalarni
qamrab olishga alohida ahamiyat berish lozim. 
O’smir yigit va qizlar nafaqat bo’lg’usi katta hayotga tayyorgarlik ko’radilar,
balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar. 
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o’quvchilarning qiziqishi,
istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bo’sh vaqtlarida
o’quv-tarbiya jarayonini to’ldiradi. U o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini,
tashabbuskorligani oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning
o’ziga xosligi shundaki, to’garak, klub dasturlarining rang -barangligi, ular
mazmunidagi yangiliklar o’smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari 
uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. 


O’quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini
muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o’zlashtirish 
va bilim sifatini oshirish ko’p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining
samarali ishlashiga bog’liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilinga n
ishlar o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini to’ldiradi. 
Ularning dunyoqarashi, to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga
ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan
bog’lanishiga zamin yaratadi. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning
vazifalari ham ko’p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning
tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi: 
1. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni
nazorat qilish. 
2. O’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarni
o’quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish. 
3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik
qilgan holda o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy
yordam ko’rsatish. 
4. Umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy
tadbirlarda qatnashish. 
5. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat
muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada
tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko’rish mumkin: 
tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.
Bular ko’pincha o’zaro uzviy bog’langan holda namoyon bo’ladi.
Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish
mumkin: 


1. Tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish. 
2. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash. 
3. Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish vaularning
mazmunini, shakl va usullarini aniqlash. 
4. Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va
ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni 
aniqlash. 
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o’z mazmuniga ko’ra tafakkur
faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. CHunki sinfdan tashqari ishlarda
olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi. SHu asosda yangi bilimlar
hosil qilinadi. O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib turli kishilar
bilan muayan munosabatga kirishadilar.
Turli vaziyatga duch keladilar. SHuning uchun ham o’quvchilarning
maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari
shunchalik munosabat doirasi keng va ma’naviy o’sishi samarali bo’ladi.
Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoadagi ishlarni
o’rganadilar. Ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar. 
Ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar. Jamoatchilik fikriga bo’ysunishga,
jamoa sharafi uchun kurashishga otlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyatga
quyidagilar kiradi: 
1.Og’zaki ish usullari: majlislar, yig’inlar, ma’ruzalar,
kutubxonalar,konferentsiyalar, munozaralar, uchrashuvlar, gazetalar, radio va
jurnallar.
2.Amaliy ish olib borish usullari turli joylarga sayyohatlarga, sport
musobaqalari, tabiatshunoslar to’garaklari, shanbaliklar, yangi kitoblar
ko’rgazmalari. 
Tarbiyaviy ish pedagogikadan butun qobiliyatlarni ishga solishga taqozo


etadi. Sinf rahbarligi kursi bilan maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar
metodikasi kursi bir-biriga bog’liq va uning davomiyligidir. 
Yuqoridagi qayd etilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida o’quvchilar turli
qo’llanmalar, asboblar, apparatlar, didaktik materiallardan foydalanishni
o’rganadilar, o’z-o’zini tekshirish uchun turli ma’lumot va tayanch materiallarini
jalb etish ko’nikmalarini egallaydilar. 
3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishni rejalashtirish bolalarning yosh
xususiyatlariga, maktabning joylashgan shart-sharoitlariga, ijodiy birlashmalariga,
ilmiy markazlar bilan o’zaro aloqasi kabi ishl arni inobatga oladi. Direktor
o’rinbosarining faoliyati, o’z ifodasini topgan xujjatlar ro’yxati, xalq ta’limi
tomonidan doimiy ravishda berilib boriladi. 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin